1991-yil
1
31-avgust.
Toshkentda Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI
sessiyasi bо‘lib о‘tdi. О‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy
Kengashning respublika davlat mustaqilligi tо‘g‘risida Bayonoti qabul qilindi.
Tegishli qarorga muvofiq О‘zbekiston SSR О‘zbekiston Respublikasi deb qayta
nomlandi. 1 sentabr – Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi.
31-avgust.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “О‘zbekiston
Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan afv etish tо‘g‘risida”
Farmon chiqardi.
18-noyabr.
Oliy Kengashning VII sessiyasida О‘zbekiston Respublikasining
Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.
29-dekabr.
Respublikaning davlat mustaqilligi masalasi bо‘yicha Referendum
va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar bо‘lib о‘tdi. Xalq bir yо‘lni
tanladi: О‘zbekiston mustaqil bо‘ldi. Uning Prezidenti etib Islom Abdug‘aniyevich
Karimov saylandi.
1
http://islomkarimov.uz/uzc/page/gosudarstvo-i-obschestvo-1991
149
150
151
152
153
154
155
156
157
TESTLAR
1. Rashidov Sh.R. qaysi yillarda O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy
Komitetining birinchi kotibi bo‘lgan?
A. 1959–1983-yillarda.
B. 1961–1979-yillarda.
D. 1969–1981-yillarda.
C. 1964–1980-yillarda.
2. O‘zbekistonga qarshi “Kadrlar desanti” deb nom olgan jarayon sobiq Sovet
Ittifoqi rahbarlari tomonidan qachon sodir etilgan?
A. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda.
B. XX asrning 60-yillarida.
C. XX asrning 70-yillarida.
D. XX asrning 80-yillarida.
3. O‘zbekistonga qarshi “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi”, “Sharqiy front” deb nom
olgan siyosiy jarayon sobiq Sovet Ittifoqi rahbarlari tomonidan qachon to‘qib
chiqarilgan va amalga oshirila boshlangan?
A. 1975-yilda.
B. 1980-yilda.
C.1983-yilda.
D. 1986-yilda.
4.
Islom
Karimov
O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy
Komitetiningbirinchi kotibi (davlat rahbari) etib qachon saylangan?
A. 1985-yilining 13-martida.
B. 1987-yilining 6-sentabrida.
C.1989-yilining 23-iyunida.
D. 1990-yilining 24-martida.
5. Sobiq Sovet Ittifoqida “qayta kurish” (“perestroyka”) siyosatini qaysi davlat
rahbari joriy etgan?
A. I.V.Stalin.
B. N.S.Xrushev.
C. L.I.Brejnev.
D. M.S.Gorbachev.
158
6. “Farg‘ona fojiasi” deb nom olgan millatlararo to‘qnashuv qachon bo‘lib
o‘tgan?
A. 1989-yilining may- iyun oylarida.
B. 1990-yilining mart oyida.
C. 1991-yilining avgust- sentabr oylarida
D. 1992-yilining yanvar oyida.
7. O‘zbek tilini O‘zbekistonning davlat tili, deb e’lon qilgan “O‘zbekiston
Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni qachon qabul
qilingan?
A. 1989-yilining 21-oktabrida.
B. 1990-yilining 24-martida.
C. 1991-yilining 31-avgustida.
D. 1992-yilining 8-dekabrida.
8. “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida Prezidentlik boshqaruvini
ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarorni O‘zbekiston SSR Oliy Soveti qachon qabul qilgan?
A. 1989-yilining 21-oktabrida
B. 1990-yilining 24-martida.
C. 1991-yilining 31-avgustida.
D. 1992-yilining 8-dekabrida.
9. O‘zbekistonda Mustaqillik deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
A. 1989-yilining 21-oktabrida
B. 1990-yilining 24-martida.
C. 1990-yilining 20-iyunda.
D. 1991-yilining 31-avgustida.
10. M.S.Gorbachevning Moskvada yo‘qligidan foydalanib sobiq SSSR markaziy
hokimiyatini saqlab qolish, milliy respublikalarga mustaqillik berishga to‘sqinlik
qilish payida bo‘lgan bir guruh oliy siyosiy rahbarlar Favqulodda holat Davlat
Komiteti (Государственный Комитет по чрезвычайному положению- ГКЧП)ni
qachon tuzishgan?
A. 1989-yilining 21-oktabrida
B. 1990-yilining 24-martida.
C. 1990-yilining 20-iyunda.
D. 1991-yilining 19-avgustida.
159
11. O‘zbekiston Kommunistik partiyasi qachon sobiq Sovet Ittifoqi
Kommunistik partiyasi (KPSS) Markaziy Komiteti bilan aloqalarini to‘xtatgani,
uning barcha tashkilotlaridan chiqqanligi haqida e’lon qilgan?
A. 1989-yilining 21-oktabrida
B. 1990-yilining 24-martida.
C. 1991-yilining 19-avgustida.
D. 1991-yilining 28-avgustida
12. 1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Sovetining II sessiyasi ...
A.
«xalq xo‘jaligini barqarorlasbtirishning kechiktirib bo‘lmaydigan
vazifalari»ni muhokama qildi.
B. «Ittifoq dasturi Konsepsiyasi» haqida farmon qabul qildi.
C. N. Rijkovning «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o‘tish» baqidagi dasturini
qabul qildi.
D. Shatalinning «500 kun» dasturini qabul qildi
13. 1990-yil 17-oktabrda ...
A. «O‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning asosiy prinsiplari» umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilindi.
B. O‘zSSR Prezidenti I.A. Karimov «Bozor iqtisodi – dolzarb masala»
mavzusida SSSR Oliy Soveti sessiyasida ma'ruza qildi.
C. O‘zSSR Oliy Soveti sessiyasi «Ittifoqning yangi shartnomasi va bozor
iqtisodiyotiga o‘tish dasturi»ni atroflicha muhokama qildi.
D. O‘zSSR Oliy Soveti «Mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va
undan foydalanish» to‘g‘risida qaror qabul qildi.
14. 1991-yil 15-fevralda ...
A. umumxalq referendumi tashkil etish va uni o‘tkazish haqida O‘zSSR Oliy
Kengashining farmoni e'lon qilindi.
B. Moskvada «Favqulodda Holat Davlat Komiteti» tuzildi.
C. O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida»
maxsus qaror qabul qildi.
D. «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risidagi» dastur umumxalq
muhokamasiga qo‘yildi.
15. 1991-yil 26-sentabrda ...
A. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi
B. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati tashkil etildi
C. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi
160
D. O‘zbekiston Respublikasi Baynalmilal Markazi tashkil etildi
16. 1991-yil 21-avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan___
A. Respublika, ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligj Qo‘mitasi qonuniy
ravishda O‘zbekiston RespubHkasi tasarruga olindi
B. «Favqulodda Holat Davlat Komiteti»ning O‘zbekiston Konstitutsiyasi
hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e'lon qilindi
C. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash
hamda 31 avgust Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi
D. Respublika Kompartiyasining KPSS MK bilan aloqasini to‘xtatish va uning
Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi
17. Prezident I.A.Karimovning «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qachon e'lon
qilindi?
A. 1990-yil 15-noyabr
B. 1991-yil 25-avgust
C. 1991-yil 21-avgust
D. 1991-yil 20-avgust
18. O‘zbekiston Respublikasida Vitse-Prezident lavozimi qachon tugatildi?
A. 1992-yil 8-dekabr
B. 1991-yil 18-noyabr
C. 1992-yil 4-yanvar
D. 1991-yil 29-dekabr
19. «Vek» (Rossiya) gazetasining 1995-yil iyul sonidagi siyosiy sharhga ko‘ra
SSSR parchalanib ketganidan so‘ng eng dahshatli voqea qaysi davlatda bo‘lishi lozim
edi?
A. Ukrainada
B. Tojikistonda
C. Armanistonda
D. O‘zbekistonda
20. I.A.Karimov O‘zSSR Oliy Kengashining qaysi majlisida Prezident etib
saylangan edi?
A. XI chaqiriq, ikkinchi sessiyasida
B. XII chaqiriq, birinchi sessiyasida
C. XIII chaqiriq, uchinchi sessiyasida
161
D. IX chaqiriq, birinchi sessiyasida
21. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan Mustaqillik
deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
A. 1991-yil 20-iyunda
B. 1991-yil 31-avgustda
C. 1990-yil 18-iyunda
D. 1990-yil 20-iyunda
22. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan
Mustaqillik deklaratsiyasi nechta moddadan iborat bo‘lgan?
A. 12 ta
B. 15 ta
C. 17 ta
D. 18 ta
23. O‘zbekiston rahbari Islom Karimov sobiq SSSR respublikalari va Ittifoq
o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi
shartnomani ishlab chiqish zarurligini ilgari surgan edi?
A. 1989-yil 20-sentabrda KPSS MQning plenumida
B. 1989-yil 12-oktabrda KPSS MQning plenumida
C. 1990-yil 27-noyabrda KPSS MQning plenumida
D. 1990-yil 17-sentabrda KPSS MQning plenumida
24. SSSR parchalanishi jarayonida ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat
tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan qancha aholi milliy-etnik muammolar,
mojarolarga duchor bo‘ldi?
A. 80 mln
B. 40 mln
C. 50 mln
D. 60 mln
25. Sobiq SSSRda Ittifoqni yangilash dasduri qachon ishlab chiqilgan edi?
A. 1991-yil iyunda
B. 1990-yil avgustda
C. 1989-yil iyunda
D. 1990-yil yanvarda
162
26. 1991-yil fevral-mart oylarida sobiq SSSRda Ittifoq shartnomasi loyihasi
ustida ishlashning ikkinchi bosqichda qaysi respublikalar ishtirok etmagan edi?
A. Kavkazorti respublikalari
B. Boltiqbo‘yi va O‘rta Osiyo respublikalari
C. Moldova, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Estoniya
D. Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya va Armaniston
27. 1991-yil fevral-mart oylarida sobiq SSSRda Ittifoq shartnomasi loyihasi
ustida ishlashning ikkinchi bosqichda qaysi respublika kuzatuvchi bo‘lib qatnashgan
edi?
A. Estoniya
B. O‘zbekiston
C. Armaniston
D. Ozarbayjon
28. Tarixga “9+1” nomi bilan kirgan shartnoma qachon imzolangan?
A. 1990-yil avgustda
B. 1991-yil aprelda
C. 1989-yil sentabrda
D. 1992-yil iyulda
29. 1991-yil aprelda Urkaina, Rossiya, Belarusiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston
Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi qayerda bo‘ldi?
A. Novo-Ogoryovoda
B. Kiyevda
C. Toshkentda
D. Moskvada
30. Tarixga “9+1” nomi bilan kirgan shartnoma qaysi shaharda imzolangan edi?
A. Novo-Ogoryovoda
B. Kiyevda
C. Toshkentda
D. Moskvada
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga umumxalq saylovlari qaysi
yillarda bo‘lib o‘tgan edi?
A. 1990, 1991, 2000, 2005-yillar
B. 1990, 1991, 1995, 2000-yillar
C. 1991, 2000, 2007-yillar
163
D. 1990, 1991, 2000-yillar
32. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nechanchi
yilda “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlangan?
A. 1996-yil
B. 1997-yil
C. 1999-yil
D. 1998-yil
33. Sobiq Ittifoq davlatlari o‘rtasida “Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish
va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida
qo‘shma Bayonot” qachon imzolangan edi?
A. 1991-yil iyunda
B. 1990-yil avgustda
C. 1989-yil iyunda
D. 1991-yil aprelda
34. Tarixga “9+1” nomi bilan kirgan shartnomaning mazmuni nimadan iborat?
A. Sobiq SSSRdagi mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq
shartnomasini tuzishdan iborat
B. Sobiq SSSRdagi respublikalar manfaatlarini cheklaydigan Ittifoq
shartnomasini tuzishdan iborat
C. “Respublikaning Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi” deb nomlangan
referendumni qabul qilishdan iborat
D. mamlakatni idora qilish uchun SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasi
(FHDQ) tuzishdan iborat
35. “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi qachon va
qayerda ishlab chiqlgan edi?
A. 1991-yil 13-aprelda Kiyevda
B. 1990-yil 29-fevralda Moskvada
C. 1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda
D. 1989-yil 14-iyunda Novo-Ogoryovoda
36. 1991yil 19-avgustda …
A. SSSRda Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I.Yanayevga o‘tkazilganligi
e’lon qilindi
B. “Sovet rahbariyatining Bayonoti” loyihasi tayyorlandi”
164
C. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Hindistonga rasmiy tashrifi
boshlandi
D. SSSR ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston
SSRning qonuniy tasarrufiga olindi
37.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qachon
O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida
farmoyish chiqardi?
A. 1991-yil 26-avgust
B. 1991-yil 21-avgust
C. 1991-yil 19-avgust
D. 1991-yil 28-avgust
38. 1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan chiqarilgan
farmonning mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
1) Respublika ichki ishlar vaziriigi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston
SSRning qonuniy tasarrufiga olindi; 2) Respublika hududida joylashgan SSSR ichki
ishlar
vazirligining
ichki
qo‘shinlari
bevosita
O‘zbekiston Prezidentiga
bo‘ysundirildi; 3) O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi
masalani muhokama qilish belgilab qo‘yildi; 4) Respublika Kompartiyasini KPSS
MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga qaror qilindi; 5) Respublika
prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, Turkiston harbiy okrugi qismlari va
qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
A. 1, 2, 3, 4, 5
B. 1, 3, 4
C. 1, 2, 5
D. 1, 2, 3, 4
39. 1991-yil avgustda M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan
chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab olgan fitnachilarni aniqlang.
1) V.A.Kryuchkov — SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi; 2) V.Ivanov
– SSSR Oliy Soveti raisi; 3) О.D.Baklanov — SSSR Mudofaa Kengashi Raisining
birinchi o‘rinbosari; 4) V.S.Pavlov — SSSR Bosh vaziri; 5) V.Gdlyan – SSSR Bosh
vaziri o‘rinbosari; 6) В.K.Pugo — ichki ishlar vaziri; 7) V.A.Starodubsev — SSSR
dehqonlar uyushmasi raisi; 8) I.Tizyakov — SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa
davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasi Prezidenti; 9) D.T.Yazov — SSSR
mudofaa vaziri; 10) G.I.Yanayev – SSSR vetse-prezidenti.
A. 1, 2, 3, 4, 5, 6
B. 1, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10
165
C. 1, 2, 5, 6, 7, 10
D. 1, 2, 3, 4, 5, 7, 9, 10
40. 1991-yil 28-avgustda …
A. fitnachilarni M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan
chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldi
B. O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati “Respublika Oliy Kengashining
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991-yil 31-avgust kuni chaqirish haqida
qaror” qabul qildi
C. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati O‘zbekistonning
Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi
D. O‘zbekiston Prezidentining Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat
xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olish to‘g‘risidagi
farmoni e’lon qilindi
41. Oliy Sovetning “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon
qilish to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilingan?
A. 1991-yil 31-avgust
B. 1990-yil 21-avgust
C. 1990-yil 20-iyun
D. 1991-yil 28-avgust
42. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”
Qonun necha moddadan iborat?
A. 12 ta
B. 15 ta
C. 17 ta
D. 18 ta
43. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash
Bayonoti” qachon qabul qilindi?
A. 1991-yil 31-avgust
B. 1990-yil 21-avgust
C. 1990-yil 20-iyun
D. 1991-yil 28-avgust
44. “O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir”, ushbu jumlalar qaysi hujjatga tegishli?
A. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi
166
B. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasi
C. Mustaqillik deklaratsiyasining 14-moddasi
D. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”
Qonunning 1-moddasi
45. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi
Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomi berilgan sanani aniqlang
A. 1991-yil 31-avgust
B. 1991-yil 30-sentabr
C. 1990-yil 20-iyun
D. 1991-yil 28-avgust
46. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul
qilingan hujjatlarni aniqlang.
1) “O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror; 2)
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun; 3)
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun; 4) “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun.
A. 1, 3, 4
B. 1, 2, 3
C. 1, 2, 3, 4
D. 2, 3
47. 1991-yil 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda necha foiz saylovchi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma'qullaymiz, deb ovoz berdi?
A. 98, 2 %
B. 94, 2 %
C. 93, 4 %
D. 96, 2 %
48. Qachon ilk bor O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish
lozim, degan xulosaga kelingan edi?
A. 1991-yil 20-iyunda
B. 1991-yil 31-avgustda
C. 1990-yil 18-iyunda
D. 1990-yil 20-iyunda
49. O‘zbekistonda mustaqillik arafasida necha kishidan iborat Konstitutsiya
loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi?
167
A. 63
B. 54
C. 32
D. 64
50. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991-yil 12-
aprelda bo‘lgan yig‘ilishida komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va
olimlardan iborat necha kishilik ishchi guruhi tuzildi?
A. 32
B. 54
C. 41
D. 64
51. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi birinchi marta
umumxalq muhokamasi uchun qachon matbuotda e’lon qilingan edi?
A. 1992-yil 26-noyabr
B. 1992-yil 26-sentabr
C. 1991-yil 18-noyabr
D. 1991-yil 14-iyul
52. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi ikkinchi marta
umumxalq muhokamasi uchun qachon matbuotda e’lon qilingan edi?
A. 1992-yil 26-noyabr
B. 1992-yil 26-sentabr
C. 1991-yil 18-noyabr
D. 1991-yil 30-sentabr
53. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi ikkinchi marta
umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilingach, muhokamada qancha taklif
va mulohazalar bildirilgan?
A. 2,5 minga yaqin
B. 3 mingdan ortiq
C. 7 mingdan ortiq
D. 6 mingdan ortiq
54. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Oliy Kengashning nechanchi
sessiyasida qabul qiloingan?
A. IX sessiya
B. X sessiya
168
C. XI sessiya
D. XII sessiya
55. 1992-yil 8-dekabr kuni bo‘lgan sessiyada deputatlar O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasiga … o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar
kiritdilar.
A. 80 ga yaqin
B. 100 dan ortiq
C. 50 dan ortiq
D. 60 ga yaqin
56. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining birinchi tamoyili - bu …
A. davlat suverenitetidir
B. xalq hokimiyatchiligidir
C. davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir
D. demokratiyaga sodiqlikdir
57. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qaysi moddasida
“Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari
bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni va uning maslahatchilarini saylaydi”, deb
belgilab qo‘yilgan?.
A. 99-modda
B. 102-modda
C. 105-modda
D. 112-modda
58. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qaysi moddasida
“O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishni va hamkorligini ta’minlaydi”, deb
belgilab qo‘yilgan?
A. 93-modda
B. 88-modda
C. 92-modda
D. 89-modda
59. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ...
A. IX sessiyasida qabul qilingan.
169
B. XI sessiyasida qabul qilingan.
C. X sessiyasida qabul qilingan.
D. VIII sessiyasida qabul qilingan.
60. O‘zbekiston Respublikasi Gerbidagi “O‘zbekiston” degan yozuv qaysi
rangda berilgan?
A. kumush rang
B. tilla rang
C. oq rang
D. yashil rang
61. «O‘zbekiston Resptiblikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ...
A. IX sessiyasida qabul qilingan.
B. XI sessiyasida qabul qilingan.
C. X sessiyasida qabul qilingan.
D. VIII sessiyasida qabul qilingan.
62. O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki paytlari nechanchi yilga qadar sobiq
Ittifoqdan meros qolgan
Do'stlaringiz bilan baham: |