Tasvirlovchi dispozitsiya
qilmishni ijtimoiy xavfli va jinoiy deb
tavsiflovchi belgilar majmuini ko‘rsatadi. Masalan, JK 209-moddasi 1-qis-
mi jinoyatni ko‘rsatibgina qolmasdan, mansab soxtakorligi deganda,
mansabdor shaxsning g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab,
rasmiy hujjatlarni bila turib, soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish,
hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzish va taqdim
etish, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamiyat manfaatlariga jiddiy zarar
yetkazilishiga sabab bo‘lsa yoki, JK 169-moddasi 1-qismida o‘g‘rilik
o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish sifatida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |