JK 7-moddasi 3-qismi
sud organlarining sodir etilgan jinoyatga
nisbatan muayyan jazo chorasini tanlash tizimini mustahkamlaydi.
Insonparvarlik prinsipining asl mohiyatini, xususan, huquqni qo‘llash
jarayonida jazoning muqarrarligi va yetarliligini ko‘zda tutadi.
JK 7-moddasi 3-qismiga
ko‘ra, og‘ir jazo choralari yengil jazo
choralari bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina
qo‘llaniladi. Sudlar jazo tayinlash paytida ushbu qoidaga e’tibor bergan
holda, Jinoyat kodeksining maxsus qismiga murojaat etishlari lozim.
Jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin bo‘lgan
shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo
tayinlashda qonunda belgilangan barcha imkoniyatdan foydalanishlari
lozim.
Insonparvarlik prinsipi Jinoyat kodeksining barcha normalariga
singdirilgan. Bu holat ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan
ta’sir choralarida, jazo tizimida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, bunda
shaxslarni jazodan ozod qilish instituti, ya’ni muomalaga layoqatsiz va
boshqacha qilib aytganda, o‘zi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishning
mohiyatini anglab yetmaydigan shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash ham nazarda tutilgan. Umumlashtirib aytadigan
1
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги "Судлар томонидан жазо
тайинлаш амалиёти тўғрисида"ги 1-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси олий суди Пленуми қарорлари
тўплами. - 1991 - 2006, 2-жилд. - Т.: "O'qituvchi", 2007. – 225-229-б. (Бундан кейин - Тўплам, 2-жилд).
39
bo‘lsak, amnistiya va afv etish institutlari ham insonparvarlik prinsipining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodasidir.
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mazkur prinsip og‘ishmay
amalga oshirilayotganligi haqida so‘nggi paytlarda amaldagi Jinoyat
kodeksiga kiritilgan quyidagi o‘zgartishlar ham dalolat beradi:
– jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va jazoni o‘tashdan shartli
ravishda ozod qilish qoidalari soddalashtirildi
1
;
– jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda qayta
tarbiyalash imkoniyati sifatida iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash ko‘lami
kengaytirildi;
– jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosi olib tashlandi va umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi
2
(shuni ta’kidlab o‘tish lozimki,
o‘lim jazosi bekor qilingunga qadar ushbu jazo faqat ikki holatdagina
tayinlanishi mumkin edi: og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam
o‘ldirish va terrorizm jinoyatlari, shuningdek, qonunda o‘lim jazosi
ayollarga, voyaga yetmaganlarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga
nisbatan qo‘llanilishi taqiqlab qo‘yilgan edi).
Do'stlaringiz bilan baham: |