yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati tugaganda yoki ozodikdan
mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanganda) tergov va sud
organlari ushbu shaxsning qasdi yo‘naltirilganligi masalasini muhokama
qilib, kerakli belgilari mavjud bo‘lganda uni tegishli jinoyat sodir etganligi
uchun javobgarlikka tortishi lozim.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda ushlovchi faqat
uni hokimiyat organlariga berish maqsadini ko‘zlashi lozim. Bunday
qonun aynan qaysi hokimiyat organlari haqida gap ketayotganligini
aniqlamaydi. Shuning uchun ham jinoiy qilmishni sodir etgan shaxsni
huquqni muhofaza qilish organlariga, ijroiya, qonun chiqaruvchi yoki sud
hokimiyati organlari, tegishli muassasa, korxona ma’muriyatiga topshirish
maqsadlari qonuniy deb tan olinishi lozim (masalan, tashkilot direktoriga,
korxona rahbariga topshirish va hokazo). Ushlangan shaxsni ushbu
tuzilmalarga yoki mansabdor shaxslarga yetkazish maqsadini qo‘ygan
holda ushlovchi shaxs ushlangan shaxsning tegishli hokimiyat organlariga
yetkazilishini anglab yetadi.
Ushlangan shaxsni tegishli hokimiyat vakillariga topshirish ham
(masalan, ichki ishlar organlari xodimlariga, DXX vakillariga va hokazo)
uni hokimiyat organlariga topshirish sifatida tan olinishi kerakligini qayd
etish lozim. Ayni paytda, ushlangan shaxsni nokonstitutsiyaviy organlarga
topshirish maqsadi qonuniy deb qaralishi mumkin emas.
Maqsadi belgisiga ko‘ra, ushlash qonuniyligini tan olish uchun tergov
va sud organlari faqat ushlovchi shaxsning harakatlari tegishli
yo‘naltirilganligini aniqlashi lozim. Bunda jinoiy qilmishni sodir etgan
shaxsni hokimiyat organlariga topshirish sifatida amaliy natijasiga erishish
talab etilmaydi (masalan, ko‘rilgan choralarga qaramay, ushlangan shaxs
qochib ketgan, yashiringan hollarda va hokazo). Fuqaroda ushbu
ko‘rsatilgan maqsadning bo‘lishi ham ko‘rib chiqilgan harakatlarga
qonuniylik beradi, natijasi emas.
Ushlashning barcha holatlarini puxta baholash ushlanayotgan shaxsga
qonuniy tarzda zarar yetkazishdan uni o‘zboshimcha jazolashni to‘g‘ri
ajratish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsga
zarar yetkazishning haqiqiy maqsadlarini muayyan ishning barcha
418
holatlarini, jumladan, ushlovchi shaxsning faoliyati motivlari, ushlashning
tanlangan usullari va vositalari, vaziyati, yetkazilgan zararning xarakteri va
og‘irligi, shuningdek, qasdining qaratilganligidan dalolat beruvchi boshqa
barcha holatlarni tahlil qilish asosida aniqlash lozim.
Ushlash qonuniyligining mustaqil sharti faqat
Do'stlaringiz bilan baham: