NOTA BENE !
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat
deganda, qonun bilan jinoiy jazo qo‘llash
tahdidi bilan aybdorga yuklatilgan vazifalarning uzoq vaqt mobaynida
bajarilmasligidan iborat qilmish tushuniladi va bir jinoyatning uzoqqa
cho‘zilgan uzluksiz tarkibini tashkil qiladi
(JK 32-moddasi 4-qismi)
.
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatning o‘ziga xos belgisi uning vaqtdagi
tanaffuslar bilan sodir etiladigan davomli jinoyatlardan farqli ravishda
muntazam davom etishidadir. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat tarkibini boshqa
barcha jinoyat tarkiblari turlaridan ajratuvchi ikkinchi xususiyat – bu
muayyan harakatni amalga oshirish majburiyatining mavjudligidir. Ushbu
murakkab bir martalik jinoyatning bu turi vazifalarni bajarmaslikning
nihoyasiga yetishi paytidan tugallangan deb hisoblanadi, chunki uzoqqa
cho‘zilgan tarkibli jinoyatlarning obyektiv tomoni qasdning yagonaligi va
jinoiy qilmishning boshlang‘ich bosqichi va aybdorning keyingi
harakatlari o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik bilan qamrab olinadigan butun davr
mobaynida amalga oshiriladi. Muayyan vaqtda davom etuvchi yagona
jinoyatni tashkil qiladigan vazifalarni uzoq vaqt bajarmaslik ham bitta
umumiy qasdga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qancha vaqt mobaynida amalga
oshirilishidan qat’i nazar, bitta jinoyat sifatida, takroran sodir etilgan
harakat yoki harakatsizlik aktlarini esa uzoqqa cho‘zilgan jinoyatni sodir
etish bo‘yicha bitta qilmishning qatori sifatida ko‘rilishi kerak. Uzoqqa
cho‘zilgan jinoyatlarga qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki
portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish (JK 248-
moddasi), o‘zining biron-bir a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa
usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash (JK 290-moddasi), zo‘rlik ishlatib
g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish (JK 138-moddasi) va
boshqalar misol bo‘ladi.
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1999 йил 24 сентябрдаги «Порахўрлик ишлари
бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 19-сонли қарори, 8-банд, 1 ва 2-хатбошилари // Тўплам, 1-жилд. – 238-б.
351
Muayyan harakatni bajarish va ish orqali jinoiy xulqni tuzatish
majburiyati turli xil normativ-huquqiy aktlardan kelib chiqishi mumkin.
Masalan, JK 122-moddasi – voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz
shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, JK 123-moddasi – ota-
onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 64-, 66-moddalari qoidalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib
chiqadi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |