JK 28-moddasi 2-qismida
jinoyatni sodir etishda bajaruvchi
tomonidan «o‘zga vositalar»dan foydalanish haqida ham so‘z yuritiladi.
Mazkur holatda gap, jinoyat quroli yoki vositasi sifatida foydalanish
mumkin bo‘lgan, yuqori xavflilik manbai haqida boradi. Fuqarolik
huquqida yuqori xavflilik manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun
uning egasi javobgar hisoblanadi. Jinoyat qonunchiligida mazkur
prinsipdan foydalanish mumkin emas, chunki javobgarlik jinoyatni sodir
etgan shaxs zimmasida hisoblanadi. Shu munosabat bilan avtomobil egasi
emas, avtomobilni bevosita boshqarib, bevosita o‘zga shaxsni urib
yuborgan shaxs javobgar bo‘ladi. Yuqori xavflilik manbalaridan jinoyat
sodir etish vositalari (yoki qurollari) sifatida foydalanish holatlari ham
aynan shunday kvalifikatsiyalanishi shart.
Bajaruvchi sodir etgan jinoyatining subyekt tomoni
Do'stlaringiz bilan baham: |