JK 25-moddasi 3-qismiga
ko‘ra, «Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik
va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu
Kodeks Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni
belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi».
Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jinoyatning oxiriga
yetkazilmaganlik sabablari, shuningdek, jinoiy qasdning amalga
oshirilganlik darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatga suiqasd qilishdan yengilroq jazoni keltirib
chiqarsa, tamom bo‘lmagan suiqasd tamom bo‘lgan suiqasdga nisbatan
yengilroq jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |