o‘rtasidagi umumiy universal sababiy aloqaning qismidir
va bunda
ijtimoiy xavfli oqibat haqiqatda qilmish natijasida yuzaga kelganligini
aniqlash kerak hamda bu qilmishni oqibat keltirib chiqarishi mumkin
bo‘lgan boshqa har qanday holatlardan ajratib olish kerak.
Uchinchidan,
sabab doim oqibatdan oldin kelishi kerak.
Oqibatdan
keyin sodir etilgan qilmish ushbu oqibatning sababi bo‘la olmaydi. Bunda
sabab va oqibat o‘rtasidagi vaqt muddatining qanchaligi hisobga
olinmaydi. Bu masala qasdning mazmuni va yo‘nalishi bilan belgilanadi.
To‘rtinchidan,
zaruriy
sababiy bog‘lanishgina jinoyat-huquqiy
ahamiyatga ega («zaruriy yetkazish» nazariyasi)
1
. Bu shuni anglatadiki,
qilmish oqibat kelib chiqishining zaruriy sharti bo‘lgan taqdirdagina
sababiy bog‘lanish mavjud bo‘ladi, ya’ni bu qilmishsiz oqibat vujudga
kelishi mumkin emas. Boshqa tomondan oqibat kelib chiqishiga boshqa
biror sabab emas, aynan shu qilmish hal qiluvchi shart bo‘lgan bo‘lishi
kerak
2
.
Moddiy tarkibli jinoyatlarda qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy
bog‘lanishni tushunish uchun quyidagi holatlarni aniqlash talab etiladi:
– qilmish va oqibatning ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof bo‘lganligi;
– sodir qilingan qilmish tufayli o‘sha oqibat kelib chiqqanligi;
– tugallanmagan jinoyatda qilmish tugallangan jinoyat tarkibining
obyektiv tomoni zaruriy belgisi – nomoddiy oqibat yoki boshqacha
tarzdagi oqibat keltirib chiqarishi xavfini yuzaga keltirganligi;
1
Впервые данная теория была обоснована А.А. Пионтковским. (Пионтковский А.А. Проблема причинной
связи в праве. – М.: 1949. – С. 135; его же. Учение о преступлении. – М.: 1961. – С. 212-240).
2
Отечественная наука уголовного права не признает принципа «condition sine qua non» - «условие без
которого нет», согласно которому все предшествующие условия наступившего результата признаются
равноценными, в связи с чем каждое из них рассматривается как причина наступившего последствия.
168
– bir necha oqibat yuzaga kelganida ushbu qilmish har bir oqibatning
sababi bo‘lganligi yoki boshqa oqibatlarni keltirib chiqargan bir oqibatning
sababi bo‘lganligi va boshqalar.
Bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sababiy bog‘lanish –
ikkita holat o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, bu holatlardan biri (sabab) ikkinchi
holatni yuzaga keltiradi.
Sababiy bog‘lanish jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi
bo‘lishi uchun quyidagi hollarda shakllangan bo‘lishi lozim: zarar kelib
chiqishi real imkoniyati yuzaga kelganidan, to uni haqiqatga
aylantirilgunga qadar bo‘lgan davrda mavjud bo‘lganda. Ijtimoiy zararli
oqibat keltirib chiqaruvchi real imkoniyatni yuzaga keltirmaydigan harakat
yoki harakatsizlik natijani keltirib chiqarmaydi va jinoiy javobgarlikni ham
keltirib chiqarmaydi. Ammo obyektiv tasodif (ham ichki, ham tashqi)
tufayli bunday real imkoniyatlar haqiqatga kirib ketishi mumkin. Shuning
uchun aybdorning qilmishi va shu qilmish natijasi – oqibatning bog‘liqligi
– sababiy bog‘lanish isbotlash jarayonining zaruriy bosqichidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |