Tarkibli jinoyatlar
ikki yoki undan ortiq oddiy mustaqil
jinoyatlardan iborat bo‘lgan jinoyatlardir, ular alohida olinganida har biri
mustaqil jinoyat tarkibini tashkil etadi. Bunday belgilarga zo‘rlik ishlatish
bilan bog‘liq bo‘lgan talonchilik jinoyatining tarkibi (JK 166-moddasi 2-
qismi) ega, unda o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishdan
iborat jinoiy maqsadga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik
ishlatish yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish orqali erishiladi.
Yoki masalan, bezorilik jinoyati (JK 277-moddasi) badanga tan jarohati
yetkazish va o‘zganing mulkini nobud qilishni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |