NOTA BENE !
Ijtimoiy xavflilik
umumjamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan
shaxsning xulq-atvorini baholashga imkon beruvchi jinoyat-huquqiy
muhofaza obyektlariga zarar keltiruvchi obyektiv xususiyatni ifodalaydi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy xavflilik mezoni, bu – nafaqat
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar
yetkazish qobiliyati, balki qilmishning xususiyati va uning ijtimoiy
xavflilik darajasi hamdir. Ijtimoiy xavflilik xarakteri jinoyat qonuni
tizimida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, u asosiy qadriyat hisoblanuvchi
shaxsning hayoti va sog‘liqi, huquq va erkinliklarini belgilab beruvchi
qoidalardan kelib chiqadi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |