5-§. Jinoyat qonunini sharhlash
Jinoyat qonunini amaliyotga tatbiq etishda uni maxsus sharhlashga
bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Sharhlash jinoyat tarkiblarining baholovchi belgilarini, bir qator
atamalarni, JKning Umumiy va Maxsus qism normalarining ma’nosini
tushunish uchun kerak. Sharhlashga faqatgina istisno holatlarida, ya’ni
elementar huquqiy amaliyotdagina ehtiyoj yo‘q.
NOTA BENE !
Jinoyat qonunini sharhlash
– JK moddalarini, moddalarining
qismlarini ulardagi atama va tushunchalarning mazmun-mohiyatini ochish
orqali tegishli modda mazmunini tushunish yoki tushuntirishdan iborat
bo‘lgan fikrlash jarayonidir.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat huquqida jinoyatni analogiya
asosida aniqlashga va jazolashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |