6-§. Jinoyat subyekti va jinoyatchining shaxsi
Jinoyatning umumiy va maxsus subyektining ajralmas qismi
hisoblangan umumiy va maxsus belgilaridan tashqari yana sud-tergov
amaliyotida belgilanishi shart bo‘lgan belgilar ham mavjud. Ularga
ayblanuvchi shaxsi, huquqiy maqomi (sudlanganlik va uning huquqiy
oqibati sifatida retsidivlikning ma’lum turi), sodir qilingan jinoyatda har
bir ayblanuvchi xulqining obyektiv xususiyati (tashkilotchi, dalolatchi,
bajaruvchi va h.k.) kabilar kiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqi va kriminologiyada bir
qarashda o‘xshash bo‘lgan, lekin mazmun va mohiyatiga ko‘ra har xil
bo‘lgan jinoyat subyekti va jinoyatchi shaxsi tushunchalari o‘rtasidagi
munosabatlar shubhasiz muhokama qilinadi
1
.
Jinoyat subyekti tushunchasini aybdorning shaxsi tushunchalaridan
ajrata bilish lozim. Ularning har ikkisi ham bir odamni ifodalaydi. Ammo
ularning huquqiy ahamiyati har xil.
Jinoyat subyekti tushunchasi jinoyat-huquqiy kategoriya bo‘lib,
jinoyatchi shaxs tushunchasiga nisbatan konkretroq va shu bilan birga
jinoiy javobgarlikka tortish sharti sifatida bir qator qonunchilik belgilariga
ega. Aybdor shaxsi – ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning barcha
ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlaridir. Bu jinoyat huquqida jinoiy
javobgarlikning individuallashtirish funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy
ahamiyatli tushunchadir. Kriminologiya predmetining muhim tarkibiy
qismi bo‘lgan jinoyatchi shaxs muammosi jinoyat-huquqiy ahamiyatga
ham ega. Jinoyat subyekti belgilarining mavjudligi jinoyatchini aybdor deb
topish uchun yetarli va jinoiy javobgarlik asosi hisoblanadi. Biroq jazoni
individuallashtirish uchun hamda jinoiy javobgarlik va jazodan ozod
qilishda jinoyatchining shaxsi e’tiborga olinishi zarur. Jazo tayinlashning
umumiy asosi sifatida jinoyatchining shaxsini ham hisobga olish mumkin.
Jinoyatchi shaxsining bir qator xususiyatlari jazoni yengillashtiruvchi va
og‘irlashtiruvchi holatlarda ham o‘z ifodasini topgan. Jinoyatchi shaxsini
hisobga olish yengilroq jazo tayinlash va shartli hukm qilishda ham o‘z
1
Хотя некоторые авторы предлагали их отождествлять (См.: Карпец И.И. Проблемы преступности. – М.:
1969. –
С. 102).
259
aksini topgan. Bundan tashqari, jinoyatchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ijtimoiy xavfliligi yo‘qolganligi munosabati bilan yoki chin ko‘ngildan
pushaymonligi munosabati bilan javobgarlik va jazodan ozod qilishda,
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni
yengilrog‘i bilan almashtirishda hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddatini belgilashda
jinoyatchi shaxsning jinsi va yoshini hisobga olish jinoyat-huquqiy
ahamiyatga ega.
Ya’ni, jinoyat tarkibi doirasidan tashqarida bo‘lgan jinoyatchi shaxs
xususiyatlari jazoni individuallashtirishda va javobgarlik hamda jazodan
ozod qilishda yuridik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |