Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.O’zbekiston Qurolli Kuchlarining tuzilishi va boshqarish asoslari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§.O’zbekiston Qurolli Kuchlarining tuzilishi va boshqarish asoslari 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 126-moddasida 
“O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli 
darajada Qurolli Kuchlarga ega” deb mustahkamlangan. O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga va respublikaning harbiy xavfsizligiga 
nisbatan tajovuzlarga qarshi harakatlarni tashkil etish uchun mamlakatni 
mudofaaga tayyorlash borasidagi davlat faoliyatini,O’zbekiston 
Respublikasining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun 
Qurolli Kuchlarni qo’llashni tartibga soluvchi qonunlarga asoslanar
ekan, BMT Ustavidan, Xelsinkida imzolangan Yakunlovchi hujjatdan, 
Stokgolm konferensiyasi hujjatidan, shuningdek, ikki tomonlama va
ko’p tomonlama shartnomalar hamda bitimlardan, xalqaro huquqiy 
hujjatlarning umume’tirof etilgan normalaridan kelib chiquvchi barcha 
xalqaro majburiyatlarga qat’iy rioya etilishini kafolatlaydi, tashqi 
harbiy tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo’yicha
ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama munosabatlarni yo’lga qo’yish
zarur ekanligini qayd etib o’tadi
1

O’zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasida Qurolli 
Kuchlarning qurilishi va ularni strategik qo’llash prinsiplari bayon 
etilgan.Harbiy xavf-xatarni, urushning ehtimol tutilgan xarakterini, 
mudofaa vazifalari ko’lamini anglagan holda va respublikaning iqtisodiy 
imkoniyatlariga muvofiq Qurolli Kuchlar qurilishi, ularning tarkibini 
takomillashtirish va tayyorgarlikdan o’tkazish amalga oshiriladi, ularni 
1
Ўзбекистон
Республикаси
Конституциясига
шарҳ
. – 
Т
., 2008, 487-
бет



731 
jangda qo’llash prinsiplari belgilanadi. Qurolli Kuchlar qurilishi 
ularning O’zbekiston Respublikasini himoya qilishni ta’minlay 
oladigan xillarini, qo’shin turlari va maxsus qo’shinlarni tuzish hamda 
mutanosib rivojlantirish asosida olib boriladi. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi 
qo’shinlar, Harbiy-havo kuchlari, Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari, 
Maxsus va muhandislik-qurilish qo’shinlari hamda Milliy gvardiyadan 
iborat. Qurolli Kuchlar qurilishini takomillashtirishdan ko’zlangan 
maqsad ularni davlat tuzilishining xususiyatlariga, mintaqaning 
fizik-jug’rofiy sharoitlariga muvofiqlashtirishdan, Qurolli Kuchlarning 
xillari va qo’shin turlarini, qurollarning asosiy tizimlarini uyg’un 
rivojlantirish va qo’llashdan iboratdir. 
Qurolli 
Kuchlar 
qurilishida islohot tinchlik davri qo’shinlar 
guruhlarining jangovar qudrati lokal (mintaqaviy) miqyosdagi tajovuzni 
daf etishni ta’minlaydigan darajada bo’lishiga alohida ahamiyat 
bergan holda amalga oshiriladi.Urush chiqqan taqdirda Qurolli Kuchlar
o’z vazifalarini O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy 
Bosh qo’mondonining urush davrida operativ rezervi hisoblanuvchi
Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari hamda Ichki ishlar vazirligi 
ichki qo’shinlari bilan birgalikda ado etadilar.
O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari muntazam, 
kadrlar armiyasi qoidasi asosida quriladi. Qurolli Kuchlarning tarkibi va 
tuzilishi, ularning texnika bilan qurollantirilishi va qurolli kurash 
vositalarini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, safarbarlik resurslariga
va zaxiralariga bo’lgan talab-ehtiyoj, harbiy qurilishni pul bilan 
ta’minlash ishini O’zbekiston Respublikasi tajovuzni ham mustaqil tarzda, 
ham Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi Shartnoma qatnashchisi bo’lgan 
davlatlarning qurolli kuchlari bilan birgalikda harakat qilib, bartaraf etish 
uchun puxta va oqilona ehtiyoj prinsipiga rioya etish zarurati bilan 
bog’laydi. 
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni doimiy jangovar
shay holatda saqlab turishga, ularni barcha zarur moddiy-texnika resurslari 
bilan ta’minlashga, xalq xo’jaligini, aholini va hududni tajovuzni daf 
etishga tayyorlashga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshiradi. 
Armiyaga chaqirilishdan oldingi tayyorgarlik sifatini oshirish, o’spirin 
yoshlarni hamma erda sog’lomlashtirish, harbiy mutaxassislar tayyorlash 
davlat dasturlariga asos qilib olingan. Qo’shinlarni jahon andozalari 
talablariga javob beradigan zamonaviy texnika, qurol-yarog’ bilan 
ta’minlash, bu sohada ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 


732 
ishlanmalarini amalga oshirish harbiy-texnika siyosatiga asos qilib 
olingan. 
O’zbekiston Respublikasi tajovuzga javob tariqasidagi 
harakatlarni nazarda tutib ish olib borar ekan, ayni vaqtda tajovuzkorni 
jilovlash tadbirlarini o’tkazishni zarur deb hisoblaydi va Qurolli Kuchlarni 
qo’qisdan hujum bo’lishini istisno etadigan va tajovuzkorga darhol qarshi 
zarba berishni ta’minlaydigan darajada shay holda saqlab turadi. 
Tajovuz boshlangan vaqtda strategik miqyosdagi harbiy 
harakatlarning asosiy turi mudofaa bo’ladi. Bunda vaziyatga qarab, 
muayyan yo’nalishlarda hujum harakatlari olib borish istisno 
etilmaydi.Shu munosabat bilan tinchlik davrida qo’shinlar har qanday 
sharoitda,
shu jumladan dushman yadro qurolini qo’llagan sharoitda ham jangovar 
harakat olib borishga tayyorlanadi. 
Shtablar va qo’shinlarning operativ va jangovar tayyorgarligi
ham mudofaa, ham hujum operatsiyalarini tayyorlash va olib borish 
usullarini o’zlashtirish hamda takomillashtirishga qaratilgandir.Shaxsiy 
tarkibga ta’lim va tarbiya berish jarayonida jangovar navbatchilik 
vazifalarini aniq bajarishga, jangovar shaylik darajasini, 
qo’shinlarning operativ va jangovar tayyorgarlik sifatini oshirishga,
qurol-yarog’, harbiy texnikani va ulardan samarali foydalanish usullarini 
mohirona egallashga, shuningdek,O’zbekiston Respublikasiga, o’z 
xalqiga, Harbiy qasamyodga, harbiy burchga sadoqatni, shuningdek, 
ona Vatanining tarixi va an’analariga chuqur hurmat-ehtiromni, o’z 
Vatanining himoyasi uchun yuksak shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishga 
qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi tinchlik vaqtida Qurolli Kuchlarning 
infrastrukturasini rivojlantirishni ta’minlash va davlatning strategik 
iqtisodiy dasturlarini bajarish maqsadida muhandislik-qurilish 
qo’shinlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Urush chiqqan taqdirda 
muhandislik-qurilish qo’shinlari mudofaa inshootlari, kommunikatsiya 
moslamalari qurishga va avariya-tiklash ishlarini bajarishga jalb 
etiladilar.
Qurolli 
Kuchlardan 
foydalanish shartlari quyidagilardan iborat: 
O’zbekiston Respublikasi, tinch vositalar yordamidagi kuch-g’ayratlar 
hamisha ham urushlar va qurolli mojarolarning oldini olish imkonini 
beravermaydi deb hisoblab, quyidagi maqsadlarda o’z Qurolli Kuchlarini 
qo’llash huquqini o’zida saqlab qoladi: 
–O’zbekiston Respublikasiga qarshi hujumni daf etish; 


733 
–tajovuzdan 
o’zaro 
mudofaalanish yuzasidan shartnoma 
majburiyatlarini bajarish;
– jangovar harakatlar olib borish to’g’risida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni qaror 
qabul qiladi va buyruq beradi.
Fuqarolarning, jamiyat va davlatning xavfsizligiga tahdid 
soladigan tajovuzni, ichki vaziyatni beqarorlashtirishga, davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarining amal qilishini izdan chiqarishga 
qaratilgan harakatlarning oldini olish va ularga barham berish maqsadida 
Oliy Bosh qo’mondon vaziyatni barqarorlashtirish ishida Qurolli 
Kuchlardan foydalanish huquqiga ega, uning bu xususdagi qarori 
keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muhokama etiladi. 
Qurolli Kuchlarni Ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari va 
Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo’shinlari bilan birgalikda strategik 
maqsadda qo’llashni rejalashtirish ishiga O’zbekiston Respublikasi 
Mudofaa vazirligi umumiy rahbarlik qiladi. 
Mamlakat 
Konstitutsiyasining 
93-moddasi 20-bandiga muvofiq, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy 
qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy 
unvonlarni beradi. “Mudofaa to’g’risida” gi qonunning 8-moddasida 
mamlakat Prezidentining mudofaa va Qurolli Kuchlarga rahbarlik 
sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti:
– O’zbekiston Respublikasi mudofaa siyosati va harbiy qurilishining 
asosiy yo’nalishlarini belgilaydi; davlat boshqaruv organlarining 
mudofaa sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
– O’zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati ta’minlanishi, 
uning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi 
yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’radi; 
– 
Qurolli Kuchlarni qurish, qo’llash va rivojlantirish rejalarini, 
shuningdek, mudofaani tashkil etish yuzasidan davlatning boshqa reja
va dasturlarini tasdiqlaydi; 
– 
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy 
tuzilmalarining tinchlik va urush davriga mo’ljallangan tuzilishi, 
tarkibi va joylashuvini tasdiqlaydi; harbiy harakatlar olib borish 
to’g’risida, shu jumladan xalqaro tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashish 
to’g’risida, shuningdek, Qurolli Kuchlarni o’zlariga bevosita taalluqli 


734 
bo’lmagan vazifalarni bajarishga jalb etish to’g’risida qaror qabul qiladi
va Qurolli Kuchlarga buyruq beradi; 
– O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: 
O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan 
bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini 
bajarish zaruriyati tug’ilganda urush holati, umumiy yoki qisman 
safarbarlik e’lon qiladi hamda O’zbekiston Respublikasining butun 
hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi; 
– harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo’lgan O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining sonini, ularning harbiy va muqobil 
xizmatni o’tash tartibini, harbiy xizmatga majburlarni va 
chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishining yuritilish tartibini, 
mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun qurol-yarog’lar, harbiy 
texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat 
hamda boshqa moddiy-texnika vositalarining normalari hamda hajmini 
belgilaydi. 
Ushbu Qonunning 9-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining mudofaa sohasida quyidagi vakolatlarni bajaradi: 
– davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga 
molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat 
siyosati o’tkazilishini ta’minlaydi; 
– 
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek, 
safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda 
ulardan foydalanish rejalarini ishlab chiqadi, mazkur rejalarning ijrosi 
ustidan nazorat olib boradi; 
– Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy-maishiy 
ta’minoti masalalarini hal etadi; Qurolli Kuchlarning tegishli ravishda 
qurol-yarog’lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy 
mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan 
jihozlanishi va ta’minlanishini tashkil etadi; 
– qurol-yarog’lar va harbiy texnika, strategik materiallar eksporti hamda 
importi ustidan nazorat olib boradi; 
– korxonalar, 
muassasalar, 
tashkilotlar va fuqarolar mudofaa 
ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf
qilgan moddiy xarajatlarning o’rnini qoplash tartibini belgilaydi. 
Ayni paytda, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o’z 
tasarrufidagi qo’shinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa 
va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, 
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo’shinlarining zamonaviy


735 
qurol-yarog’lar, harbiy texnika va moddiy-texnika vositalari bilan 
jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengaytirilishini, chaqiruvning va Qurolli 
Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini ta’minlaydi. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, Qurolli Kuchlarning 
Birlashgan shtabi O’zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy 
yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi 
va amalga oshiruvchi yagona qo’mondonlik organi hisoblanadi. 
Qurolli 
Kuchlarning 
Birlashgan shtabi: 
– milliy harbiy strategiya, Qurolli Kuchlar qurilishi va rivojlantirilishining 
konseptual asoslarini ishlab chiqish uchun mas’ul bo’ladi; 
– Qurolli Kuchlarni, harbiy okruglarni, vazirliklar, davlat qo’mitalari
va idoralarning harbiy tuzilmalarini tezkor-strategik boshqarishning 
bosh organi vazifasini bajaradi; 
– 
qo’shinlarning jangovar harakatlari strategik jihatdan va 
tezkor rejalashtirilishini hamda ularga rahbarlikni amalga oshiradi; 
– qo’shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligiga, ular tashkiliy-shtat 
tuzilishining qo’shinlarni qo’llash shakl va usullariga ko’nikma 
hosil qilishiga doir chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; 
o’z vakolatlari doirasida barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari va 
idoralar tomonidan, Qurolli Kuchlarning shakl va turdagi qo’shinlarining, 
birlashmalari, qo’shilmalari va bo’linmalarining qo’mondonlari 
tomonidan ijro etilishi majburiy bo’lgan direktivalar va buyruqlar 
chiqaradi. 
Harbiy okrug operatsion yo’nalishlarda O’zbekiston 
Respublikasining xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy 
harbiy-ma’muriy birlik hamda umumqo’shin tezkor-strategik hududiy 
birlashmasidir.Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni 
bajaradilar hamda qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul 
qiladilar.Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar qonun hujjatlariga
muvofiq mamlakat mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar
va safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek, jangovar qobiliyatini 
ta’minlashda qatnashadilar hamda zimmalariga yuklangan vazifalar 
bajarilishi uchun mas’uldirlar. 
Harbiy 
buyurtmalarni 
bajaruvchi vazirliklar, davlat qo’mitalari
va idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo’lgan mahsulotlar yetkazib 
berilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun mas’uldirlar, 
safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq tarmoqning urush davrida 
barqaror ishlashini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. 


736 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: tegishli safarbarlik 
topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydilar; o’z hududlarida joylashgan 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda safarbarlik rejalari hamda
davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlari 
bajarilishi ustidan nazorat olib boradilar. 
Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlari qonunda belgilangan 
tartibda harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni xabardor etish va mudofaa 
ishlari bo’limlariga kelishlarini tashkil etishda 
ko’maklashadilar.Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar: safarbarlik 
rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash 
topshiriqlarida nazarda tutilgan tadbirlarni; fuqaro muhofazasi va hududiy 
mudofaa tadbirlarini; harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni 
hisobga olish va ularga bron berish tadbirlarini; qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa tadbirlarni bajaradilar. 
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o’z mulkidagi binolar, 
inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarni 
mudofaa ehtiyojlari uchun qonun hujjatlariga muvofiq berib turgan 
taqdirda ular qilgan xarajatlarning o’rni O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi. 
O’zbekiston 
Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va 
mustaqilligini himoya qilish – O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
konstitutsiyaviy burchidir.
O’zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolari qonunda belgilangan tartibda 
harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga, shuningdek, o’z mulkidagi
binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa 
mol-mulklarini urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda 
belgilangan tartibda berib turishga majburdirlar, qilingan xarajatlarning 
o’rni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi.Fuqarolar mamlakat 
mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ko’maklashuvchi jamoat 
birlashmalari tuzish huquqiga ega. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
xalqaro huquqning yakka tartibda va 
kollektiv tarzda mudofaalanishdan iborat bo’lgan huquqni 
mustahkamlovchi umume’tirof etilgan normalari va prinsiplariga 
asoslanib, harbiy qurilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish sohasida 
boshqa davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. 
Mudofaa 
ehtiyojlarining 
moliyalashtirilishi va moddiy-texnika 
ta’minoti qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjeti mablag’lari 
hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Mudofaaga 


737 
ajratiladigan mablag’lardan belgilangan maqsadda foydalanilishi 
ustidan nazorat qonunga muvofiq amalga oshiriladi.Mudofaa to’g’risidagi 
qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda 
javobgar bo’ladilar. 
Shunday qilib, mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va xavfsizligini, 
uning mudofaasini ta’minlashda Qurolli Kuchlar katta rol o’ynaydi. 
Qurolli Kuchlar maxsus harbiy tashkilot bo’lib, qonunchilikda 
mustahkamlangan o’z tashkiliy tuzilishiga, ichki harbiy bo’ysunuv 
munosabatlariga va mas’uliyatlarga ega davlat tuzilmasidir. Taktik, 
tezkorlik va strategik miqyoslarda harbiy harakatlar olib borishga qodir 
alohida tashkilotdir. Ularni qo’llab-quvvatlash va muntazam 
modernizatsiya qilib borish davlat hamda jamiyat manfaatlariga mos 
ishdir. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish