Uchinchidan,
“saylov huquqi” atamasi alohida o’quv kursiga nis-
batan ishlatiladi. Bu o’quv kursi saylov munosabatlarini, tartibga soluvchi
normalarni o’quvchilarga o’rgatadi.
Saylov huquqining huquq tizimidagi o’rniga kelsak, u alohida huquq
tarmog’i bo’lmasdan, o’viy huquqning instituti sifatida e’tirof etiladi.
Darslikning bu bandidagi asosiy masala saylov huquqi nima? u
qanday huquq? degan savollarga javob berishdir. Bunday javoblarni
ko’plab manbalarda, darsliklarda uchratamiz.
Saylov huquqi deganda, birinchidan, mamlakatda saylovlarni tashkil
etuvchi huquq normalari tushunilsa, ikkinchidan, fuqarolarning saylash va
saylanishga bo’lgan huquqi tushuniladi (aktiv va passiv saylov huquqi)
264
.
Xuddi shunday ta’rif va tushunchalarni xorijiy adabiyotlarda ham
uchratish mumkin
265
.
Bu ta’rif, ya’ni saylov huquqi tushunchasiga boshqa manbalarda
berilgan tushunchaga o’xshash bo’lib, faqat bir jihati bilan ulardan farq
qiladi. Ya’ni bu yerda saylov huquqini faqat fuqarolarning saylov
huquqini o’rnatishi va ta’minlashigina nazarda tutilmay, saylov huquqini
cheklovchi normalardan ham iboratligi e’tirof etilgan. Konstitutsiya va
Saylov kodeksida kimlar saylovda ishtirok eta olmasligi haqida aniq nor-
malar mavjud bo’lib, bular zaruriy cheklashlardir. Bunday cheklashlar
aksariyat mamlakatlar qonunlarida uchraydi va demokratiyaga aslo zid
emas.
Masalan, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek,
sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan
shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda ishtirok etmaydilar”. Bun-
dan tashqari saylov qonuni saylanuvchilar oldiga ba’zi talablarni qo’yadi,
masalan, ma’lum yoshga yetgan bo’lishi, shu joyda ma’lum yil muqim
yashagan bo’lishi va boshqalar.
264
Husan
о
v
О
.T. K
о
nstitutsiyaviy huquq. -T.: Ad
о
lat, 2013. –B.299.
265
Баглай
М
.
В
.
Конституционное
право
Российской
Федерации
. -
М
.:
Норма
. –
Инфра
, 1998. –
C.345.
667
Demak, saylov huquqi faqat o’rnatuvchi, ta’minlovchi normalardan
iborat bo’lmay, huquqlarni cheklovchi normalardan ham iborat. Chunki
bu normalar ham saylov o’tkazishga bevosita tegishlidir.
Saylov huquqini aniqlashda uning mazmunini bilish, anglash
muhimdir. Saylov huquqi mazmunini saylov prinsiplarining, saylov
tashkil qilinadigan va o’tkaziladigan qoida va holatlarning, saylov
ishtirokchilari maqomining davlat tomonidan huquqiy normalar orqali
mustahkamlanganligi tashkil etadi. Saylov huquqi mazmunini yana saylov
tadbirlari, harakatlarining tartibi, bosqichlari, vakolatli organlarning
qarorlari tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyoti bilan mutanosib ravishda
huquq tizimi, huquqiy institutlar ham rivojlanib bormoqda. Saylov
tizimini murakkab mexanizmlardan, tarkibiy qismlardan tarkib topgan
qurilmaga o’xshatish mumkin. Uning mexanizmlarining yangilanishi,
takomillashuvi, ishlamay qolganlarini almashtirilishi, oxir-oqibatda
tizim mazmuniga, sifatiga ta’sir qiladi.
Biror-bir mamlakatning saylov tizimi birdaniga hozirgi holatida
vujudga kelmagan. Ularning shu vaqtdagi saylov tizimining vujudga
kelishi uchun ko’p vaqtlar o’tgan, mablag’lar sarflangan, ba’zi paytlarda
jamiyatda to’qnashuvlar, kurashlar bo’lgan. Saylov tizimidagi umumiylik,
tenglik, ixtiyoriylik, xohish-irodani erkin bildirish o’z-o’zidan yoki
birdaniga vujudga kelmagan. Saylovlarda yosh chegarasini kamaytirish,
ayollarni saylovlarda ishtirok etishiga erishish, saylovlardagi ortiqcha
cheklashlarni olib tashlash uchun uzoq vaqt kurashilgan.
Mamlakatda saylov tizimi bo’lishi davlat xarakteriga, u yerdagi
rejimga bog’liq, ya’ni davlatning suverenligi, demokratik yoki avtoritar
rejim, diktatura ko’rinishida bo’lishligi saylov tizimiga ta’sir qiladi. Lekin
har qanday rejim ham o’z saylov huquqini demokratik qilib ko’rsatish
uchun turli choralarni ko’radi. Sobiq ittifoq davrida ham saylov eng
demokratik deb ko’rsatilar, hatto fashistlarning hokimiyat tepasiga
keltirgan Germaniya saylov tizimi ham demokratik hisoblangan.
O’zbekiston ittifoq tarkibida turgan vaqtda uning mustaqil saylov
tizimi bo’lmagan. O’zbekiston saylov tizimi SSSR saylov tizimining
tarkibiy qismi bo’lib, u qanday bo’lsa, bu ham shunday bo’lgan. XX asr
80-yillarining ikkinchi yarmidan SSSR, shuningdek, O’zbekiston saylov
tizimiga o’zgartirishlar kiritishga urinishlar bo’lgan. Shu davrda SSSR
saylov tizimi va tajribasiga kirib kelgan, muqobil saylov, ko’p mandatli
okrug, deputat o’rinbosarlari degan institutlar O’zbekiston saylov
tizimiga ham kirib kelgan. O’zbekiston saylov tizimining shu vaqtda
668
mustaqil emasligini har qanday saylov qonunlari va qonuniy hujjatlar
asosan markazda qabul qilinishi, respublikada qabul qilingan qonunlar,
hujjatlar aslo ulardan chetga chiqishi mumkin emasligida ko’rishimiz
mumkin.
O’zbekiston saylov tizimining mustaqillik yo’lidan borishi
1989-yil 20-oktabrdagi saylov to’g’risida qonun qabul qilinishi va
1990-yil 18-fevralda o’tkazilgan saylovlardan boshlandi. Natijada
nomzodlar soni cheklanmay saylovlar muqobillik asosida o’tkazish
sharoiti vujudga keldi, takroriy ovoz berish, takroriy saylov degan yangi
saylov institutlari vujudga keldi va bu esa saylov munosabatlarining
kengayishi, ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarning saylov tizimida
bo’lishini nazarda tutdi. O’zbekiston saylov tajribasida saylovlarni
haqiqiy emas deb topish faktlari paydo bo’ldi.
O’zbekiston saylov tizimining shakllanishi O’zbekistonning
mustaqilligi bilan bog’liq bo’lsa, uning rivojlanishi mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil, demokratik saylov
tizimining shakllanishi, 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilinishi 1991-yil 18-noyabrda “O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”, 1993-yil 28-dekabrda
“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’isida”, 1994-yil
5-mayda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
to’g’risida”gi qonunlar qabul qilinishi bilan bog’liq va bular saylov
tizimini yanada takomillashtirish, demokratlashtirilishiga olib keldi.
Yuqoridagi qonunlar saylov munosabatlarini keng ravishda tartibga
solish bilan yangi munosabatlarni vujudga keltirdi, masalan, saylovlarning
ko’ppartiyaviylik asosida o’tishi, nomzodlarning fuqarolar va vakillik
hokimiyati organlari tomonidan ko’rsatilishi va boshqalar.
Mamlakatimizda olib borilgan demokratik islohotlarga monand
ravishda saylov tizimi ham isloh qilib borildi. Yuqorida tilga olingan
qonunlarga ko’plab o’zgartirishlar kiritilib, saylov tartiblari o’zgartirildi.
Saylov tizimi (tartibi)dagi eng muhim va sezilarli o’zgarishlar:
– vakillik hokimiyati va fuqarolar nomzod ko’rsatish huquqiga ega
subyektlar qatoridan chiqarib tashlandi va nomzod ko’rsatishga faqat
siyosiy partiyalar (quyi vakillik organlariga, fuqarolarni o’zini-o’zi
boshqarish organlari ham) ega bo’ldi;
– saylovlarni bo’lib o’tgan deb hisoblash uchun ro’yxatga
olinganlarning yarmidan ko’pi emas, 33 foizi qatnashishi yetarli miqdor
deb belgilandi;
669
– siyosiy partiyalar nomzod ko’rsatishda nomzodlarning kamida
30 foizi ayollardan iborat bo’lishi belgilandi;
– Oliy Majlis Senati tashkil etilishi munosabati bilan saylov tizimiga
pog’onali saylov kirib keldi;
– Qonunchilik palatasida deputatlar soni 150 ta qilib belgilanib,
ularning 15 tasi Ekoharakatdan ularning anjumanlarida saylanadigan
bo’ldi;
– siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishi uchun to’planadigan
imzolar miqdori oltmish mingdan qirq mingga tushirildi;
– saylov uchastkalarida ovoz natijalarini aniqlashda nomzod
ko’rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan vakolatli vakil ishtirok etishi
belgilandi;
– Qonunchilik palatasi deputatlikka nomzodlarning ishonchli
vakillari soni 10 ta qilib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi saylov tizimining rivojlanishida
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” Konsepsiyasi muhim rol o’ynaydi.
Uning ko’rsatmalari asosida saylov qonunchiligiga ancha o’zgartirishlar
kiritildi va bu o’z-o’zidan saylov tizimida namoyon bo’ldi. Konsepsiya
asosida:
– Bosh vazir nomzodi saylovlarda eng ko’p o’rin olgan siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |