653
oshirish ishini tashkil etadi;
–sudyalar, sudning boshqa xodimlari hamda xalq maslahatchilari ma-
lakasini oshirish ishini tashkil etadi;
–sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini
tashkil etadi;
–fuqarolarni
shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shiko-
yatlarni ko’rib chiqish ishini tashkil etadi;
–sudyalarning malaka hay’ati qarorlari ustidan sudyalarning oliy
malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;
–sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini,
shuningdek,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan
qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni amalga
oshirishga doir faoliyati to’g’risida Qoraqalpog’iston
Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga
bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
–bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan
uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek, jamoatchilikni sudning faoliyati
to’g’risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
–sud idorasi
ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat
shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Sud tizimining eng quyi bo’g’inini tuman (shahar) va tumanlararo
sudlar tashkil qiladi.
Jinoyat ishlari bo’yicha sudlar va ma’muriy sudlar har bir tumanda va
ayrim shaharlarda alohida tashkil etiladi. Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar
va iqtisodiy sudlar har bir tuman va ayrim shaharlardan tashqari, hudud-
ning o’ziga xosligidan kelib chiqib, tumanlaro tashkil etilishi mumkin.
Ushbu quyi sudlar rais va sudyalardan iborat bo’ladi, faqat jinoyat ishlari
bo’yicha sudlarda xalq maslahatchilari ham faoliyat yuritadi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining,
jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (sha-
har) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi:
–sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar o’rtasida ishlarni
taqsimlaydi;
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ularni qabul qilish, ariza va
shikoyatlarni ko’rib chiqish ishlarini tashkil etadi;
–sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan
qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni
654
amalga oshirishga doir faoliyati to’g’risida tegishli xalq deputatlari
Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
–bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan
uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek, jamoatchilikni sudning faoliyati
to’g’risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
–sud apparati
ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat
shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining,
jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman
(shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi
yo’qligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hay’ati
qaroriga ko’ra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: