529
javobgarlik shakli va uni amalga oshirish tartib-taomillari. 6.
Davlat
boshlig’i hamda parlamentning Hukumat bilan o’zaro aloqalariga doir
prinsiplar. 7. Davlat hokimiyatining asosiy tarmoqlari tizimida “tiyib
turish” va “muvozanatda saqlash” prinsiplarining ishlash mexanizmi va
uning hukumat maqbul (optimal) faoliyat yuritishi uchun yetarlilik
darajasi. 8. Ijro etuvchi organlar tizimi va Hukumat funksiyalarini amalga
oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining o’zaro
munosabatlari. 9. Hukumat vazifalarining ijtimoiy institutlarga tayangan
holda xalq irodasi va manfaatlarini ta’minlashga yo’naltirilganligi.
10. Hukumat tomonidan
qabul qilingan hujjatlar, ularning yuridik va
real kuchi, davlatning normativ-huquqiy hujjatlari tizimida ularning tutgan
o’rni, ularni bekor qilish yoki to’xtatib qo’yish tartiblari.
11. Ijro hokimiyati tizimining ma’muriy-hududlar bo’yicha vertikal
tuzilishi hamda vakolatlarining taqsimlanishi. 12. Hukumatning faoliyat
tartibi va tashkiliy shakllari. 13. Hukumatning yordamchi organlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qabul qilingan
“2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq,
taraqqiyotimizning zamonaviy bosqichida davlat boshqaruvining
mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratish
hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlarining uyg’un faoliyatini tashkil etishga qaratilgan keng ko’lamli
islohotlarni amalga oshirishga kirishildi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
8-sentabrdagi PF-5185-sonli Farmoni bilan “O’zbekiston
Respublikasida
Ma’muriy islohotlar Konsepsiyasi” tasdiqlandi. Unga muvofiq,
birinchidan
, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional
va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
ikkinchidan
, ijro etuvchi
hokimiyat organlarining vazifalari (funksiyalari, vakolatlari)ni,
ularni
amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohasini aniqlashtirish,
muvofiqlashtirish va o’zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish;
uchinchidan
, iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko’rsatishni yanada
qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish;
to’rtinchidan
, vertikal boshqaruv tizimi va ijro
etuvchi hokimiyat organlari
530
hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish;
beshinchidan
, davlat
boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari,
innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish;
oltinchidan
, professional davlat xizmatining
samarali tizimini
shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korrupsiyaga
qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish bo’yicha
O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar kontsepsiyasini amalga
oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini yanada keng joriy etish,
davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini yanada
takomillashtirish hamda
ma’muriy adliya tizimini rivojlantirish, shuningdek, "aqlli tartibga
solish” modellarini va qabul qilinayotgan qarorlarning tartibga solish
ta’sirini tahlil qilishning standartlashtirilgan
uslubiyotini joriy etish, ayrim
davlat funksiyalarini jamoatchilik nazorati subyektlariga o’tkazish yo’li
bilan tartibga solish vositalarini takomillashtirish, ishni tashkil etishning
aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy uslublarini (sifat
menejmenti, indikativ rejalashtirish,
autsorsing, kraudsorsing) joriy etish
hamda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga
oshirilishini monitoring qilish jarayonida jamoatchilik bilan o’zaro
hamkorlikning zamonaviy shakl va mexanizmlaridan keng foydalanish va
boshqa ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: