Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O’zini- o’zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O’zini- o’zi nazorat qilish savollari 
1.
 
“Prezident” so’zining lug’aviy ma’nosi nima anglatadi? 
2.
 
O’zbekistonda Prezidentlik instituti qachondan boshlab joriy 
qilindi? 
3.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi nomzodiga qanday 
talablar belgilangan? 
4.
 
Prezident qasamyodining yuridik ahamiyati nima? 
5.
 
O’z lavozimida ishlayotgan Prezident boshqa qanday 
lavozimlarga ishlashi taqiqlanadi? 
6.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy 
vakolatlarini ayting? 
7.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qanday normativ-huquqiy 
hujjatlar qabul qiladi? 
 
 


523 
XXIII BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR 
MAHKAMASINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY MAQOMI 
1-§. Vazirlar Mahkamasi – O’zbekiston Respublikasining hukumati. 
2-§. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shakllanish 
tartibi va tarkibi. 
3-§. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy 
funksiyalari. 
4-§. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlari. 
1-§. Vazirlar Mahkamasi – O’zbekiston Respublikasining hukumati 
O’zbekistonda Konstitutsiyaning 11-moddasi asosida davlat 
hokimiyati tizimining uchta hokimiyat – hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsipini 
ro’yobga chiqarish maqsadida keng qamrovli dasturiy chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respu-
blikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasining qabul qilinishi davlat hokimiyati tizimi 
vakolatlarini oqilona taqsimlash va uning faoliyati samaradorligini 
oshirishda sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. 
Bu jarayonda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
tutgan o’rni va rolini aniqlash maqsadida quyida ijro etuvchi 
hokimiyatning umumiy tavsifi va uning tub mohiyatini aks ettiruvchi
asosiy belgilariga e’tibor qaratamiz. 
Davlat hokimiyatining ijro etuvchi tarmog’i hokimiyatlar bo’linishi 
prinsipiga ko’ra, davlat mexanizmida hokimiyatning umumiy va maxsus 
vakolatga ega o’ziga xos ijroiya organlar tizimi shaklida namoyon 
bo’ladigan mustaqil tarmog’i hisoblanadi. Ijro etuvchi hokimiyatning 
o’ziga xos eng muhim xususiyati – bu uning faoliyati qonunlar ijrosini 
ta’minlash xarakteriga egaligida namoyon bo’ladi. Bu hol davlat va ja-
miyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi qonun ustuvorligi 
tamoyilining ajralmas belgisidir.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari umumiy va maxsus vakolatga ega 
kollegial yoki yakkaboshchilik boshqaruviga asoslangan, markaziy va ma-


524 
halliy organlarni birlashtiruvchi ierarxik, ko’ptarmoqli, funksional 
murakkab tizimni tashkil etadi. Ushbu belgi va xususiyatlar ijro etuvchi 
hokimiyat tizimining o’zi qabul qilayotgan qarorlar ijrosiga layoqatli mus-
taqil konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatidagi o’rnini belgilaydi.
Ijro etuvchi hokimiyat – ijro etish va farmoyish berish faoliyatini 
amalga oshirish uchun yetarli tashkiliy-huquqiy mexanizmlar va faoliyat 
shakllariga ega. Ayni paytda, uning shakllanishda hosila organ ekanligi, 
ya’ni ikkilamchiligi, qonun asosida faoliyat yuritishi, universalligi, unga 
xos jo’shqinlik (dinamik), o’z vakolat doirasining mavjudligi, ierarxik 
qurilgan apparat va ko’psonli professional xizmatchilarga ega bo’lishi, 
tashkilotchilik xususiyatining mavjudligi va nihoyat, farmoyish berish 
huquqiga ega ekanligi kabilar uning o’ziga xos asosiy belgilari sanaladi.
Davlatning umumiy funksiyasidan kelib chiqib, ijro etuvchi 
hokimiyat faoliyatining asosiy maqsadi: birinchidan, fuqaro, jamiyat va 
davlat xavfsizligini ta’minlash; ikkinchidan, fuqaro hayoti, jamiyat fa-
rovonligi, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi uchun sharoit yaratib berish; 
uchinchidan, fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq va erkinliklarini 
amalga oshirishlari hamda kishilarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, 
ma’naviy jihatdan erkin yashashlari uchun sharoit yaratib berishga qaratil-
gan. 
Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish 
sohasidagi 16 ta yo’nalishdagi asosiy vakolatlar doirasi Qonunning
5-moddasida belgilab berilgan
202
.
 
Professor H.T. Odilqoriyev “ijroiya hokimiyati ham vertikal, ham
gorizontal ravishda o’zaro bog’langan davlat organlarining muayyan tiz-
imidan iborat”
203
degan fikrni ilgari surib, yuqoridagi belgilar bilan bir 
qatorda, ijro etuvchi hokimiyat tizimining yaxlit ekanligi hamda 
O’zbekiston davlat tuzilishining unitar xususiyatidan kelib chiqib, ijro 
202

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish