Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

birinchidan, 
Prezident bo’lib saylangan shaxsning dasturi umumxalq 
saylovlari orqali qo’llab-quvvatlangani uchun u ijroiya hokimiyat 
organlarini tuzishda muayyan vakolatlarga ega bo’lishi kerak. Chunki uning 
dasturini bajarish, asosan, ijro etuvchi hokimiyat organlari zimmasiga 
tushadi, ularni tuzishda Prezidentning vakolatlari juda muhim o’rin tutadi; 

ikkinchidan, 
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining 
asoslaridan biri bo’lmish hokimiyatlarning bo’linishi prinsipi 
davlatningbiror-bir organini faqat bir hokimiyat tarmog’i tomonidan 
tuzilishini istisno qiladi. Shuning uchun davlat hokimiyatining markaziy 
organlarini
tuzishga ham Prezident, ham Oliy Majlis jalb qilingan. Bunga ikki yo’l 
bilan erishiladi: yoki Prezident muayyan mansabdor shaxslarni tayinlaydi, 
Oliy Majlis esa tasdiqlaydi yoxud Oliy Majlis tayinlaydi, nomzodni esa 
Prezident taqdim etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi 
Oliy Majlisga Murojaatnomasida, hukumat a’zolari parlament oldida 
mas’uliyatni yetarli darajada his etayotgani yo’q. Shu munosabat bilan 
Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash 
amaliyotini kiritish taklif etildi
2

Shundan kelib chiqib,2019-yil 5-martdagi “Hukumatni 
shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati 
kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
qonun qabul qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining (79, 93,98–moddalari)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi. 
Х
ususan, Konstitutsiyaning 93-moddasi, birinchi qismining
11- bandi quyidagi tahrirda bayon etildi: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan 
ozod qiladi”. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori va Hisob palatasi Raisini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod 
qiladi, keyinchalik bu masalalarni O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati tasdig’iga kiritadi. Shuningdek, Prezident Bosh 
vazirning taqdimiga muvofiq viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar 
2
Қаранг

Халқ
сўзи
. 2018 
йил
28 
декабрь



516 
hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni 
tegishlixalq deputatlari Kengashlarining tasdig’iga kiritadi. Prezident 
o’z qarori bilan Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o’z sha’ni va
qadr-qimmatiga dog’ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar 
hokimlarini lavozimidan ozod etishga haqli. 
Davlat xavfsizlik xizmati borasida Prezident Davlat xavfsizlik 
xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu 
masalalarga doir farmonlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati tasdig’iga kiritadi. 
Sud hokimiyati organlariga kelganda, shuni aytish mumkinki,Prezident 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy kengashining raisi nomzodlarini taqdim etadi. Shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan 
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o’rinbosarlarini, 
O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan 
ozod etadi; O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 
a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi
1

Sud 
hokimiyatining 
chinakam mustaqilligini ta’minlash 
maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada 
takomillashtirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan 2018-yil Oliy Majlisga Murojaatnomada, Sudyalar 
korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi 
prinsipiga to’liq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik 
ishtirokini ta’minlash zarurligi, buning uchun tuman, shahar va viloyat 
sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini Sudyalar oliy kengashi 
to’liq o’z zimmasiga olishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o’tildi
2

Faqat ijroiya hokimiyat organlarini tuzishdagina emas, balki ularning 
faoliyati bilan bog’liq sohada ham Prezidentga katta vakolatlar berilgan.
Agar respublika boshqaruv organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul 
qilgan hujjatlari Konstitutsiya va qonunlarga, O’zbekiston Respublikasining 
xalqaro majburiyatlariga zid bo’lsa yoki ular inson va fuqaroning huquq va 
erkinliklarini poymol qilsa,ushbu masala tegishli sudda hal qilinmaguniga 
qadar Prezident bu hujjatlarni to’xtatish yoki bekor qilishgahaqlidir. 
1
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси

Т
.: “
Ўзбекистон
”, 2018. – 
Б
.47. 
2
Қаранг

Халқ
сўзи
. 2018 
йил
28 
декабрь



517 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish