Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


qonunida belgilab berilgan bir qator huquqiy va moddiy- moliyaviy kafolatlardan foydalanadilar



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2
qonunida belgilab berilgan bir qator huquqiy va moddiy-
moliyaviy kafolatlardan foydalanadilar.
 
Ko’pchilik huquqshunoslar parlament a’zolarining kafolatlarini 
tashkiliy-siyosiy, huquqiy va moddiy kafolatlarga ajratadilar. Ba’zi 
huquqshunos olimlar esa, kafolatlarni bir nechta belgilar bo’yicha 
tasniflashga harakat qiladilar. 
Kafolatlar mexanizmining amal qilishi nafaqat deputatlarning 
huquq va majburiyatlarini ta’minlashga, balki parlament a’zolari 
faoliyatini samarali amalga oshirishga qaratilgandir. Parlament a’zosi 
faoliyatining kafolatlari keng qamrovli bo’lganligi uchun ularni maxsus 
o’rganishimiz maqsadga muvofiqdir. Parlament a’zolari faoliyatining 
kafolatlarini quyidagi turlarga bo’lib o’rganish lozim: parlament 
a’zosining daxlsizligi (immuniteti); mehnat huquqlari kafolatlari; moddiy 
kafolatlar (indemnitet); tashkiliy 
-
ijtimoiy kafolatlar. 
Parlament a’zosining daxlsizligi ommaviy-huquqiy xususiyatga ega. 
Immunitet (daxlsizlik) aksariyat davlatlarda o’rnatilgan bo’lib, unga amal 
qilinadi.U parlament a’zosining parlamentda hech qanday to’siqlarsiz va 
samarali ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar va vositalarni ta’minlab 
berishga qaratilgan.
Immunitet xususida ko’plab ilmiy adabiyotlarda turlicha fikrlar 
bildirilgan. Jumladan, “immunitet- ayrim mansabdagi shaxslarga va 
parlament a’zolariga qonun doirasida beriladigan imtiyoz”
1
.
”Immunitet” (lotin. Immunitas) – belgilangan subyektlarga nisbatan 
umum e’tirof etgan huquqiy normalar qo’llanilmasligini bildiradi. 
Davlatdagi ayrim mansabdor shaxslar daxlsizligi, xususan, deputatlik 
immuniteti
2
. Shuningdek, immunitet – parlament a’zosining daxlsizligi, 
ya’ni parlament a’zosi faoliyatining eng muhim kafolatining huquqiy 
ifodasidir. Immunitet parlament a’zosining javobgarlikka tortilmasligi
va daxlsizligini anglatadi
3

2
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
Конунчилик
палатаси
депутатининг
ва
Сенати
аъзосининг
мақоми
тўғрисидаги
қонун
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисинингахборотномаси
. 2005. –

1. – 8–
модда

1
Конституциявий
ҳуқуқ

Изоҳли
луғат

А
.
Азизхўжаев

О
.
Ҳусанов

Х
.
Азизов
. – 
Тошкент

ЎзР
ИИВ
Академияси
, 2001. – 
Б
.47.
2
Юридик
атамалар
қомусий
луғати

Масъул
муҳаррир
Ҳ
.
Р
.
Раҳмонқулов
. – 
Тошкент

Шарқ

2003. – 
Б
.162. 
3
Қаранг

Таджиханов
У
.,
Одилқориев
X.
Т
., 
Саидов
А
.
Х

Ўзбекистон
Республикасининг
конститу
-
циявий
ҳуқуқи
. – 
Тошкент

ЎзР
ИИВ
Академияси
, 2001. – 
Б
.511. 


487 
Immunitet parlament a’zosiga qonun doirasida faoliyat olib 
borishini ta’minlash, qolaversa, vakolat muddati davrida olib boradigan
ish faoliyatini kafolatlash maqsadida davlat tomonidan himoyalangan 
immunitet huquqining ta’minlanishidir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
88 - moddasi,
3-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi daxlsizlik huquqidan 
foydalanadi. Ular Qonunchilik palatasi va Senatning roziligisiz jinoiy 
javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud 
tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas. 
Bu qoida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to’g’risida”gi 
qonunining 13-moddasida ham o’z ifodasini topgan. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 
va senati a’zosining maqomi to’g’risida”gi qonunining16-moddasiga 
ko’ra, deputat va senatorning tegishli palatada ishlagan vaqti umumiy ish 
stajiga va avvalgi ixtisosi bo’yicha ish stajiga qo’shib hisoblanadi.
Deputat va senatorga har yili 36 ish kunidan iborat haq to’lanadigan 
mehnat ta’tili beriladi, qonun hujjatlarida ko’proq muddatli ta’til nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno. Har yili mehnat ta’tili deputatga,
qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig’idagi 
davrda beriladi. Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda 
deputatga va Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorga ishdan bo’shatish 
nafaqasi to’lanadi hamda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan 
tartibda o’rtacha ish haqi saqlanib qoladi. 
Tashkiliy - huquqiy kafolat nuqtayi nazaridan qaraydigan bo’lsak, 
deputat, senator o’z vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida 
harbiy yig’inlardan ozod qilinadi. Bu qoida ham Rossiya Federatsiyasi, 
Belarus, Ukraina Respublikalari kabi ko’plab rivojlangan davlatlar 
qonunchiligida o’z ifodasini topgan.
Qolaversa, Qonunchilik palatasi devoni, Senat devoni deputatni, 
senatorni hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan 
ta’minlaydi, shuningdek, deputatlik, senatorlik faoliyati bilan bog’liq 
masalalar bo’yicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi;
–deputatga, senatorga texnik vositalar, aloqa vositalari va 
ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi. 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosiga moddiy 
nuqtayi nazardan kafolatlar ta’minlash ham “O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va senati a’zosining maqomi 


488 
to’g’risida”gi qonunda o’z ifodasini topgan. Xususan, ushbu qonunda 
deputatga, senatorga deputatlik, senatorlik faoliyati bilan bog’liq xarajatlar 
uchun har oyda eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinmaydigan mablag’ to’lanish; 
deputat, senator O’zbekiston Respublikasi hududida havo, temir yo’l, 
avtomobil yo’lovchilar transportida (taksi va shahar yo’lovchilar transporti 
bundan mustasno) tekin yurish huquqidan foydalanishi; deputatga, Senatda 
doimiy asosda ishlovchi senatorga, agar ular Toshkent shahrida turar joyga 
ega bo’lmasa, bergan arizalariga binoan vakolatlari amal qiladigan 
muddatga oila a’zolari bilan yashash uchun Toshkent shahrida xizmat turar 
joyi berilishi kabi muhim kafolatlar mustahkamlab qo’yilgan. 
Deputat va senator faoliyatining kafolatlari deganda, ularning o’z 
vakolat hamda vazifalarini erkinlik va qonun asosida, sun’iy to’siqlarsiz
va samarali amalga oshira olishlari uchun zarur bo’lgan bir qator yuridik, 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlar, shart-
sharoitlar va vositalar tushuniladi. Konstitutsiyaning 88-moddasida bu 
boradagi eng muhim kafolatlar belgilangan. Ular quyidagilar: 


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish