Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Insonning mulkdor bo‘lish huquqi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§.Insonning mulkdor bo‘lish huquqi 
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar tizimida insonning mulkdor bo‘lish 
huquqi muhim o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 36-moddasiga ko‘ra, “har bir shaxs mulkdor bo‘lishga 
haqli. Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun 
bilan kafolatlanadi”
78
.
Insonning mulkdor bo‘lish huquqi bilan bog‘liq munosabatlar 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa tadbirkorlik 
munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan milliy qonunlar bilan tartibga 
solinadi. Insonning mulkdorlik huquqi uning o‘ziga qarashli mol-mulkka 
o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, foydalanish va 
tasarruf etish, shuningdek, mulkiga nisbatan har qanday qonun buzilishini 
bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat bo‘ladi. 
Mamlakatimizda mulkning hamma shakllari bab-baravar himoya 
qilinishi qonun bilan kafolatlanadi va ularning teng rivojlanishiga sharoit 
yaratib berilgan. Mulkning daxlsizligi shuni anglatadiki, mulkdorning 
mulkiy huquqlari qonun bilan kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan 
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mahrum etilishi 
mumkin.
Mulk huquqi muddatsizdir. Ya’ni, mulk egasi o‘ziga tegishli bo‘lgan 
mulkdan abadiy foydalanishi, o‘zining mulk huquqini hohlagan vaqtda 
tasarruf qilishi mumkin. Chunki, mulk huquqi faqat mulkdorga tegishli 
bo‘ladi. 
78
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.:
Ўзбекистон
, 2018 


244 
Mulk huquqining obyektlari: yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo 
bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot do‘nyosi hamda boshqa tabiiy resurslar
korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob 
uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa 
mol-mulk, shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘ladi. 
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari jamiyatning iqtisodiy 
tizimida o‘z ifodasini topadi. Mulk huquqining vujudga kelishi dastlabki 
va hosila asoslarga bo‘linadi.
Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar 
bo‘yicha mulkka nisbatan egalik huquqi ilgari hech kimga tegishli 
bo‘lmagan mulkka nisbatan yoki avvalgi mulk egasining huquqi bilan 
bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keladi. Bunda: tabiat ne’matlarini 
o‘zlashtirish, ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish, xususiylashtirish, 
natsionalizatsiya (milliylashtirish) qilish, musodara qilish, egasiz mulkning 
sud qarori bilan davlat ixtiyoriga olinishi, egasi bo‘lmagan mulkka yoki 
egasi bo‘lsa ham xo‘jasizlik bilan saqlanayotgan mulkka, egalari 
tomonidan belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu 
jumladan topilgan ashyolar, xazinalarga nisbatan mulk huquqini olish 
(boshqa usulda yashirilgan narsalar) asosida vujudga keladi. Shu singari 
mulk huquqi bitim va shartnomalar tuzish, meros olish natijasida hosil 
qilish yo‘li bilan ham vujudga keladi. 
Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy sur’atda majburiyatni bajarishi, 
mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul 
qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan, 
shuningdek, mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor 
bo‘ladi. (FK 197-modda) 
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik davlat va xususiy shakllarda 
namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida xususiy 
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi 
hamda mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina 
mulkdan mahrum etilishi mumkin, deb belgilangan. Xususiy mulkning 
Asosiy qonunda mustahkamlanishi, uning bozor munosabatlarida huquqiy 
tartibga solinishini belgilaydi, hamda uni boshqa mulk shakllari bilan teng 
sharoitda himoya qilinishini kafolatlaydi. 
Xususiy mulkning mazmunini tashkil etuvchi norma “Xususiy mulk 
huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan
mol-mulkka egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish 
huquqidir”, degan qoida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 


245 
207-moddasida belgilangan
79
. Xususiy mulk huquqining obyektlari doirasi 
juda keng bo‘lib, ular: uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon 
va parrandalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari; aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa 
qimmatbaho qog‘ozlar; ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo va 
boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida korxonalar, mulkiy komplekslar, 
binolar, inshootlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari
ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatning 
(mulkning) boshqa natijalari; iste’mol qilishga va ishlab chiqarishga 
mo‘ljallangan har qanday mol-mulk qonunlarga muvofiq, xususiy mulk 
bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi FKning XIX bobi “Mulk huquqini va 
boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish”ga bag‘ishlanib, unga ko‘ra 
mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish 
(vindikatsiya) hamda mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum 
etish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish (negator 
da’vo) usullari belgilangan.
Mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab 
olingan mol-mulkini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunlariga 
muvofiq talab qilib, qaytarib olish huquqiga egadir. Mulkdor o‘z huquqini 
har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish 
huquqidan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bartaraf etishni talab 
qilishi mumkin. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish