Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Sud ishlari yuritiladigan til



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

5. Sud ishlari yuritiladigan til. 
Konstitutsiyaning 115-moddasiga va 
“Sudlar to’g’risida”gi Qonunining 8-moddasiga ko’ra “O’zbekiston 
Respublikasida sud ishlarini yuritish o’zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki 
muayyan joydagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda olib boriladi. Sud 
ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi 
shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to’la tanishish va sud 
ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so’zlash huquqi 
ta’minlanadi”. 
Ko’rib chiqilayotgan prinsip hayotning barcha sohalarida 
ta’minlanadigan fuqarolar millatidan qat’i nazar teng huquqliligi va 
insonlarning so’zlashadigan tilida fikrlarini bildirishiga imkoniyat 
yaratilishi davlat kafolatlaridan biridir. Uning asosiy qoidalari O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida aks ettirilgan. O’zbekiston 
Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. Shu bilan birga, O’zbekiston 
Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning 
tillari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun 
sharoit yaratadi. 
Mazkur prinsip JPKning 20-moddasida, FPKning 11-moddasida
va IPKning 10-moddasida va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi 
kodeksning 12-moddasida o’z rivojini topgan. Ushbu prosessual qonun 
hujjatlarida sud ishlarini yuritish o’zbek tilida, qoraqalpoq tilida 
yoki muayyan joydagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda olib borilishini 
belgilanganligi, tarjimon xizmatidan foydalanish va shaxs o’zi xohlagan 
tilda ko’rsatuvlar bildirish huquqiga ega eganligini e’tirof etish bilan
birga ushbu prinsipda nazarda tutilgan qoidalarni amalga oshirish 
mexanizmini ko’rsatib ham bergan. Xususan, tarjimon quyidagi hollarda 
chaqiriladi: 
1) protsesning muayyan ishtirokchisi ish yuritilayotgan tilni bilmasa 
yoki yetarli darajada bilmasa; 
2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo’lsa; 
3) protsesning muayyan ishtirokchisi kar yoki soqov bo’lsa. 
Protsess ishtirokchisining ona tilidan va tarjimon xizmatidan 
foydalanish huquqi ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Sud hujjatlari 
(hukm, ajrim, qaror, hal qiluv qarori va h.k.) manfaatdor ishtirokchilarning 
talabi bilan ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga 
tarjima qilgan holda taqdim qilinadi. Jinoyat ishlarini yuritishda sudlov 
ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning (ya’ni gumon 
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, amnistiya akti qo’llanayotgan 
shaxsning) ishi bo’yicha himoyasining ishtirok etishi shart qilib 


623 
belgilangan (JPK 51-modda). Sababi, tilga bo’lgan huquqning buzilishini 
og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham himoyachi 
shunday salbiy holatning oldini olish uchun ishtirok etadi. 
JPK 487-moddasiga ko’ra, sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon 
xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan bo’lsa Jinoyat-protsessual qonuni 
normalarining jiddiy buzilishi deb topilib, hukmning muqarrar bekor 
bo’lishiga asos bo’ladi.
 
Ko’rib chiqilayotgan prinsipning amalga oshirilishi ish yuritilayotgan 
tilni bilmaydigan protsessda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning 
huquqlarini va milliy manfaatlarini kafolatlaydi. Ushbu huquqlar 
mazmuni tushuntirib berilishi va ularni amalga oshirish imkoniyati 
ta’minlanishi lozim. Xususan, JPKning 20-moddasiga muvofiq, 
ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessda ishtirok etuvchi boshqa 
shaxslarga taqdim etilishi lozim bo’lgan tergov va sud hujjatlari ularning 
ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib berilishi lozim. 
Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi jinoyatga oid sud ishlarini 
yuritish tartibini fuqarolar uchun ochiq va tushunarli qiladi, protsessda 
ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning millatidan qat’i nazar, qonun va sud 
oldidagi tengligini kafolatlaydi, ish holatlarini hartomonlama, to’liq va 
xolis o’rganish uchun zarur sharoitlarni yaratadi, oshkoralik va prosesning 
boshqa prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlaydi, manfaatdor shaxslarga 
o’z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonun bilan taqdim 
etilgan vositalardan foydalanishda yordam beradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish