Ehtiyoj - bu insonning biron narsaga bo'lgan talabi.
Qanday ehtiyojlar bo'ladi?
moddiy, ma'naviy.
Ma'naviy ehtiyojlarga nimalar kiradi?
Ma'naviy ehtiyojlarga bilimga, muloqotga, faoliyatga bo'lgan ehtiyojlar kiradi.
Motiv nima?
Motiv- bu shunday kuchki, u insonni maqsad sari undaydi.
Istak nima?
Istak-motivning eng sodda shakli hisoblanadi.
Qiziqishlar deganda nimani tushunasiz?
Qiziqishlar-bu insonning tanlab, u yoki bu hodisaga, buyumga, faoliyatga nisbatan bilish maqsadidagi munosabati.
Jangovar faoliyat bu nima?
Jangovar faoliyat bu qurollar va harbiy texnikalardan foydalanib, dushman ustidan g'alaba qozonishga qaratilgan hattiharakatlar tizimi.
Psixologik tayyorgarlik nima?
Psixologik tayyorgarlik - bu harbiy xizmatchilarda jangovar vazifalarni bajarishga nisbatan ichki tayyorgarlikni shakllantirish, shuningdek, ularda faoliyatning barqaror ijobiy motivlarini yaratishdan iborat bo'lgan hodisa.
Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlashning qanday turlari mavjud?
maxsus; umumiy, maqsadli.
Ma'lumot deb nimaga aytiladi?
Ma'lumot-ta'limtarbiya natijasida egallangan va tizimga solingan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Mustaqil ta'lim nima?
Mustaqil ta'lim-askarning bilim, ko'nikma va malakalarni egallash, chuqurlashtirish va takomillashtirish bo'yicha maqsadli mustaqil ishidir.
Bilim nima?
Bilim-borliq, voqea va hodisalarning, ularning aloqa va munosabatlarining inson ongida namoyon bo'lishidir.
Ko'nikma nima?
Ko'nikma-ishharakatlarning puxta egallanganligi, avtomatlashgan tarzda bajarilishidir.
Malaka nima?
Malaka askarning o'z vazifalarini bajarishga tayyorlik darajasini ko'rsatadi, hamda bilim va ko'nikmalaridan samarali foydalanishda, ularni yangi va murakkab sharoitlarda to'g'ri va muvaffaqiyatli qo'llay olishida namoyon bo'ladi.
Mustaqil tarbiya nima?
Mustaqil tarbiya-askarning ijtimoiy va xizmat burchini muvaffaqiyatli ado etishi uchun zarur bo'lgan xislatlarni o'zida shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha maqsadli ongli faoliyatidir.
Tarbiya nima?
Tarbiya-ilmiy dunyoqarash, ma'naviyma'rifiy tushunchalar, axloqiy munosabatlar, jangovar va kasbiy xislatlar, borliqqa estetik munosabat, jismoniy va ruhiy kuchini rivojlantirish maqsadida askarning ongi, ruhiyati, irodasiga maqsadli, belgilangan tizim asosida pedagogik ta'sir ko'rsatishdir.
Ta'lim nima?
Ta'lim-maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida askarlarni xizmat va jangovar vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bilim, ko'nikma va malakalar bilan maqsadli va belgilangan tizim asosida qurollantirish jarayonidir.
Didaktika qanday ma'noni anglatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |