Harbiy-dala terapiya



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/41
Sana17.04.2022
Hajmi1,04 Mb.
#559318
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
KITOB XDT

Qarshi ko’rsatmalar:
Tiazidlar va tiazid qatori dorilar podagraning og’ir turlarida
qandli diabetda ifodalangan gipokaliyemiyada tavsiya qilinadi.Tutamli diuretiklar 
sulfanilamid dorilarga allergiyada , kaliy saqlab qoluvchi diuretiklar SBE , 
giperkaliemiya va atsidozda. 
Boshqa preparatlar bilan o’zaro ta’siri, angiotenzinga aylantiruvchi fermentlar 
ingibitorlari bilan birga kaliy saqlab qoluvchi diuretiklarni birga berish katta 
bo’lmagan dozada yurak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga tavsiya qilinadi. 
Salbiy ta’sirlari:
bosh og’rishi, bosh aylanishi, giponatriemiya, gipomagniemiya, 
gipokaliemiya, giperkalsiemiya yoki gipokalsiemiya, giperurekemiya, 
giperglikemiya, dislipidemiya, siydikni tutib qolish (tutamli), hayz sikli buzilishlari 
(spironolakton), libido pasayishi (tiazidlar, spironolakton),gnekomastiya 
(spironolakton). Kam kuzatiluvchi salbiy ta’sirlari: pankreatit, xolesistit, 
ototoksiklik, nekrotik vaskulit (tiazid) gemolitik kamqonlik (tiazid).
 
Furasemid : tutamli diuretik. Genli tutami ko’tariluvchi qismi yo’g’on segmentida 
natriy ionlari reabsorbsiyasi buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari kaliy, kalsiy, 
magniy ionlari chiqarilishini kuchaytiradi. Diuretik ta’siri vena ichiga 
yuborilgandan 2-3 daqiqa o’tib rivojlanadi va 1-2 soat davom etadi, ichilgandan 
so’ng 20-30 daqiqada boshlanib 4 soatgacha davom etadi. Vena ichiga 
yuborilganda periferik venalar dilatatsiyasini chaqiradi. Yurakgacha yuklamani 
kamaytiradi, chap qorinchaga to’lish bosimini va o’pka arteriyasidagi bosimni 
shuningdek tizimli AQB ni kamaytiradi.


67 
Salbiy ta’siri. Modda almashinuvi tomonidan gipovolemiya, gipokaliemiya, 
giponatriyemiya. Gipoxloremiya , gipokaliemik metabolik alkaloz ( bu buzilishlar 
natijasi sifatida arterial gipotenziya, bosh aylanishi, og’iz qurishi, chanqash 
aritmiya, mushak quvvatsizligi, talvasalar) giperglikemiya ovqat hazm qilish tizimi 
tomonidan ko’ngil aynish , qusish , ich ketish. Allergik reaksiyalar, teri toshmalari, 
dermatit. MNS va periferik asab tizimi tomonidan alohida hollarda bemorlarda 
buyrakni chiqarish funksiyasi ifodalangan buzilishlarida katta o’lchamli dori 
qo’llanilganda garanglik, ko’rishni buzilishi, paresteziyalar. 
Dorilar bilan o’zaro ta’siri. 
Aminoglikozidlar guruhi antibiotiklari bilan bir davrda qo’llanilganda
(gentamitsin, tobranitsin bilan) nefro- va ototoksik ta’sirlari kuchayishi mumkin. 
Furasemid gentamitsin klirensini kamaytiradi va gentamitsinni qon plazmasidagi 
konsentratsiyasini oshiradi. Shuningdek tobramitsinni bir davrning o’zida 
sefalosporin qatori antibiotiklari bilan birga qo’llaganda buyrak funksiyasi 
buzilishini chaqirishi mumkin , nefrotoksiklikni kuchaytirish xavfi mavjud. Bir 
davrning o’zida beta-adrenomimetiklar ( masalan fenoterol, terbutalin , 
salbutamol) va GKS bilan birga qo’llash gipokaliemiyani kuchaytirishi mumkin. 
Bir davrning o’zida gipoglikemik vositalar masalan insulin bilan birga qo’llash 
gipoglikemik ta’sirni kamaytiradi, chunki furasemid qon plazmasida glyukoza 
miqdorini oshirish xususiyatiga ega. Bir davrni o’zida APF ingibitorlari bilan birga 
qo’llash antigipertenziv ta’sirni kuchaytiradi. Ifodalangan arterial gipotenziya 
bo’lishi mumkin, ayniqsa furasemidni birinchi dozasi qabul qilingandan so’ng
gipovolemiya hisobiga bu angiotenzinni aylantiruvchi ferment ingibitorlari 
gipotenziv ta’sirini tranzitor kuchayishiga olib keladi. Buyrak funksiyasi 
buzilishlari xavfi oshadi. Gipokaliemiya rivojlanishi inkor qilinmaydi. Bir 
davrning o’zida furosemid bilan depolanmaydigan miorelaksantlar qo’llanilganda 
ular ta’siri kuchayadi. Bir davrning o’zida indometatsin, boshqa nosteroid 
yallig’lanishga qarshi vositalar bilan qo’llanilganda diuretik natija kamayishi 
mumkin, buni indometatsin ta’sirida organizmda prostaglandinlarni buyrakda 
sintezi kamayishi bilan ifodalash mumkin, buni indometatsin SOG-2 ning 
nospetsifik ingibitoridir, antigipertenziv ta’siri kamayadi. Bir davrni o’zida 
nosteroid yallig’lanishga qarshi vositalar bilan qo’llanilganda ular SOG-2 ning 
selektiv ingibitorligi ma’lum ushbu o’zaro ta’sir kam darajada ifodalangan yoki 
deyarli kuzatilmaydi. Bir davrning o’zida astemizol bilan qo’llanilganda aritmiya 
rivojlanish xavfi oshadi. Bir davrning o’zida vankomitsin bilan birga 
qo’llanilganda oto- va nefrotoksikligi oshadi. Bir davrda digoksin , digitoksin bilan 
qo’llanilganda yurak glikozidlari toksin ta’siri oshishi mumkin. Bu furosemid bilan 


68 
qabul qilingan davrdagi gipoglikemiya rivojlanishi xavfi bilan bog’liq. 
Karbamazepin birga qo’llanilganda giponatriemiya rivojlanishi haqida xabarlar 
ma’lum. Bir davrda xolestiramin, kolestipol bilan qo’llanganda qonplazmasida 
uning konsentratsiyasi oshishiga bog’liq ta’sir natijasi kuchayadi. Bir davrda 
probenetsid bilan qo’llanilganda furasemidning buyrakli klirensi kamayadi. Bir 
davrda sotolol bilan qo’llanilganda gipokaliemiya bo’lib piruet turidagi qorinchali 
aritmiya rivojlanganda qon plazmasida tiofillin konsentratsiyasi o’zgarishi 
mumkin. Bir davrda finitoin bilan qo’llanilganda furasemidning diuretik ta’siri 
ancha kamayadi. Xloralgidrat bilan davolash davrida vena ichiga yuborilgan 
furasemiddan so’ng terlashni kuchayishi, qizib ketish xissiyoti, AQB beqaroroligi, 
taxikardiya kuzatilishi mumkin. Bir davrda sizoprit bilan qo’llanilganda 
gipokaliemiya kuchayishi mumkin. Furasemid siklosporinni nefrotoksik ta’sirini 
kamaytirishi mumkin degan taxminlar mavjud. Bir davrda sisplotin bilan 
qo’llanilganda ototoksin ta’sir kuchayishi mumkin.
b-adrenoblokatorlar: b-adrenoblokatorlar mexanizmi yurakni b-1 
adrenoretseptorlari blokadasiga bog’liq, shuningdek vazodilyatirlovchi 
prostaglandinlar sintezi ko’payishiga bog’liq, rinin sekretsiyasi kamayishiga 
bog’liq. Bu guruh adrenoblikatorlar, diastolani uzaytirib energetik maxsulotlarni 
ancha tejashga, yurakni ortiqcha ishdan asrashga yordam beradi. Noselektiv b-1 va 
b-2 adrenoblokatorlar (propronalol nadolol karvitilol) va selektiv b-1 
adrenoblokatorlar ( atenolol, biseprolol, metoprolol, nibivalol) mavjud. 
Qarshi ko’rsatmalar:Yurak o’tkazuvchi tizimi blokadasi , bronxobstruktiv 
sindrom bilan kechuvchi kasalliklar, gipoglikemiya rivojlanishiga moyillikni 
oshiruvchi insulinli davo, dislipidemiya, almashinib keluvchi cho’loqlanish , 
Reyno sindromi, ruhiy depressiya, erektil disfunksiya, vazospastik stenokardiya, 
arterial gipotenziya. 
Salbiy natijalari:Yurak tomir tizimi tomonidan bradikardiya , AV blokada , 
arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi , ovqat hazm qilish tizimi tomonidan 
kam holda og’iz qurishi, ko’ngil aynish ich ketish qabziyat. 
MNS va periferik asab tizimi tomonidan kam holda bosh og’rishi , uyqu 
buzilishi, yomon tush ko’rishlar, asteniya, tez psixomotor reaksiyalarga imkoniyati 
pasayishi, qo’zg’aluvchanlik, depressiya paresteziyalar va oyoq-qo’llar sovishi, 
ko’z shilliq pardalar qurishi, ko’rish o’tkirligini buzilishi, keratokonyuktivit. 
Nafas olish tizimi tomonidan: bronxospazm. 
Modda almashinuvi jarayoni tomonidan: gipoglikemiya 
Allergik reaksiyalar:teri toshmalar, qichish 
Boshqalar: mushak quvvatsizligi 


69 
Kalsiy kanallar blokatorlar: kardiomiotsitlar va silliq mushaklar hujayra 
membranasining depolyarizatsiyasi davrida kalsiy ionlarini hujayraga kirib 
borishini ingibirlaydi, bu esa manfiy inotrop natijaga olib keladi: yurak urish soni 
kamayishi, sinus tuguni avtomatizmi susayishi, atrioventrikulyar 
o’tkazuvchanklikning sekinlashuvi, silliq mushaklarni uzoq muddat bo’shashishi, 
ko’proq tomirlar bo’shashishi , ayniqsa arteriolalar. Ularga quyidagi dorilar kiradi: 
qisqa ta’sirli digidropridinlar (nifedipin) uzoq ta’sirli digidropridinlar ( amlodipin, 
isradipin, felodipin, nifedipin- retard, latsidipin) fenilalkilamidlar ( veralamil) 
benzodiazopininlar ( diltiazem). 
Qarshi ko’rsatmalar: miokard infarkti, beqaror stenokardiya, sinus tuguni zaifligi 
sindromi, yurak blokadalari ( verapamil, diltiazem) aorta og’zi stenozi ( nifedipin) 
obstruktiv gipertofik kardiomiopatiya, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak 
blokadalari ( verapamil, diltiazem) aorta og’zi stenozi ( nifedipin) obstruktiv 
gipertrofik kardiomiopatiya ( digidropirimidinlar) yurak yetishmovchiligi ( 
verapamil , diltiazem) , jigar va buyrak yetishmovchiliklari. 
Boshqa preparatlar bilan o’zaro ta’siri: rifampitsin, barbituratlar kalsiy kanallari 
blokatorlarini antigipertenziv ta’sirini kamaytiradi, simitidin antigipertenziv 
ta’sirini kuchaytiradi. 
Teofillin, xlorpromazin, lidokain, digoksin, karbamazepin, xinidin qonda 
verapamil konsentratsiyasini oshiradi, peredozirovka belgilarini oshiradi. 
Nohush ta’sirlari: taxikardiya, yuzga qonoqib kelishi xissiyoti, shishlar, 
qabziyat, ich surishi, ko’ngil aynish. 
Normodipin. 3 nasldagi kalsiy kanallarininig selektiv blokatori. Hujayra 
membranasi kalsiy kanallarini bloklash natijasida normodipin hujayra membranasi 
orqali kardiomiotsitlarga va tomir devori silliq mushaklariga kalsiy kirib borishini 
tormozlaydi. 
Preparatni antigipertenziv ta’siri shunga bog’liq, masalan normodipin tomirlar 
silliq mushakalar tonusini pasaytiradi, bu esa tomirlar devori umumiy periferik 
qarshiligini kamaytirib AQB pasayishiga olib keladi. 
Normodipinni antianginal ta’siri avvalo periferik arteriolalar kengayishiga va 
yurakdan keying yuklama kamayishiga ( tomirlar periferik qarshiligi kamayishi 
hisobiga) bog’liq. Preparat reflektor taxikardiyani chaqirmaganligi sabab energiya 
iste’moli va miokardni koronar tomirlarni ( arteriya va arteriolalarni) kengayishini 
chaqiradi, miokardning xam intakt ham ishemiyalangan o’choqlarida. Bu 
miokardni kislorod bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, ayniqsa bemorlarda 
stenokardiyaning angiospastik turida. 


70 
Arterial gipertenziyali bemorlarda preparatni bir kunlik dozasini bir marta qabul 
qilinganda AQBning ishonchli pasayishi 24 soat davomida yotgan va turgan 
hollarda aniqlanadi. 
Ta’siri sekin asta rivojlanganligi sabab o’tkir arterial gipotenziya rivolanish 
xavfi yo’q. 
Stenokardiyada preparat jismoniy yuklamani ko’tara olishni oshiradi, 
stenokardiya xurujlari sonini kamaytiradi va nitroglitseringa kunlik talabni 
kamaytiradi. 
Nohush ta’sirlari 
Yurak tomir tizimi tomonidan: bosh og’rishi, shishlar, yuz qizarish,yurakni tez 
urishi, bosh aylanish, ayrim hollarda salbiy ta’sirlarni natijalari yozilgan ( miokard 
infarkti, aritmiyalar, shu qatorda qorinchali taxikardiya va bo’lmachalar hilpirashi, 
ularni kasallikning tabiiy kechishi asoratlaridan farqlab bo’lmaydi. 
MNS tomonidan: charchash hissiyoti, uyquchanlik, kam holda kayfiyatni 
buzilishi ko’rinishdagi buzilishlar. 
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko’ngil aynish, qorinda og’riq, kam holda 
ichak faoliyati buzilishlari, dispeptik sindromlar, milklar giperplaziyasi, alohida 
hollarda sarg’ayish yoki jigar faolliklari o’zgarishlari holestazga bog’liq. 
Siydik ajratish tizimi tomonidan siydik ajratish soni oshishi. 
Endokrin tizim tomonidan kam holda ginekomastiya, suyak-mushak tizimi 
tomonidan kam holda artralgiya, mialgiya. 
Allergik raksiyalar kam holda: teri qichish, toshma, multiformli eritema. 
Boshqalar: kam holda asteniya, jinsiy buzilishlar. 
Dorilarni o’zaro ta’siri 
Klinik ahamiyatli dorilarni o’zaro ta’sirida normodipinni tiazidli diuretiklar, beta 
adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, uzoq ta’sirli 
nitratlar, nitroglitserin sublingval preparatlar,nosteroid yallig’lanishga qarshi 
vositalar, antibiotiklar, peroral gipoglekimik preparatlar orasida o’zgarish 
aniqlanmagan. Bir davrda normodipinni va simetidinni qo’llaganda amlodipinni 
farmokinetik parametrlari o’zgarmaydi. Sog’lomlarda bir davrda amlodipinva 
digoksin berib tekshirish o’tkazilganda digoksin miqdori qon zardobida va uning 
buyrakli klirensi o’zgarmaydi. 
Sog’lom erkaklarda o’z ixtiyorlari bilan o’tkazilgan tekshirishda amlodipin bilan 
varfarin berilganda bir davrda amlodipinni qo’llash varfarinni protrombin vaqtiga 
ta’sirini o’zgartirmagan. In vitro tekshirish natijalari odam qoni plazmasidan 


71 
foydalanganda digoksinni fenitoinni kumarinni indometatsinni oqsillar bilan 
bog’lanishiga amlodipin ta’sir qilmasligidan guvohlik beradi. Farmakokinetik 
tekshirish natijalari amlodipin siklosporinni farmakokinetik parametrlariga ta’sir 
qilmasligini ko’rsatadi. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish