Harakatni idrok qilish Mavzu klaster usuli hamda sxemalar yordamida yoritilgan
Hilola
Shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir butun holda aks ettirishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi.
Chunki, narsa va xossa bir-biridan ajralmas bo'lganligidan sezgi va idrok ham bir-biridan ajralgan holda voqea bo'lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi.
Masalan: Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.
Idrokning murakkabligi. Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish.
Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi
qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar.
Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil etadi.
Har bir idrok tarkibiga kishining o'tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi. Biz bunday shakl buyumlarni ilgari juda ko'p marta ko'rganmiz.
Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. Shuning uchun bu shakllardagi yetishmagan joylarni o'sha bo'limlardan olib qo'shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayonita xotira faoliyati qo'shiladi.
Idrok tarkibiga
tafakkur
nutq faoliyati kiradi
Agar idrok qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo`lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va “bu nima”, “buning nomi nima” degan savol tug`iladi. SHuning, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. YA`ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so`z bilan aytiladi va mavjud tushuncha doirasiga kiritiladi. Masalan “bu gul”, “bu mashina”, “bu kitob” va boshqalar.
Harakatni idrok qilish
Tevarak - atrofdagi narsa - hodisalar muayyan vaqt davomida o`z o`rinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa - hodisalarning fazoda o`rin almashtirib turishini, ya`ni harakatini ham idrok qiladilar. Harakatni idrok qilishda ko`rish va kineztezik analizator asosiy rol’ o`ynaydi.
Tezlik, tezlanish va harakatning yo`nalishi harakat qilayotgan ob`ektiv parametridir.
Odam narsalarning harakati haqida ikki yo`l bilan ma`lumot olishi mumkin:
harakatni bevosita idrok qilish.
harakat haqida xulosa chiqarish.
Harakatni bevosita ko`rish orqali idrok qilish ikki xildir:
ko`zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish;
ko`zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakatni tez yoki sekin bo`layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilishi narsalarning ob`ektiv tezligiga va uning idrok qiluvchidan qanchalik uzoq - yaqinligiga bog`liq.
Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |