Yer shari chizishni ko’p yo’llari bor. Lekin ularning ko’pi harakatsiz va faqat bir tomoni ko’rinadi xolos.
Yer sharini aylantirib ko’rish juda ham qiziqarli. Men bu kamchilikni to’ldirishga qaror qildim va harakatli yer shari tayyorladim.
Eslatma: Agar men aytgan hajmda ishlamoqchi bo’lsangiz, buning uchun kompyuteringiz kuchli bo’lishi kerak, aks holda kichikroq hajmda ishlash kerak bo’ladi.
Sababi kichikroq hamjdagi rasmni sifati yuqori bo’ladi.
Bu mashqimiz ham boshqa Animatsiyali mashqlar kabi ikkiga bo’linadi.Demak birinchi bosqich Photoshopdasturida, ikkinchi bosqich esa,
Image Ready dasturida bo’ladi.
1. Dastlab Photoshop dasturini ochib olamiz. 600×600 px o’lchamda yangi oyna ochamiz
( Background Contents: Transparent bo’lishi kerak) va “Ellipse” (U) asbobi yordamida 500x500 px o’lchamda aylana chizamiz.
Aylanamizni xohlagan rangda bo’yab olamiz, rangni ahamiyati yo’q chunki keyinroq yana o’zgartiramiz. Ushbu qavat(layer)ni “Back” deb nomlaymiz.
Layer > Layer style > Gradient overlay:
Inner Glow:
Ushbu qavat uchun Opacity 40% ga o’zgartiramiz.
2. Ushbu qavat(layer)ni nusxalaymiz(Ctrl+J) va ostki qavatni yashirib qo’yamiz(Qavatni yashirish deganda qavatdagi ko’zcha olib tashlanadi).
Nusxalangan qavatni tanlaymiz,
Layer > Layer style > Gradient overlay:
Ushbu qavat uchun Opacity 60%ga o’zgartiramiz va bu qavat nomini “Background” deymiz.
3. Ushbu qavatni yana bir bor nusxalaymiz(Ctrl+J) va ostidagi qavatni yashirib qo’yamiz.
Nusxalangan qavatni tanlaymiz va Layer > Layer style > Gradient overlay:
Ushbu qavat uchun Opacity 100% ga o’zgartiramiz va bu qavatni “Foreground” deb nomlaymiz.
Hozir barcha aylana chizilgan qavatlarni yashirib chiqamiz. Keyinroq yana bu qavatlarga qaytamiz.
Bu uch aylana yer shari aylanishida alohida- alohida rol o’ynaydi.
4. Mana bu xarita tasviri tushirilgan rasmni yuklab olamiz va Photoshopdagi oynada ochamiz.
Ushbu xarita rasmi tushirilgan qavat kengligini 2000 pikselgacha o’zgartiramiz.
Xarita tasvirlangan qavat(layer)ni nusxalaymiz(CtrL+J) va o’ng yoki chap tomonga 800 pikselga harakatlantiramiz.
Bu holatni quyidagi holat kelib chiqquncha davom ettiramiz va barcha xarita rasmi tushirilgan qavatlarni birlashtiramiz. (Ctrl+E)
5. Xarita tasvirlangan qavat(layer)ni nusxalaymiz(Ctrl+J) demak bizda ikkita xarita paydo bo’ldi.
Bir qavatni “Background” nomli qavat ostiga olib o’tamiz va bu qavatni “Map background” deb nomlaymiz.
Yana bir qavatni esa “Foreground” qavati ostiga olib o’tib, bu qavatni “Map foreground” deb nomlaymiz.
Demak qavatlar(layers) oynasida quyidagi ko’rinishdagi qavatlar hosil bo’ladi.
6. fEng pasEeEng pastki qavat yani “Back” nomli qavat ustiga Ctrl+Sichqonchamiz chap tugmasini bosamiz va “Map background” qavatini tanlab, “Add layer mask” buyrug’ini bajaramiz.
Endi “Background” nomli qavat ustiga Ctrl+Sichqonchamiz chap tugmasini bosamiz va “Map foreground” nomli qavatni tanlab yana “Add layer mask” buyrug’ini bajaramiz.
Shundan keyin “Foreground” nomli qavatni tanlaymiz va bu qavat ustiga sichqonchamiz o’ng tugmasini bosib, “create a clipping mask” buyrug’ini tanlaymiz. “Create clipping mask” buyrug’ini “Background” qavatga ham qo’llaymiz. Keyin natija quyidagicha bo’lishi kerak.
7. “Map foreground” nomli qavatni tanlab chapdan o’ngga siljitamiz. Endi “Map background” qavatni tanlab, teskari tomonga yani o’ngdan chapga siljitamiz.
Endi ikkinchi bosqichga o’tamiz, yani Image Ready dasturiga o’tamiz. (Ctrl+Shift+M) 8. Animation oynasidan “Duplicate Current Frame” tugmasini bosamiz va “Move” (V) asbobini tanlab, “Map Foreground” qavatni 800 px chapga siljitamiz. “Map background”ni esa xuddi shu holatda 800 px o’ngga siljitamiz va “Tween” tugmasini bosamiz va quyidagicha moslaymiz.
9. “Crop” (C) asbobini yordamida yer shari o’lchamini kichraytirishimiz mumkin.
Endi biz yer sharini bemalol aylantirib ko’rishimiz mumkin.