“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi – insoniyatning bir necha asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo’lib, u inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlash darajasining naqadar yuksalganligi darajasi mezoni sifatida namoyon bo’ldi. Fuqarolik jamiyatining poydevori va asoslarini yaratish uchun avvalombor u haqdagi g’oyalarning genezisini va rivojlanishini bilishga zarurat tug’iladi. Fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun uning asoslari (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilishi lozim. Fuqarolik jamiyatining asoslari quyidagilardan iborat:
ma’naviy asos
huquqiy asosi
iqtisodiy asos
ijtimoiy-siyosiy asos
Do'stlaringiz bilan baham: |