II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish borasida.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PF-4966-son Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog‘liq bo‘magan vazifalardan ozod qilishiga hamda sudyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda Harakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2017-yil 3-chorakda sudlar faoliyatiga zamonaviy ahborot-kommunikatsiya texnalogiyalarini joriy qilish bilan, sudyalarda o‘z vaqtida elektron tarzda ahborot almashuvini ta’minlovchi korporativ aloqani joriy etish sud qarorlarining ahborot-huquqiy elektron bazasini yuritish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.4
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga qilingan murojaatlar va ularning tezkor va samarali hal etilishi, jamiyatimizda murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha qisqa davr ichida mamlakatimiz hududining eng olis joylaridan tortib, poytaxtimiz Toshkent shahrigacha turli-tuman masalalarda yig‘ilib qolgan muammolar tezkorlik bilan hal etilmoqda. Bu borada 2017-yil 20-fevraliga qadar Vertual qabulxonaga jami 509122 ta murojaat qilingani va bugungi kunda ushbu murojaatlardan 436408 tasi ko‘rib chiqilgan.
Harakatlar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun-hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi nazarda tutilgan bo‘ib, unga ko‘ra:
qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash, shuningdek, dastlabki tergovning eng kam muddati 1yildan 7 oyga qisqartiriladi;
jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi;
sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘I tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganida muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi beriladi;
tergovning to‘iq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida, bugungi kunda mamlakatimizda diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba va huquqiy baza shakllangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni, 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishgava terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi, shuningdek, mamlakatimizda BMTning transmilliy uyuhgan jinoyatchilikka qarshi konventsiyasi ratifikatsiya qilindi.5
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek - “ Hech kimda zarracha shubha bo‘masligi kerak- mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga xavf tug‘diradigan ichki va tashqi kuchlarning har qanday harakatlariga, har qanday urinishlariga qat’iy va munosib zarba beriladi”.
Davlat organlarining yuridik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2017-yil 19-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2733-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash, ularning hodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilanib, vazirlik tizimida qo‘shimcha 5 ta boshqaruv hodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Pespublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, qo‘shimcha 14 ta boshqaruv hodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan tegishli shu’balar tashkil etilishi mustahkamlab qo‘yildi.6
Do'stlaringiz bilan baham: |