2017 yilda Davlat rahbarining g'oyasi va tashabbusi bilan joriy etilgan, O'zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, dunyoning ilg'or demokratik davlatlari qatoridan joy olishi va jahon maydonida munosib o'rin egallashi asosiy maqsad etib belgilangan Harakatlar strategiyasi mamlakatning yaqin istiqboldagi taraqqiyot yo'lining bosh ustuvor hujjati sifatida xalqaro jamoatchilik, nufuzli ekspert-mutaxassislar, davlat va jamoat arboblari, siyosatshunoslar tomonidan yuqori baholandi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi belgilab berilgan bo'lib, ularning har birida mamlakatda yangi bosqichdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini ta'minlashga oid aniq chora-tadbirlar o'z aksini topgan.
Yil yakunlanib borar ekan, “O'tgan 4 yil mobaynida amalga oshirilgan islohotlar o'zining kutilgan natijalarini beryaptimi?” degan mazmundagi savollar tug'ilishi tabiiy.
Shu sababli 2020 yilning 4 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Harakatlar strategiyasi hamda joriy “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining ijrosi haqida keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida 5 ta ustuvor yo'nalish bo'yicha 5 ta matbuot anjumani tashkil etildi.
Ularning dastlabkisi “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari” bo'yicha amalga oshirilgan islohotlar sarhisobiga bag'ishlandi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida Harakatlar strategiyasining mazkur yo'nalishida to'rt yil davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilindi.
Ta'kidlanganidek, Harakatlar strategiyasi, xususan, joriy yilgi Davlat dasturining birinchi ustuvor yo'nalishidan kelib chiqib, Oliy Majlis Senatining qonun ijodkorligi va parlament nazoratidagi rolini oshirish, mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish, parlament tekshiruvi institutidan samarali foydalanish borasida salmoqdi ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, parlament a'zolari hamda vazirlik va idoralar vakillari Qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlarining qonun ijodkorligi jarayonidagi tashabbuskorligi va mas'uliyatini oshirish, “Elektron parlament” tizimi loyihalarini amalga oshirish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarga ham to'xtalib o'tishdi.
Matbuot anjumanining navbatdagisi