МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
70
- bo’lajak pedagog tarbiyachisi tomonidan maxsus (pedagogik, psixologik va
fiziologik) hamda mutaxassislik fanlari asoslarining chuqur o’zlashtirilishiga erishish;
-ta’lim va ishlab chiqarish amaliyoti (pedagogik amaliyot) o’rtasida mustahkam
integrasiyaning qaror topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar.
Pedagog tarbiyachida kasbiy sifatlarning shakllanishida uning bunday munosabatlar
jarayonida faol ishtirok etishiga erishish, unga yakka, guruhiy yoki ommaviy ravishda
ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, uning ishtirokchilarini aniqlash hamda muhim
ahamiyatga ega masalalarni birgalikda hal etishga yo’naltirilgan tadbirlar (chunonchi,
seminar, konferensiya, bellashuv, musobaqa, ekskursiya, davra suhbati, uchrashuv va
hokazolar) ni tashkil etishga yo’naltirilgan topshiriqlarni berish va o’zaro munosabatlarni
shakllantirishda samarali shakl, metodlar va vositalardan qollash imkonini beradi.
Shundan kelib chiqib, pedagog tarbiyachilarga quyidagi bir nechta metodik tavsiyalar
beriladi:
1. Pedagog tarbiyachida kasbiy sifatlarni shakllantirish masalasiga alohida e’tibor
qaratilishiga erishish;
2. Bo’lajak pedagog tarbiyachida kasbiy sifatlarni shakllantirishga oid metodik
qo’llanmaning yaratilishiga erishish;
3. Uzlukli va uzluksiz pedagogik amaliyotni tashkil etish jarayonida bo’lajak pedagog
tarbiyachining kasbiy sifatlarni tashkil eta olish layoqatlarini namoyon eta olishlarini
doimiy ravishda nazorat qilib borish;
4. Pedagogik turkum fanlari, xususan, «Pedagogik mahorat» fanini o’qitish
jarayonida bo’lajak pedagog tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni shakllantirishga yordam
beruvchi amaliy treninglarning uzluksiz, tizimli va izchil tashkil etib borilishiga zarur
shart-sharoitlarni yaratish
Bo’lajak pedagog tarbiyachida kasbiy sifatlarning shakllanishi muammosini
nazariy va amaliy jihatdan o’rganish, talabada mazkur kasbiy sifatlarning shakllanishini
ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar va obyektiv hamda subyektiv omillarni aniqlash,
kasbiy sifatlarning ijtimoiy mohiyatini tadqik etish, shuningdek, bo’lajak tarbiyachining
kasbiy sifatlari tizimini yaratishga yo’naltirilgan.
Adabiyotlar:
1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. -T.: Universitet. 1999. - 96 b.
2. Musurmonova O. Ma’naviyat tarbiyasi. // J.Ta’lim va tarbiya. 1997.
3. Nishonova S. Milliy qadriyatlar va barkamol inson tarbiyasi. //J.Xalk ta’limi.
1997. №3. 17-20 6.
3. Pedagogika. A.K.Munavvarovning umumiy tahriri ostida T.:Tarbiyachi. 1996.-200
4. Raximov B.X. Kadrlar tayyorlash tizimida o’ziga xos kasbiy sifatlar.
РЕЗЮМЕ
Ushbu maqolda bugungi kunda pedagog tarbiyachilarning o;ziga xos kasbiy sifatlarini shakllantirishning
ijtimoiy pedagogik mohiyati ochib berilgan.
РЕЗЮМЕ
В данной статье раскрывается социально-педагогическая значимость формирования профессиональ
-
ных качеств педагогов на сегодняшний день.
SUMMARY
This article reveals the socio-pedagogical significance of the formation of the professional qualities of
teachers today.
Do'stlaringiz bilan baham: |