МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
20
savodxonlikni oshirish, yoshlarni odob –axloq qoidalariga rioya qilish bo’yicha ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida
olib borilishini nazarda tutuvchi me’yoriy va o’quv uslubiy mezonlarni ishlab chiqish,
tasdiqlash hamda joriy etish demakdir. Huquqiy madaniyat asoslari haqida shuni aytishimiz
joizki, Respublikamizda siyosat, iqtisod, jamiyatni manaviy o’rganish sohalarida juda
ko’plab ishlar qilinmoqda. Huquqiy madaniyat umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy
qismi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Avvalo huquqiy ong va huquqiy madaniyatga olimlar tomonidan berilgan turlicha
ta’riflar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi, jumladan, professor Islomov
huquqiy ongga shunday ta’rif beradi: “Huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining ham
amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari, majburiyatlariga,
ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatini ifodalovchi
huquqiy sezgilar, g`oyalar, baholar, tasavvurlar tizimi sifatida ta’riflash mumkin”. Rus
olimi Dmitrievning ta’rificha: “Huquqiy ong bu insonlarning va ularning turli birliklarining
hamda butun jamiyatning amaldagi huquq va huquqiy hodisalarga nisbatan qarashlari,
g`oyalari, tasavvurlari yig’indisidir”.
Huquqiy madaniyatga berilgan ta’riflarga kelsak, U.Tajixanov va A.Saidovlar
o`zlarining “Huquqiy madaniyat nazariyasi” nomli kitobida huquqiy madaniyatga shunday
ta’rif berishadi: “Huquqiy madaniyat deganda jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning
darajasini, xalqning bu huquq tizimidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga
bo`lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga
murosasiz bo`lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz”. Abdullayevaning
ta`kidlashicha, qabul qilinayotgan qonunlar, har qanday normativ-huquqiy hujjatlar,
huquq sohasida bo`ladigan o`zgarishlardan toliq tarzda xabardor bo`lib, o`rganib chiqilishi
natijasida huquqiy ong va tushunib еtib unga amal qilinishi esa, huquqiy madaniyatni
shakllantiradi. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada bo`lishi huquqiy davlatning o`ziga
xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni
oshirish muhim vazifa sanaladi.
Shu asnoda aytishimiz kerakki, huquqiy ta’lim tarbiya barcha davlatlarda o’z tarixiga
ega hisoblanadi. Ma`lumki, qadimgi Yunoniston va Rimda fuqarolar kichik yoshdan boshlab
qonunlar o’rgatilgan. Bu Yevropada tizimli tashkil qilinadi. Masalan rivojlangan davlatlarni
huquqiy tarixiga nazar tashlaydigon bo’lsak, AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya
kabi davlatlarda huquqiy tarbiya tushunchasi asosiy masalalardan biri hisoblangan. Har
qanday jamiyat o’z farzandlarini o`z huquqlarini bilishlarini kelajakda yurti ravnaqiga o`z
hissalarini qo`shishlarini nazarda tutgan. Huquqning buzulishi insonlarga, ya`ni kichik
yoshdagi bolalarning murg`ak qalbi og’rishiga, joni azoblanishiga sabab bo’ladi.
Markaziy Osiyo xalqlari ko’p ming yillik tarixga va huquqiy madaniyatga ega. Buyuk
Islom olimi fiqh Burxoniddin Marg’iloniy Qur’oni Karim va Hadis ilmini mukammal
egallab, fiqh islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo’lgan va
huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdonalar yaratgan. U “Al-Hidoya” asari ko’plab tillarga
tarjima qilinib, katta qiziqish bilan o’rganilgan. Huquqiy bilim islom fiqhshunosligi negizida
shakllantirilgan.
O’zbekiton Respublikasi qonun hujjatlarida “Talimning barcha darajalarida ta’lim
oluvchilarning huquqy ta’lim hamda tarbiyaini takomillashtirish” zarurligi alohida
ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim tarbiyaning maqsadi har bir o’quvchiga amaliy
faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam
bo’lmagan hajmda olish imkoniyalarini berishi zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |