Harakatlar strategiyasi 2017–2021 Inson manfaatlarini ta’minlash va mahalla taraqqiyoti yili


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Download 2,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/160
Sana22.07.2022
Hajmi2,82 Kb.
#837272
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160
Bog'liq
Muallim ham uzluksiz bilim

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
61
yechish jaroyondir. Tarbiyachi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usularida, 
ularni hal qila olish yo‘llarini qidira topa bilishlarida ifodalanadi. Pedagogik ijodkorlikning 
manbai – bu kompetentlikdir. Kompetentlik tarbiyachining mavzuni mazmun jihatdan to‘la 
o‘zlashtirish, tarbiyachilarning o‘rganish, mustahkamlash, qaytarish hamda mustaqil ish 
uchun materialni tanlashida, o‘zining dunyoqarashini kengaytirish uchun o‘zlashtriadigan 
bilimlar negizida ham namoyon bo‘ladi. Kompetentlikning asosiy mezoni ( kriteriya ) 
turli holatlarda, shu bilan birga asabiy vaziyatlarda ham, o‘zini tuta bilishning namoyon 
bo‘lishidir. Uning tasodifiy muvafaqqiyatli qo‘llanishi hisobga kirmaydi. Yana bir bor 
ta’kidlash joizki, ”kompetentlik” va “kompetentsiya” o‘zgaruvchan vaziyat va holatlarda 
barqaror natijaga erishishdir. Shuningdek, kompitentsiya bilimdan farqli vaziyatga bog‘liq 
emas. Kompetentsiyaning asosiy atamasi- jamiyatdagi inson faoliyati muvaffaqiyati uchun 
asos, kalit ekanligini ta’kidlaydi. Mashhur dialektik olim A.I.Xutorskiy “Klyuchev’e 
kompetentsi kak komponent lichnostno- orientirovannoy paradigm’ obrazovaniya ” 
(«Asosiy kompetentsiyalar ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan komponenti sifatida») asarida 
quyidagi kompetentsiya turlarini taklif qiladi:
– milliy qadriyatga yo‘naltirilgan va umummilliy qadriyatlarga qaratilgan;

o‘qish, bilim olishga qaratilgan va informatsion, 
muloqot (kommunikatsiya);
– ijtimoiy mehnatga qaratilgan;
Kompetentlikning asosiy ta’limiy majmuasiga:

turli axborot manbalarini o‘zlashtirish usullariga asoslangan mustaqil
bilim olish sohasidagi kompetentlik;
► ijtimoiy – fuqarolik faoliyatiga oid kompetentlik (fuqarolik-saylovchi,
iste’molchi kabi burchlarni bajarish);

ijtimoiy mehnat faoliyati borasidagi kompetentlik (mehnat bozoridagi
vaziyatni tahlil qila olish, o‘zining kasbiy imkoniyatlarini baholay olish,

ish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarda me’yor va etikaga rioya qilish,
o‘zini boshqaraolish);

maishiy sohadagi kompetentlik ( o‘z sog‘ligi, oilaviy sharoit aspektlari

ham kiradi ) hamda madaniy hordiq faoliyatidagi kompetentlik ( bo‘sh vaqtlarini 
tashkil qila olish va o‘tkazish ham shunga oid ).
Ta’limda kompetentlik bilan yondashuv tarbiyalanuvchilarni turli ko‘nikmalarni 
egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga 
yo‘naltiradi. Tarbiyachining vazifasi – mustaqil qaror qabul qilish, masala yechimining
yangicha usullarini topish, olingan natijaga mustaqil baho berish kabi vaziyatlarda samaraga 
erishish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. 
Kasbiy kompetentlik – bu tarbiyachining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy 
faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning 
egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi. Kasbiy 
kompetentlikni shakllanishining asosi talabalik davridan boshlanishi zarur.
Bo‘lajak pedagog didaktika, umumiy va xususiy pedagogika va metodilaga oid bilimlarni 
to‘liq egallab olgandan keyin, muayyan fandan bilim berish uchun shu fandagi bilimlarni 
puxta egallagan bo‘lishi shart. O‘z fani bo‘yicha bilimlarni yaxshi o‘zlashtirmagan kishi, 
pedagogika nazariyasi va amaliyotini qanchalik yod olgan bo‘lmasin bolalarga to‘liq bilim 
bera olmaydi.
Tarbiyachi o‘qitayotgan predmetini va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli 
qilib talabalarga yetkaza olishi ularning shu predmetga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. 
Hozirgi ta’lim sharoitida kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda bir qancha 



Download 2,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish