МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 32 ichki
tuyg`usi huquqiy va ma’naviy madaniyatning bir ko`rinishidir. Bu ijtimoiy foydali
fazilatlar kundalik hayotda o’z ifodasini namoyon etadi, ijtimoiy faoliyat qonunlarini
bilish va to`g`ri qo`lashga asoslanadi.
Huquqiy madaniyatning ko`p qirrali ekanligini bilgan holda, ularning ba’zilarini
qisqartirish uning shakllanish vazifasini ham toraytirib qo`yishi mumkun. Huquqiy
madaniyatni o`ziga xos tizim deyilsa, uning rivojlanish imkoniyati barqaror ekanligi
qadriyatlarimizdan ma’lumdir. Shaxsning barkamol rivojlanishi uchun huquqiy madaniyat
o`ziga xos impuls bo`lib, uning yordami bilan rivojlanish, yuksalish mumkin. Bu
huquqiy madaniyat jamiyatning huquqiy madaniyati bilan uzviy bog`liqdir. Olimlarning
tadqiqotlariga ko`ra, “huquqiy madaniyat tushunchasini izohlashda turli qarashlar mavjud.
Kichik maktab o`quvchilarini huquqiy bilimlarini shaklantirish kognitiv va
transformativ funktsiyaga asoslanganligini N. G. Levkovskaya aytib o`tgan. Huquq
haqidagi birinchi ma’lumotni bola oilada, so`ngra huquqiy tarbiya bilan bog`liq boshqa
sub’yektlar – ta’lim muassasalarda oladi. Huquqiy bilimlarni egallash jarayoni turlicha,
bu jarayonda o`rganish axborot olish va bilimga aylanadi. Shaxsning huquqiy bilimlarini
shakllantirishda o`quvchiga eng kichik ma’lumotlar maqsadli ravishda tarqatilgan. Bu
tarqatilgan ma’lumotlar shaxsning intellektual faoliyati orqali ko`rinadi va uning fuqaro
sifatida rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Kichik yoshdagi o`quvchining hulq atvorini
shaklantirish huquqiy madaniyatni tartibga solish funktsiyasiga bo`g`liq. Bu funktsiya
shaxsning xatti-harakatlarini shakllantirish jarayondir. Huquqiy tartibga solish funktsiyasi
qonuniy xulq atvorni tanlashga o`z ta’sirini o`tkazadi, kichik yoshdagi bolalar o`rtasidagi
aloqalarni, munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur funktsiya shaxsning xatti-harakatlari
va me’yorlari o`rtasidagi o`lchov vazifasini bajaradi, ijtimoiy masofa chegaralarini
aniqlaydi. Tarbiyalanuvchilarning huquqiy madaniyatining me’yoriy funktsiyasi
ularning huquqiy qadriyatlarda namoyon bo`ladi. Huquqiy mezon va baholashlar asosida
o`quvchilar jarayonlar, huquqiy hodisalar va turli voqealarni baholay oladi.
Huquqiy madaniyat insonlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qadriyatlarga
asoslanadi. Maktab o`quvchisining jamiyatni qadriyat munosabat tizimiga kiritishning
eng past darajasini joriy etish mazkur funktsiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Bu
vazifaga huquqiy normalar, axloqiy ko`rsatmalar va fuqarolik fazilatlari shakllantirish
kiradi. O`quvchida tasdiqlash yoki rad etish kabi ko`rinishda baho berishi ifodalanadi.
Baholash faoliyati tegishli axloqiy va huquqiy qadriyatlar (erkinlik, tenglik, adolat,
insonparvarlik va boshqalar) bilan bog’liqdir. Yosh o’quvchining huquqiy madaniyatining
huquqiy ijtimoiylashtiruvchi funktsiyasi jamiyat bilan ziddiyatsiz munosabatlar uchun
zarurdir. Axloqiy va huquqiy qadriyatlarning vazifasi huquqiy bilimga ongli munosabatni
shaklantirishdan iborat. Boshlang`ich maktab yoshidagi shaxsning o`z o`zini tarbiyalash
jarayonlarni faollashtiradigan dasturni amalga oshirish pedagogik faoliyatning eng zarur
maqsadidir. N. G. Levkovskaya fikricha, jamiyatda yusak madaniyatli ulug` fazilatlarga
ega bo`lgan shaxslar huquqiy madaniyat darajasini rivojlantirish zarur[11]. Ushbu
funktsiya shaxsni jinoiy va huquqbuzar jamoalar ta’siridan himoya qiladi.
Kichik yoshdagi o`quvchining huquqiy madaniyatining kommunikativ muloqatni
ta’minlovchi funktsiya – jamiyatning asosiy insoniylik xususiyatlaridan biri ekanligi
S.V.Shiron tomonidan ta’kidlab o`tilgan. Chunki muloqot barcha hayotiy jarayonlarga
ta’lluqli bo`ladi, axloqiy va huquqiy qadriyatlarni rivojlantirish shartini amalga oshiradi,
maktab o`quvchisida yosh shaxsni shakllantiradi.
Xulosa va takliflar. Individuval huquqiy madaniyatning eng yuqori ko`rsatkichi