МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
150
darslarning har biri tushunchalarni shakllantirish umumuy masalalarining bir qismini
hal qilgan bo`ladi. O`quvchilarga hosil bo’lgan bilimlar bu bilimlarni mustahkamlashga
taalluqli turli xil masalalarni bajarishga tatbiq qilinadi.
Kichik maktab yoshdagi bolalarda o`yinlarga bo`lgan talab darajasi katta bo`ladi.
Shuning uchun matematikani o’rgatishda o’yinlar orqali tushuntirilsa, ularning bilim
olishlari osonlashadi va esda olib qolishlariga yordam beradi.
O`yinlar ijodiy, harakatli, didaktik o`yinlarga bo`linadi.
Boshlang`ich ta’limda o`rgatuvchi yoki didaktik o`yinlar muhim ahamiyatga
ega. Bunday o`yinlar asosida o`quvchining masalani yechishga yo`naltirilgan bilish
xarakterdagi mazmuni, aqliy va iroda kuchi, o`yin qoidalari yotadi. Didaktik o`yinlarda
fikrlashning asosiy jarayonlari – analiz, taqqoslash, xulosa chiqarish va h.k.lar
rivojlantiriladi.
Didaktik o`yinlar o`rgatish maqsadlarida o`ylab topiladi va o`quvchilarni o`qitish,
tarbiyalash va rivojlantirishga xizmat qiladi. O`yin vaqtida paydo bo`ladigan ijobiy
fikrlashlar o`quvchilar faoliyatini aktivlashtiradi, ularning erkli diqqatlarini, xotiralarini
rivojlantiradi. O`yinda o`zlari payqamagan holda juda ko`p matematik amallarni,
mashqlarni bajaradilar, sanashni mashq qiladilar, taqqoslaydilar, masalalarni yechadilar
va h.k. Ular diqqati o`yinga, uning maqsadlarini bajarishga qaratiladi, ammo shu vaqtda
matematik xarakterdagi ishlarni bajaradi, bor bilimlarini yangi sharoitga o`tkazadi.
M: Qo’shni raqamlar - qatorlar sonini bilasizmi? nomli o’yinda birinchi vazifada
ko’p sonli uylar bilan qishloq chiziladi. Lekin har bir uy yolg’iz emas, qo’shnilari bor.
Raqamning qo’shnilari markazda joylashgan har bir uyning qo’shnilaridir. Bola markaziy
uyning har bir qo’shnisini aniqlashi kerak, uning ongida 10 tagacha raqamlarning
matematik ketma-ketligini taqdim etishi va keyin bu raqamlarni o’ngga va chapga (nuqtali
hujayralar) yozishi kerak. Uylarning birinchi qatori ostida siz qo’shnilarni tanlashingiz
kerak bo’lgan raqamlar mavjud. (Bu raqamlarga qaramaslik mumkin bo’lsa-da, chunki
ular sonli tartibli sanash ketma-ketligi emas). Agar bola vazifani bajarishda qiynalsa va
0 dan 10 gacha bo’lgan raqamlarni vizual tarzda tasavvur qila olmasa, unga 10 gacha
bo’lgan raqamlarni ko’rsatuvchi varaq tayyorlang. Bola buni yoddan o’rganmaguncha
unga qarasin.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematikadan miqdoriy, fazoviy tasavvurlarini
rivojlantiruvchi ko`p miqdorda didaktik o`yinlar yaratilgan. Misol, qilib “Arifmetik loto”,
“Domino”, “Doiraviy misollar”, “Sonli zinacha”, “Jim” kabilarni keltirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, matematik mazmunli o`yinlarni tanlashda ma’lum izchillika
amal qilish muhim hisoblanadi. Qiyinroq matematik topshiriqni o`yinlardan oldin bu
o`yinlarni o`tkazish uchun tayyorlaydigan soddaroq topshiriqli o`yinlar o`tkazilishi kerak.
Didaktik o`yinlarni o`tkazish metodikasi o`qituvchidan katta pedagogik mahorat talab
etadi. Ya’ni didaktik o`yin bilan tanishtirish puxta o`ylangan bo`lishi kerak, u ermakka
aylanib qolmasligi muhimdir.
Adabiyotlar:
1. Xalq so’zi 30 -Oktyabr 2020 y
2. Afonina S.I. Matеmatika va go`zallik.-T.: “O`qituvchi”,1987.-220 b
3. Bikboеva N.U. va boshqalar Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi T.: O`qituvchi,1996.
4. M. Ahmedov , N. Abdurahmonova, M. Jumayev “Matematika” umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-
sinfi uchun darslik “Turon-Iqbol” Toshkent – 2018
5. N. Abdurahmonova, L. O‘rinboyeva “Matematika” 2-sinf uchun darslik./ T: Yangiyo‘l Poligraf Servis,
2018. — 208 b.
РЕЗЮМЕ
Uzluksiz ta’lim sharoitida kichik maktab yoshidagi bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
metodik masalalar tahlili, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisiga matematika darsida qo’llash uchun metodik
tavsiyalar, nazariy bilimlarni amaliyotda foydalanishga va tatbiq qilishga o’rgatish, kichik maktab yoshidagi
bolalarga matematikani o’rgatish uchun didaktik o’yinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |