Avtomobil (yunoncha αυτο – oʻzi va
lotincha mobilis – harakatlanuvchi,
yuruvchi) oʻz dvigateliga ega, yer sirtida
harakatlanish uchun moʻljallangan,
relssiz oʻziyurar transport vositasidir.
Atamaning koʻpgina taʼriflari avtomobil
yoʻlda yurishga moslangan, bittada to
sakkiztagacha yoʻlovchi uchun joyli,
odatda toʻrt gʻildirakli, va aksar holatlarda
yuk enas, balki odam tashishga
moʻljallanganligini taʼkidlaydi
[2]
. Biroq,
bunday taʼrif aniq emas, zero shu ishlarni
bajaradigan boshqa tur transport
vositalari ham mavjud.
2002-yil maʼlumotlariga koʻra, dunyoda
590 million avtomobil bor (taxminan har
oʻn bir kishiga bittadan)
[3]
.
Do'stlaringiz bilan baham: |