Harakat sistemasida uchraydigan patologik holatlar


Sil kasalligining sabablari, belgilari, yuqish yo'llari, oldini olish



Download 42,97 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2022
Hajmi42,97 Kb.
#675525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Harakat sistemasida uchraydigan patologik holatlar

2. Sil kasalligining sabablari, belgilari, yuqish yo'llari, oldini olish.
SIL — tuberkulez turli organlar asosan o'pkada o'ziga xos yallig'li o'zgarishlar ro'y berishi bilan xarakterlanadigan yuqumli kasallikdir. SILning mikrobakteriyalari — nemis olimi R.KOX 1882 y. topgan tayoqchalar (Kox tayoqchalalari) qo'zg'atadi. SIL kasalligi qadimdan ma’lum. Kasallik belgilari Gipokrat, Ibn Sino asarlarida ham ta’riflangan. SILning sotsial ofat miqyosiga kelganda uning yer yuzida eng ko'p tarqalgan kasallik ekanligi statistika ma’lumotlarida ko'rsatilgan.
SIL bilan odamlardan tashkari, uy xayvonlari (asosan koramol) uy parrandalari (tovuk, kurka) kasallanadi, ular qishloq joylarida kasallik manbai bo'lishi mumkin. SIL kasali sigirlardan suti, qatig'i orqali, kasal tovuqlarning tuxumi orqali yuqishi mumkin. Kasallik qo'zg'atuvchi sut sog'uvchilar va hayvonlarni boqadigan ishchilarga kasal hayvonning bronxial shillig'i va go'ngidan yuqishi mumkin.
Bolalar va o'smirlar asosan, sil bilan xastalangan bemorlar yo'talganda atrof — muhitga tarqaladigan sil tayoqchalari bilan zararlanadilar. Sil bilan xastalangan kattalar yo'talganda balg'am tomchilari atrof — muhitda yig'iladi. Ochiq havo va yaxshi shamollatiladigan xonalarda sil tayoqchalari bilan zararlangan havo oqimi uzoq masofalarga olib ketilsa, yopiq, tor xonalarda esa yig'ilib uzoq vaqt saqlanadi. Shu tufayli bolalar va o'smirlar sil bilan xastalangan ota —onalari, buvi — buvalari bilan bir xonada yashaganda sil ko'proq rivojlanadi. Katta yoshdagi bemorlar gigiena qoidalariga rioya qilmasalar kasallik rivojlanish xavfi undan ham ortadi. Shu tufayli yo'talayotgan bemorlar hamisha og'zini yopib, orqaga qarab yo'talishi va balg'amni og'zi yopiladigan idishga tuflashlari lozim. Ayniqsa, sil bilan bemor onalar uchun o'zlarini, bolalarini, qolaversa chaqaloqlarini zararlash xavfi juda kattadir. Bolalar muassasalarida faoliyat ko'rsatuvchi o'qituvchi, tarbiyachi, bolalar shifokorlari va xamshiralari, stomatolog, akusherka, sotuvchilar va chiptachilar kabi kasbdagi katta yoshdagi shaxslar ham atrofga sil kasalligini tarqatish xavfi katta bo'lganlar guruhiga kiradilar, shu tufayli ular tibbiy ko'rikdan o'tib turishlari lozim.
Chaqaloqlar, go'daklar va bog'cha yoshidagi bolalarga ko'pincha sil birga yashovchi ota — onalaridan, buvi — buvalaridan yuqsa, katta yoshdagi bolalar, o'smirlar maktabda, yo'l transportlarida, ko'chada va poliknikalarda ham zararlanishi mumkin.
Ovqat va sut orqali yuqishi. Bolalarga beriladigan ovqat kasal onasi yoki oiladagi boshqa shaxslar tomonidan tayyorlansa, yosh go'daklarga kasal ona og'zida maydalangan ovqat berilsa sil mikrobakteriyasi og'iz shilimshiq qavatida, ichakda ushlanib qolib kasallik rivojlanishiga sabab bo'ladi. Silning ayniqsa go'daklar orasida tarqalishida sut mahsulotlarining roli kattadir. Sil qo'zg'atuvchisi bo'lgan sut kasal hayvon yoki sutni sog'ayotgan bemor shaxsning yo'talishi natijasida zararlanadi. Shu tufayli sutni bolalarga berishdan avval yaxshilab qaynatilishi talab etiladi.
Teri orqali yuqishi. Silning bolalarda tarqalishida teriga sil tayoqchasining tushishi (ko'proq yuz, oyoq, tovon va qo'l terisi) ahamiyatga egadir, lekin ushbu yuqish yo'li kamroq uchraydi.
Sil tayoqchasi bilan zararlangan bola organizmida kasallik rivojlanishi uchun ma’lum shart — sharoitlar mavjud bo'lishi lozim. Ko'pincha sil kasalligi ko'p miqdordagi Kox tayoqchalari bilan zararlangan, immuniteti past organizmda rivojlanishga moyildir. Chaqaloqlar, go'dak va kichik yoshdagi bolalar organizmining takomillashmagan anatomofiziologik xususiyatlari silning rivojlanishiga moyillik tug'diradi. Ko'rsatilgan yoshlar bilan bog'lik sabablardan tashqari kasallik rivojlanishida bolaning ovqatlanishi, yashash sharoiti ham katta ahamiyatga egadir. Noto'g'ri ovqatlanish, bolalarning gigiena qoidalariga rioya qilmasliklari, tez —tez har xil somatik kasalliklar bilan kasallanishlari bola organizmining immun holatini pasaytiradi va sil mikrobakteriyalari bilan zararlangan bola organizmida kasallik ro'yobga chiqadi.
Sil tayoqchasi asta — sekin, oylar davomida ko'payadi, shu tufayli klinik ko'rinishi ham yaqqol, tez ko'zga tashlanmaydi. Bolalar va o'smirlar sili xususiyati ularning yoshiga ham uzviy bog'liqdir. Chaqaloqlar, go'daklar va bog'cha yoshidagi bolalarning yuqumli kasalliklardan himoya kuchlari past bo'lgani tufayli, sil kasalligi qon orqali tarqalishga moyil bo'lib, ko'pincha kasallikning o'tkir kechuvchi, tarqalgan xillari kuzatiladi. Bola yoshi kattalashgani sari patologik jarayonni ko'pincha o'pka to'qimasida chegaralashga pubertat yoshidan keyin o'pkadagi jarayonni chegaralash qobiliyati pasayadi, tez orada kovaklar hosil bo'lish xususiyati ortadi.
Bolalar va o'smirlardagi silning klinik ko'rinishi har xil bo'ladi:
1. Bolalardagi sildan zaxarlanish. Sildan zaxarlanish natijasida ba’zi bolalar va o'smirlarda musbat va giperergik Mantu sinamasi bilan bir qatorda bosh og'rishi, asabiylashish, tez charchash, ishtaxa pasayishi, subfebril xarorat va tez —tez kasal bo'lish holatlari kuzatilishi mumkin. Kasal bolalarni tekshirish vaqtida bolaning rangpar ekanligi, har xil guruh pereferik limfa tugunchalari shishini (mikropoliadeniya) va jigarni bir muncha kattalashganligi aniqlanadi.
2. Birlamchi sil kompleksi. Birlamchi silning ushbu xili sil tayoqchasi bo'lgan balg'am tomchilarining nafas orqali havo bilan o'pka to'qimasiga yetib borishi natijasida ro'yobga chiqadi. Spetsifik patologik jarayon aleolalarda rivojlanishi uchun sil tayoqchalari chiqindilariga sezgirlik va ko'p mikdordagi virulent qo'zg'atuvchi — mikrob bo'lishi zarur. O'pka to'qimasidagi patomorfologik o'zgarishlar chuqurligi sil qo'zg'atuvchi va makroorganizm holatiga bog'liqdir. Infektsiyadan saqlanish xususiyati juda pasaygan bola organizmida kazeoz, ekssudativ o'zgarishlar hosil bo'lsa, epiteloid — limfoid hujayralardan iborat proleferativ siljishlar ro'y beradi.
Sil mikrobakteriyasining bir qismi limfa oqimi bilan ko'krak ichi limfa tugunlariga olib boriladi va 1—2 xafta davomida ushbu to'qimalarda hujayralar bilan o'ralgan kazeoz o'zgarishlar paydo bo'ladi. Ushbu jarayon o'pka va bezlar qismiga ajratilib, "birlamchi sil kompleksi" deb nomlanadi. Klinik ko'rinishi bo'yicha patologik jarayon o'tkir, nim o'tkir, asta —sekin va belgilarsiz boshlanishi mumkin. Ko'pincha kasallik asta —sekin bola ozib ketishi, ishtaxasizlik, yo'talish va harorat oshishi belgilari bilan boshlanadi. Agar patologik jarayon cheklanmagan bo'lsa, xansirash belgilaridan ham qo'shiladi. Shifokor ko'rigida zaxarlanish belgilaridan tashqari perkussiyada o'pka tovushining qisqarishi, auskulьtatsiyada esa mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. Ushbu simptomlar ko'pincha zotiljam tashxisi bilan silning bu xilini differentsiatsiya qilishni talab etadi. Kasallik kechishi bo'yicha asoratlangan va asoratlanmagan xillariga ajratiladi. Birlamchi sil asoratlaridan plevrit, o'pka to'qimasining atolektazi, bronxlarning spetsifik jarohatlanishi, qon orqali tarqalishi va kovak (kaverna) hosil bo'lishi mumkin. Kasallikning cheklangan turlari kam belgili yoki belgisiz kechishi tufayli ko'pincha bemor bolalar profilaktika tekshirish paytida to'satdan aniqlanadi.
Silga qarshi emlangan bolalarda ko'proq kasallikning belgilarsiz kechadigan turi uchraydi. Rentgenologik tekshirish natijalari sil jarayonining bosqichlari bilan bog'liq bo'lib, kasallikning boshlang'ich infilьtratsiya davrida o'pka to'qimasining ma’lum bir qismida joylashgan, ildiz bilan tutashgan, chegaralari aniq emas soya aniqlansa, so'rilish davrida esa o'pkadagi soyadan tashqari ildiz limfa tugunlari shishishi va ularni biriktirib turuvchi limfa tomirlari yallig'lanishi — limfangoitni tortilgan soyasi aniqlanadi. Birlamchi sil kompleksining qotish davrida esa o'pka to'qimasida joylashgan yuqori intensivlikdagi Gon o'chog'i aniqlanadi. Kasallik tashxisotida yuqoridagilardan tashqari umumiy qon tahlilidagi siljishlar, balg'am yoki bronx yuvindisini sil mikrobakteriyasiga tekshirish, Mantu sinamasi natijalari hisobga olinadi.
Limfa tugunlari (bo'yin, qo'ltiq, chov va boshqalar) sili ularning kattalashishi bilan namoyon bo'ladi, tugunlar kam harakat bo'lib, bezillab turadi, ostidagi teri yupqalashadi, qizaradi: yiringlab yallig'langanda teshilib, oqma yara hosil qilishi mumkin, yara bitgandan keyin o'rni chandiq bo'lib qoladi.
Hiqildoq sili (shilliq parda, tovush boylamlari zararlanadi) yo'tal, tovush bo'g'ilishi, yo'talganda, yuvinganda tomoq og'rishi bilan namoyon bo'ladi.
Buyrak sili odatda sezilmaydi, lekin unga buyrak jomi ko'shilganda bel og'riydi,. gavda harorati ko'tariladi, qovuq zararlanganda bemor tez —tez siyadi, bunda og'riq sezadi.
Ichak sili kam uchraydi, asosan balg'amdagi mikrobakteriyalar ichakka tushganda yuzaga keladi: qorin og'rishi, qabziyat, ich ketishi, ichak qappayishi bilan namoyon bo'ladi.
Teri silida oyoq —qo'l, yuz, ko'krak va boshqa joylar terisida bo'rtiqchalar, tugunchalar paydo bo'ladi.
SIL meningiti va silning boshqa o'tkir hamda og'ir formasi kam uchraydigan bo'lib qoldi. Sil meningitida to'xtovsiz bosh og'riydi bemor qusadi, talvasa tutadi, xushidan ketadi. Silning bu formasi ilgari muqarrar o'limga olib borardi, hozir bemorni butunlay davolash mumkin bo'lmoqda.
Bolalardagi sil jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda silni aniqlash bosqichma — bosqich olib borilishi shart. Odatda silni aniqlash tadbirlari rejasi bir hududdagi bolalar shifoxonasi bosh shifokori tomonidan tuziladi. Reja tadbirlarni tuzishda mahalliy SES, silga qarshi dispanser xodimlari ishtirok etadi. Sil jarayonining aniqlash bosqichlari va ularda o'tkaziladigan chora — tadbirlar tizimi quyidagi jadvalda ifodalangan.


Download 42,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish