Ikkinchi maqsadga shunday erishiladiki, unga binoan, huquqda javobgarlik institutining mavjudligi jamiyat a`zolariga axborot tarzidagi о`zni tiyib turish va intizomga rioya qilish kabi ta`sirlar kо`rsatadi.
Huquqshunos olimlar tomonidan yuridik javobgarlikning maqsadlarini yanada kengroq tushunish masalasi taklif qilinmoqda. Ular qatorida quyidagilarni aytib о`tish mumkin: huquqbuzarliklarning umumiy ehtiyot choralari, huquqbuzarni jazolash, uning ongiga ta`sir о`tkazish, ozmi-kо`p miqdorda shaxsni ma`naviy jihatdan qayta tarkib toptirish, qonunni buzgan insonda ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg`unligiga qaratilgan normal shaxsiy belgilarni shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |