Yuridik javobgarlikning maqsadlari
Amaldagi huquq normalarida yuridik javobgarlikning tamoyillari uning subyektlariga nisbatan qо`yilgan talablar sifatida mustahkamlab qо`yilgan. Davlat – uning idoralari va mansabdor shaxslar uchun huquqbuzarlarning javobgarligini amalga oshirish borasida qonuniylik ustidan nazoratni amalga oshirishi muhimdir.
Huquqiy adabiyotlarda yuridik javobgarlik ikkita maqsadga: huquq tartibotni himoya qilish va fuqarolarni tarbiyalashga qaratilgan, deb ta`kidlanadi.
Birinchi maqsad. Yuridik javobgarlik ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish meanizmi tarkibida huquqni muhofaza qiluvchi normalarning bajarilishini о`z oldiga qо`yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |