Bog'liq 4.NAzrullayev Asror .Har xil protokollar asosida lokal tarmoqda ulanish
Internetning asosiy tushunchalari Internetra oid muhim bo'lgan ba'zi bir tushunchalar izoxini keltiramiz. DNS server DNS server Protokol: bu kompyuterlar orasidagi aloqa o'rnatilishida, ma'lumotlarni kabo'l qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Ya'ni kompyuterlar protokol yordamida biri - biri bilan bog'lanadi. Protokol to'g'ri bo'lsagina, kompyuterlar urtasida aloqa o'rnatiladi. Bu kompyuterlarning bog'lanish tartibi yoki standartidir.
Server: bu boshqa kompyuter yoki programmalarga xizmat ko'rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Ya'ni boshqa kompyuterlarga uzining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server xisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, FTP, WWW, elektron pochta serverlari.
Mijoz: Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki programmadir. Xuddi Server kabi, bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan, kompyuter fayl serverning mijozi bo'lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda elektron pochta programmasida ishlashi mumkin. Ya'ni bir necha serverning mijozi bo'lishi mumkin.
Marshrutlashtiruvchi: (Router). Marshrutlashtiruvchi Internetda ma'lumotlar oqimini qulay va yakin yo'l bilan manzilga etkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi programmalar majmuidir.
Shlyuz: (Gateway) ma'lumotlarni uzatishning turli kaydnomalarini Internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy kaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol-elektron pochta uzatishning oddiy kaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz bu programmalar majmuidir. Bunda shlyuz maksadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar kuyilmaydi. Buning uchun unda shlyuz vazifasini utaydigan programmalar bilan ishlash imkoni bo'lsa, bo'ldi xolos. Demak, ilgaridan uz lokal kompyuter tarmog'ingizda biror sistema bilan ishlab kelayotgan bo'lsangiz, uni Internetga ulamokchi bo'lsangiz ana shunday shlyuz programmani o'rnatsangiz etarli.
Proxy: bir necha kompyuterning Internetga ulaniishni ta'minlovchi tizim. Proxy server odatda ko'p ishlatiladigan resurslarni saqlash imkoniyatiga ega. Internet da ba'zi bir ma'lumotlarga ko'pchilik murojaat qilgani uchun bu ma'lumotlarga oid serverga ulanish (navbat katta bo'lgani uchun) sekin bo'lishi mumkin. Shuning uchun ko'pchilik murojaat kiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda xam saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi. Proxy serverdan foydalanish imkoniyati odatda programmalarni o'rnatishda e'tiborga olinishi zarur. Xozirda ko'p Internet ma'lumotlarni ko'rish uchun MS Internet Explorerdan foydalanganda, unda Proxy programmasi orqali foydalanish nazarda tutiladi.
URL: (Uniform Resource Locator) Internetra murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo'lib, u manzilni ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya'ni bu adresdagi ma'lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning uzida foydalanishi mumkin.
URL kuyidagi formatga ega