Har qanday ishning yakuni bo‘lgani kabi trening mashg‘ulotlarining hamyakuni mavjud. Trening mashg‘ulotni yakunlash bosqichi ishtirokchilar va trenerning xayrlashuvidangina iborat bo‘lib qolmasligi lozim
Har qanday ishning yakuni bo‘lgani kabi trening mashg‘ulotlarining hamyakuni mavjud. Trening mashg‘ulotni yakunlash bosqichi ishtirokchilar va trenerning xayrlashuvidangina iborat bo‘lib qolmasligi lozim. Trening mashg‘ulotlari trening ishtirokchilarining yodida katta taassurotlar bilan qolishida ushbu bosqichning o‘rni katta. Trening mashg‘ulotlari o‘z davomiyligiga ko‘ra o‘tkazilib, yakuniga yetganidan so‘ng trener ishtirokchilar bilan “qayta aloqa” usulini qo‘llagan holda aloqa o‘rnatishi va ular o‘zlari kutgan natijani ola oldimi yoki yo‘qmi shuni aniqlashi hamda shu asosida o‘tkazilgan trening samarali yoki samarasiz bo‘lganligini aniqlaydi. Trener yoki uning guruhda birga ishlashga mo‘ljallagan sherigi guruhga qabul qilinadigan har bir ishtirokchidan o‘z kutishlari amalga oshgan yoki oshmaganligini so‘rab chiqadi. Bu suhbatdan maqsad - guruhning har bir a’zosining kutishi qay darajada amalga oshganligini bilish va eng asosiysi, trening maqsadiga erishgan yoki erishmagaligini bilishdan iborat. aniqlash orqali guruh motivasiyasini aniqlashdan iboratdir. Bu suhbatda ishtirokchiga asosan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi.Treningni yakunlash bosqichida “Qayta aloqa” o‘rnatish lozim. Ya’ni trening ishtirokchilari mashg‘ulotdan nima oldi, birinchi kunda kutgan kutuvlari amalga oshdimi-yo‘qmi, o‘z muammolarini yechish uchun ko‘nikma va malakalarni egallay oldimi va shu kabi savollarning javoblari sarhisob qilinadi. Buning uchun trener tomonidan oldindan tuzilgan anketalar tarqatiladi va ishtirokchilarga bu anketani anonim tarzda to‘ldirilishiga imkon yaratiladi. Chunik ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini aniq va ochiq-oydin yozib berishi uchun u himoyalanganlikni his etishi lozim. Anketada “Sizga mashg‘ulot yoqdimi?”, “Mashg‘ulotdan o‘zingiz uchun qanday foydali jihatlarni oldingiz?”, “Mashg‘ulotdan olgan bilim, ko‘nikama va malakalaringizdan hayotingiz davomida foydalanishingizga ishonasizmi?”, “Mashg‘ulot jarayonida Sizga yoqmagan holatlarni yozing?”, “Trenerlarga qanday tavsiyalaringiz bor?” kabi savollar bilan murojaaat etiladi. Anketalarni yig‘ib olishda trenerning o‘zi ularni har bir ishtirokchidan birma bir, tekshirib qabl qilishi zarur. Bundan maqsad, ishtirokchilarning ayrimlari anketa savollariga javob yozmagan holda qaytib berishlarining oldini olishdir.Treningni yakunlash bosqichini tashkil etish trenerdan chuqur bilim va juda katta mahorat talab etadi. Bu jarayonda u ishtirokchilarga nisbatan mehrini va hissiyotlarini ochiq ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Quyida yakunlash bosqichini o‘tkazishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida ayrim tavsiyalarni havola etamiz:Trenerning vazifasi — trening yopilishini yuqori hissiy to‘lqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish, har bir ishtirokchiga o‘z hissiyotlarini ifodalash uchun qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o‘zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan bo‘lib o‘tgan trening samarasi haqida fikrlarini so‘rash, hamda ishtirokchilarga nisbatan o‘z moyilligini namoyon etish.Albatta, har qanday trening mashg‘ulot ishtirokchilarda katta taassurot qoldirishi va ular uchun ma’lum bir samaraga ega bo‘lishi mutaxassislarga ma’lum. Lekin trenerning o‘zi o‘zidan qoniqish hosil qilishi uchun mashg‘ulotning ayrim jihatlarini aniq yakun topganligini bilib olishi zarurki, bu unga keyingi guruhlar bilan ishlash jarayonida asqotadi. Trener “qayta aloqa”ni amalga oshirishida bir qancha usullar mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiylarini sanab o‘tamiz:Poster – bu juda oddiy texnika bo‘lib, trening mashg‘ulot boshida trener xonaga 2 – 3ta plakat joylashtiradi va bu plakatlarga ishtirokchilar o‘z kutuvlarini yozadilar,treningni yakunida esa trener va ishtirokchilar birgalikda bu kutuvlarning mohiyati hamda ularning amalga oshganlik darajasini muhokama qiladilar.Kutuvlar daraxti – bu juda rang-barang texnika bo‘lib, trenerning oldindan tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi, ya’ni trener oldindan turli rangli kartochkalar (stiker), katta vatmanga chizilgan daraxt rasmini tayyorlab qo‘yadi va guruhni 3-4 ta kichik guruhchalarga bo‘ladi. Har bir guruh o‘z kutuvlarini daraxt barglari shaklida qirilgan kartochkalarga umumlashtirib yozadi va oldindan chizilgan daraxtga yopishtirib chiqadi. Agar ishtirokchilarning soni kam bo‘lsa, u holda harbir ishtirokchiga o‘z kutuvini alohida yozish taklif etiladi. Mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng anketa savollari yig‘ib olingach, trener “Kutuvlar daraxti”ni yana doskaga yoki ko‘rinarli joylashtiradi va ishtirokchilarga turli xil mevalar shaklida qirqilgan stikerlarni tarqatadi. Ishtirokchilarga mashg‘ulotlarga kelishdan maqsadlari yoki birinchi kunda o‘zlari kutgan kutuvlari mashg‘ulot jarayonida amalga oshgan-oshmaganligini qayd etish so‘raladi. So‘ng bu “mevalar” daraxtning shoxlariga yopishtiriladi. Trener dastlabki kutuvlar darxt barglari bo‘lgan bo‘lsa, kutuvlarning amalga oshiganligi, erishilgan natijalar go‘yoki daraxt mevalari ekanligiga nisbat beradi va “meva”larga yozilgan fikrlarni o‘qib, guruh bilan birgalikda muhokama etiladi