Har bir savolga 1,5 balldan hisoblanadi.
1. Nerv hujayralari tanada tarqoq joylashgan organizmlar to‘g‘ri keltirilgan qatorni ko‘rsating.
A) aureliya, qizil korall polipi, aktiniya
B) aktiniya, oq planariya, meduza
C) gidra, aureJiya, nozema
D) qizil korall polipi, oq planariya, jigar qurti
2. Meduza va halqali chuvalchanglar uchun umumiy bo‘lgan xususiyat(lar)ni ko‘rsating? 1) tanasi ektoderma va endodermadan iborat 2) tanasi organ va to‘qimalarga bo‘lingan 3) ayirish sistemasi voronkasimon naychalardan iborat 4) faqat dengizlarda tarqalgan 5) jinssiz ko‘payishi tanasining bir nechta bo‘laklarga bo‘linishi orqali amalga oshadi 6) jinssiz ko‘payishi tanasining ikkiga bo‘linishi orqali amalga oshadi 7) hujayra qobig‘iga ega emas 8) reaktiv harakat qiladi
A) 2,4,5 B) 1,3,6 C) 6,7,8 D) 6,7
3. Anal teshigi bo‘lmagan (a) va bo‘lgan (b) chuvalchanglarni juftlab ko‘rsating?
1)exinokokk; 2) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 3) nereida; 4) bolalar gijjasi; 5) jigar qurti
A) a-1, 5; b-2, 3, 4 B) a-2, 5; b-1, 3, 4
C) a-1, 3, 5; b-2, 4 D) a-1, 2, 5; b-3, 4
4. Quyida bеrilgan hayvonlar qaysi sinfga mansub?
1) oq planariya, 2) exinokokk 3) yomg‘ir chuvalchangi, 4) nеrеida a) kam tukli xalqali chuvalchanglar sinfi. b) ko‘p tukli xalqli chuvalchanglar sinfi, v) tasmasimon chuvalchanglar sinfi, g) kiprikli chuvalchanglar sinfi
A) 1-a; 2-b; 3-b; 4-v B) 1-b; 2-v; 3- a; 4- g
C) 1-v; 2- a; 3-b; 4-g D) 1-g;2-v; 3-a; 4-b
5. Quyida bеrilgan parazit chuvalchanglarning uzunligi to‘g‘ri bеrilgan javobni toping. 1) jigar qurti; 2) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 3) askaridaning erkagi;
4) askaridaning urg‘ochisi; a) 0,2-0,4 sm; b) 3-4 sm; v) 8-10 sm; g) 8- 10 m; d) 20-40 sm; е) 15-25 sm
A)1-b;2-g;3-e;4-d B) 1-a;2-v;3-b;4-e
C) 1-b;2-v;3-a;4-d D) 1-е; 2- b; 3-v; 4-a
6. Yassi chuvalchanglar tanasining evolyutsion jarayonida murakkablashuvi natijasida qaysi hayvonlar kelib chiqqan?
A) mollyuskalar B) kovakichlilar
C) bo‘g‘imoyoqlilar D) halqali chuvalchanglar
7. Oq planariyaga xos bo‘lmagan belgi ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) orqa ichagi va chiqarish teshigi rivojlangan
B) orqa ichagi va chiqarish teshigi bo‘lmaydi
C) tana sirti bir qavat epiteliy hujayralari bilan qoplangan
D) ikki tomonlama simmetriyaga ega
8. Germafrodit hayvonlarni aniqlang.
1. askarida; 2. qoramol tasmasimon chuvalchangi; 3. oq planariya; 4. baqachanoq; 5. jigar qurti; 6. yomg‘ir chuvalchangi
A) 2,3,5,6 B) 1,2,4,5 C) 1,3,5,6 D)3, 4, 5, 6
9. Paypaslagichlarida juda ko‘p so‘rg‘ichlar joylashgan hayvonlarni toping.
1) kalmar; 2) zaxkash; 3) karakatitsa; 4) bitiniya; 5) osminog; 6) krab.
A) 1,2,3 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 6
10. Xavf tug‘ilganida suvga siyoh chiqarib dushmandan qutulib qoladigan hayvonlarni ahiqlahg? a) kalmar, b) midiya, c) ustritsa; d) osminog, e) taroqcha, f) dreysena, j) karakatitsa.
A) a,b,c B) b,c,e,f C) a,d,j D) a,d,e,f
Savollarga javob yoziladi
1. Bosh-oyoqli molluskalar sinfining nechta turi bor?
________________________________________________________
2. Yomg‘ir chuvalchangining tеrisi nеcha qavat hujayralardan iborat?
________________________________________________________
3. So‘rg‘ichlilarning tasmasimon chuvalchanglardan farqi?
________________________________________________________
4. Osminogning og‘iz teshigi atrofida nechta oyoqchalari bo‘ladi?
________________________________________________________
5. Yalang‘och shilliqning nafas olish organi?
________________________________________________________
6. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sintemasi ochiq murtqasiz hayvon
________________________________________________________
7. Uch shoxga ajralgan ichak qaysi hayvonda uchraydi?
________________________________________________________
8. Parazit chuvalchanglardan qaysi biri egilgan simga o‘xshab ichak devoriga tiralib turadi?
________________________________________________________
9. Kam tukli halqali chuvalchanglar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?
________________________________________________________
10. Bo‘rtma nematoda qaysi ituzumdoshlar vakillida parazitlik qiladi?
________________________________________________________