3. O‘quvchi tili bilan so‘zlashish
O‘quvchi ulg‘ayotgan ijtimoiy muhit har turli bo‘ladi. Aytaylik, u uyida erka, tantiq bo‘lib o‘syapti. Hamma xohishi bajariladi. Bunday bolalar aqliy mehnatga ham, jismoniy mehnatga toqati bo‘lmaydi. Hamma ishga yengillik bilan erishish istagi bo‘ladi. Xo‘sh, biz nima qilamiz? Maktabda ham shu sharoitni yaratib beramizmi? Fikrimcha, yo‘q! Chunki ta’lim-tarbiyada tartib bo‘lishi kerak, bo‘lmasa muvozanat yo‘qoladi. Uni aqliy mehnatga jalb etuvchi choralarni qat’iyatlilik bilan bajarish lozim. Asta-sekinlik bilan o‘zi tomonidan yaratilgan mehnat mahsulini ko‘rib quvonadi. Yoki e’tiborga, mehrga zarurati bor o‘quvchilar bo‘lcha-chi? Demak, bu holatda avvalo, tarbiyadagi bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qilamiz. Ya’ni u istagan muomala bilan so‘zlashganimizda biz tomonga talpinsin. Biz esa bu tuyg‘u orqali fanga ishtiyoqni hosil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |