1.3-rasm. Bilish shakllari.
Ilmiy bilish (anglash
) – bu bir butun tizim boʻlib, nihoyatda murakkab
strukturaga ega. Bu strukturalarning asosiy elementlari quyidagilar hisblanadi:
- material, omillar, tushunchalar;
- ilmiy gipotezalar; qonunlar;
- konsepsiya (prinsip) va nazariyalar.
Ilmiy bilish ikkita asosiy darajani oʻz ichiga oladi:
empirik
va
nazariy
.
Empirik darajada
sezgi orqali bilish ustun turadi. Bunda asosan hodisa va
moddalarning tashqi jihatlari boʻyicha faktlar yigʻiladi. Empirik darajada bilish
obyektni kuzatish, solishtirish, oʻlchash, eksperiment, tahlil qilish yoʻli va vositalari
yordamida tekshiriladi.
Nazariy darajada bilish
– tekshirilayotgan hodisa va jarayonlarning
qonuniyatlarini, oʻzaro bogʻliqliklarini oʻzlashtirish demakdir. Bunga empirik
malumotlarni (tushuncha, nazariya, qonun, kategoriya, prinsip va h.k.) ratsional
qayta ishlash yordamida erishiladi. Nazariy darajada bilishda
abstraktlash
koʻp
qoʻllaniladi (bunda predmetlarni qator xossalari va munosabatlari ajratiladi);
ideallashtirish
– koʻrilayotgan obyekt obrazini fikran yaratish;
sintez
– tahlil qilish
natijasida hosil boʻlgan elementlarni tizimga birlashtirish. Nazariy jihatdan
tushuntirish va tekshirish asosida kelajakni ilmiy jihatdan oldindan koʻra bilish, fikr
yuritish mumkin boʻladi.
Nazariy darajada bilishning asosiy strukturasi
ilmiy muammo, gipoteza
va
nazariya
dan iborat boʻladi.
Ilmiy muammo
– bu eski mavjud nazariya yordamida tushuntirib
boʻlmaydigan yangi omillar sodir boʻlganda kelib chiqadigan savol. Yangi
muammoni yechish uchun urinish gipotezani kelib chiqishiga olib keladi. Gipoteza
– bu taxminiy bir qator faktlar asosida shakllangan boʻlib, uning haqiqiyligi absolyut
aniqlikda isbotlanmagan, lekin bir muncha ehtimoliy ilmiy muammodir.
Ilmiy gipoteza
albatta prinsipial tekshiruv shartlarini qanoatlantirishi zarur.
Gipoteza – tahlil qilinadi, mantiqiy munozara qilinadi, eksperimental tekshiruvdan
oʻtkaziladi. Agar tekshiruvlar natijasida gipotezani tasdiqlovchi takroriy isbotlar
olingan boʻlsa, u holda qonun statusiga oʻtadi.
Qonun bazasida ilmiy nazariya, ya’ni ilmiy bilim shakllanadi, bu esa real
dunyoning muayyan sohasidagi qonuniyatlarning va ichki uzviy bogʻliklarini bir
butun aks ettiradi. Istalgan nazariyaning asosiy elementi bu qonun, shuning uchun
uni qonunlar tizimi deb qarash kerak-ki, u tekshirilayotgan real obyektning
mohiyatini yoritib beradi. Ilmiy nazariyalarga misol qilib Nyuton yaratgan klassik
mexanika, elektromagnit maydon toʻgʻrisidagi Maksvell nazariyasi, Eynshteynning
nisbatlar nazariyasi, D.J. Teylorning xatoliklar nazariyasi, Shuxart Deminning sifat
tizimining statistik usullari toʻgʻrisidagi nazariyasi va yana bir qator nazariyalarni
keltirish mumkin.
Empirik va nazariy darajadagi bilishlar oʻzaro bir – biri bilan bogʻliq. Istalgan
nazariyani yaratilishiga amaliy tajriba va uni tajribada toʻgʻri tekshirilgani
boshlangʻich turtki boʻladi. Empirik (tekshiruv) tadqiqot yangi malumotlarni
namoyon qiladi va nazariy bilishga asosiy stimul boʻlib, oʻz navbatida empirik bilish
vositalari va metodlarini takomillashtirishga moʻljallaydi va yoʻnaltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |