Boshqa materiallar - yukoridagi satrlarda ko‘rsatib utilmagan boshqa materiallarkiradi. Ularga chiqitlar, to‘zatilmaydigan braklar, metallom va boshqalar misol bo‘ladi.
Mol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
xizmat muddati bir yildan oshmagan;
xizmat muddatidan kat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (harid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamrok chegarasini belgilashga haqli.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun muljallangan, maksadli asbob va moslamalar);
maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
kurpa-tushaklar;
yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga kuyiladigan asboblar va xokazolaroshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
barpo etish harajatlari kurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va kurilmalar;
foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar;
ovlash kurollari (turlar, matraplar, trallar va xokazo).
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi urniga bog‘liq holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun hisobvaraqlarni mustak ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining kiyma tulaligicha ishlab chiqarish yoki davr harajatlariga kiritiladi.
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-sonli BHMSga asoslangan bo‘lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda ya’ni tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida Hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bulib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati.
«Tovar-moddiy zaxdralar» nomli 4-son BHMSga asosan tovar moddiy zaxiralarning tan narxi barcha sotib olish harajatlarini va tovar-moddiy zaxiralarni manzilga etkazib berish xdmda tegishli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport-tayyorlov harajatlarini o‘z ichiga oladi.
Materiallarni sotib olish harajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari vayigimlarni, mahsulotni sertifikatsiya qilish harajatlarini, ta’minot, vositachitashkilotlarga tulangan komission to‘lovlarni, soliqdarni (keyinchalik Hisob-kitobtarzida), shuningdek transport-tayyorlov harajatlari, xizmat va zaxiralarni sotib olishbilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa harajatlarni o‘z ichiga oladi. Savdo diskontlari, siylovlari va shunga uxshash boshqa chegirmalar materiallarni sotib olish harajatlarinibelgilashda amalga oshiriladi. Boshqa harajatlar, agar ular materiallarni manziligaekazish paytida paydo bo‘lgan takdirdagina tovar-moddiy zaxiralarning tannarxigakiritiladi. Masalan, ishlab chiqdrish bilan bog‘liq bulmagan qo‘shimcha harajatlar yoki-muayan mijozlar uchun mahsulot ishlab chiqarish sarflarini materiallar klimata bo‘yichaharajatlarga kiritish imkoniyati vujudga kelishi mumkin.
Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqikiy tannarxini Hisoblashish ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar joriy Hisobda - o‘rtacha sotib olinish bahosi, reja tannarxi bo‘yicha va boshqa baxrlarda baholanadi. Materiallarning haqikiy tannarxi bilan o‘rtacha sotib olinish bahosi yoki reja tannarxi o‘rtasidagi fark ularning guruo‘lari bo‘yicha alohida Hisobvaraqlarda hisobga olinadi. Amaliyotda kompyuterlarning keng kullanilishi material zahiralari har bir turining haqikiy tannarxini xo‘isoblash imkoniyatini yaratadi.
Ishlab chiqarish harajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqikiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning tsuyidagi usullarini qullash bilan amalga rmshrish mumkin:
O‘rtacha tannarx bo‘yicha yoki AVECO usuli;
O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum-birinchi harajat, FIFO usuli;
O‘rtacha chamalangan baxrlar bo‘yicha, oxirgi tushum-oxirgi harajat,LIFO usuli.
AVECO usuli materiallarning o‘rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo‘yicha har bir birlikning klymati davr boshlarida uxshash birliklarning o‘rtacha ulchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan uxshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O‘rtacha qiymat davriy asosda yoki xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan vaziyatga ko‘ra, har bir qo‘shimcha etkazib berish davomida xdeoblanishi mumkin.
FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi bo‘yicha baholanadi, sungra ikkinchi partiya bahosi bo‘yicha va ho.kazo. FIFO usulida xomashyo materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo‘yicha baholanadi. Bu shundan dalolat fyadiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda xaqikatda ushbu materiallar yukori yoki past narxda sotib olinganligidan katiy nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy baho‘osini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFOusulidan qullanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi.
LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi partiya tannarxi bo‘yichabo‘ladi, sungra avvalgi partiya va xokazo. Zaxirada kolgan materiallar qiymati hisobotlarining oxirida birinchi sotib olingan material tannarxi bo‘yicha hisoblanadi. LIFOusulidan foydalanish inflyatsiya davrida eng past foydani, deflyatsiya, ya’ni narxlarningpasayishi vaqtida eng yukori foydani keltiradi.
Bir kancha mamlakatlarning soliq qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekistonRespublikasida bu usulni qo‘llash ta’qiqlanadi. Chunki bu usulda korxona foydasidan to‘lanadigan soliqni hisoblashish bazasi kamayib ketadi.
Misol «Bobur»
|
kompaniyasida yil davomida quyidagi materiallar sotib olindi:
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |