10- amaliy mashg`ulot MAVZU: Hamza Hakimzoda Niyoziy – ma`rifatparvar bolalar shoiri va pedagogik risolalar muallifi, S.Ayniy bolalarning zullisonayn adibi. Savollar bilan ishlang: Yig‘la, Turkiston” she’ridagi “ruhsiz tanlar” iborasi kimlarga nisbatan qo‘llangan?
Hamza qaysi she’rida boshqa xalqlarning taraqqiy etganiga havas qiladi va o‘z illatining ko‘zi ochilmasligidan iztirobga tushadi?
Hamzaning “Dardiga darmon istamas” she’rida qanday dard haqida so‘z yuritmoqda?
“O‘zbek xotin- qizlariga” she’ri qaysi janrda yozilgan?
“Yig‘la, Turkiston” she’rida qanday fikr ifodalangan?
Hamza qaysi jurnallarda maharrir bo‘lib ishladi?
Hamzaning “Mukamal asarlar to‘plami” necha jilddan iborat?
Hamza tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uning necha jildlik asarlari chop etidi?
Ayol ozodligi masalalarini yuqori badiiy pardada kuylay olgan ijodkor qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy she’riy” majmuasi necha turkumdan iborat?
Hamzaning “Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari” dramasida kim Mahmudxonga muhabbatlik birozgina zamondan xabardor kishi sifatida ta’riflangan?
Hamzaning “Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari” asarida uchraydigan Hamshiralarimiz so‘zining ma’nosini aniqlang.
“Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari” asarida Mahmudxon Maryamxonimga uylanmoqchi ekanligini otasiga kim orqali yetkazadi?
“Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari” dramasida Mirzo Hamdamboy sahnada umuman qatnashmasdan uning voqealarga munosabatini kim orqali bilib olamiz?
Mirzo Hamdamboy Maryamxonimni eshonga nazr qilinganini kimdan eshitadi?
Mirzo Hamdamboy o‘g‘liga Maryamxonimni olib bermaslik uchun nimani vaj qilib ko‘rsatadi?
Maryamxonimning Mahmudxonga yo‘llagan birinchi maktubi qanday so‘zlar bilan boshlanadi?
“Tajimon” gazetasi kim tomonidan chop etilgan?
“Tarjimon” gazetasi qayerda nashr etilgan?
Uning otasi 16 yoshida Buxoraga borib, “xalq do‘xturi” bo‘lib qaytgan, o‘zbek va fors tillarini bilgan, shu tillardagi diniy va dunyoviy adabiyotdan xabardor kishi edi. Ushbu ta’rif qaysi shoirning otasiga tegishli?
Hamzaning qaysi komediyasi o‘zbek dramaturgiyasining eng yuksak namunalaridan biri sifatida uzoq vaqt, nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy teatrlarning ham e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Yuqoridagi fikr qaysi asar haqida bormoqda?
… Abdulla To‘qmulin bilan uchrashganini shunday izohlaydi: “Ul … yuz sahifadan ortiqroq eski usuldagi she’riy yozishmalarimni ko‘rib, tarbiyalashga kirishdi”.
Ushbu fikr kim haqida?
“Ul … yuz sahifadan ortiqroq eski usuldagi she’riy yozishmalarimni ko‘rib, tarbiyalashga kirishdi”- deb yozgan edi. Hamza o‘zining tajimayi holida “she’riy yozishmalari”ni kimga ko‘rsatgani ta’kidlanadi?
Hamza “eski podsholar turmushidan bir havosiz operalik ro‘mon” bugungi til bilan aytsak, libretto yozgan. Ushbu asarning nomini aniqlang.
1910- yilda qaysi adib Toshkentning Qashqar mahallasida birinchi marta jadid maktabini ochadi?
“G‘ayrat” kutubxonasi qaysi shoir tomonidan tashkil etilgan?
“Yengil adabiyot”, “O‘qish kitobi”, “Qiroat kitobi” asarlari muallifini aniqlang.
Hamza qachon “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga sazovor bo‘ldi?
“Shundoq qolurmu”, “Istibdod qurbonlari”, “Loshmon fojiasi” asarlari muallifini aniqlang.
Hamzaning 1905- 1914- yillarga oid qo‘lyozma devonida qanday janrlardagi she’rlari jamlangan?