Na..., na yordamchisi inkor bog‘lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida ham inkorning kuchli va qat’iy ifodalanishiga xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi.
Inkor ma’nosi ba’zan so‘zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda ham ohang (intonatsiya) yordamida ifodalanishi mumkin. Masalan: Bir kuni egarga o‘ngarib, opqochaman-ketaman, — dedi o‘tni tizzasiga bosib. — Topib bo‘ptilar keyin! (Murod Mansur)
ASIL, sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon. Qimmati, fazilati va boshqa xususiyati jihatidan eng yuqori darajali, eng yaxshi.
Asil, sara, xil shaxs yoki narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llana oladi. Lekin juda oz uchraydi.
Sarxil faqat narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi. Sara, sarxil donalab sanaladigan narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llanadi. Sarxil, asosan, saralab (xillab) ajratilishi mumkin bo‘lgan narsalarga nisbatan qo‘llanadi va unda saralash (xillash) ottenkasi sezilib turadi.
Mumtoz kitobiy uslubga xos, shaxsga nisbatan qo‘llanadi.
Poshshaxon oddiy so‘zlashuv uslubga xos.
Zupta kam qo‘llanadi.
SINTAKSIS
Sintaktik vositalar turli nutqiy uslublarda turlicha uslubiy ma’nolaming ifodalanishiga xizmat qiladi. Sintaktik vositalarning aksariyati muayyan nutqiy uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan.
Ma’lumki, o‘zbek tilida gapda so‘zlarning odatdagi tartibi mavjud. Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim esa keyin joylashadi, aniqlovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi, demak, kesim odatda gapning oxirida keladi.
Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan so‘z tartibi inversiya deb ham yuritiladi.
Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‘zlarning odatdagi tartibi, asosan, qat’iy saqlanadi. Lekin so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda bu tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanishi mumkin. Masalan: Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog‘iga. (A. Oripov) Bir daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini. (Mirtemir)
Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi mantiq urg‘usining o‘zgarishi bilan ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni ta’kidlashga xizmat qiladi, bunday urg‘uli bo‘lak kesimning oldiga olib o‘tiladi. Masalan: Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun bordi (nodir kitobni o‘qish uchun, boshqa ish uchun emas); Kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi (do‘stim bordi, boshqa kishi emas); Do‘stim nodir kitobni o‘qish uchun kecha kutubxonaga bordi (kutubxonaga, boshqa joyga emas); Do ‘stim kutubxonaga nodir kitobni o ‘qish uchun kecha bordi (kecha, bugun emas) kabi
BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |