Tayyor kengroq tushunchaga ega.
Muhayyo ko‘proq yozuv uslubiga xos.
Shay «tayyor» ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. U biror narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi.
Taxt so‘zi bu ma’noda ko‘proq jonli so‘zlashuvda qo‘llanadi va ma’noni tayyor so‘ziga nisbatan biroz kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi.
Hozir bu ma’noda juda kam qo‘llanadi.
Yanglig‘, kabi, singari ko’makchilari badiiy uslubga xos bular orasida yanglig’ ma’noviy jihatdan kuchli
Ko‘plik qo'shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’nosidan tashqari turli qo‘shimcha ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko‘rsatilgan holatlarda bu qo‘shimchaning qo‘llanishi uslubiy xato sanaladi. Masalan, o‘nta kitoblar tarzidagi birikmada odatdagi ko‘plikni ifodalovchilar qo‘shimchasi noto‘g‘ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to‘g‘risi o‘nta kitob bo‘lishi kerak.
Ko‘plik qo‘shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslublarda hurmat, kinoya-piching, kuchaytirish-ta’kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.
Masalan: Dadam keldilar (hurmat);
Yigitcha «botir» bo‘lib keldilar (kinoya);
Bolalar quvonchlarga to‘ldi (kuchaytirish);
Alpomishlar maydonga tushdi (umumlashtirish) kabi.
KANIZ 1 Tutqun ayol; cho‘ri. 2 Xon, amir va boshqa hukmdorlar saroyidagi xizmatchi ayol.
MUFTI(Y) Musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy; shariat qonunlarini talqin qiluvchi; fatvo beruvchi lavozimli ulamo.
RABOT 1 Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2 Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. 3 Shahardan chetroq- dagi turarjoy.
SUYURG‘OL Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om qilingan yer- suv, mol-mulk.
QIBLAGOH 1 Qibla tomon, qibla. 2 O‘ta hurmatga loyiq kishi (masalan, ota) va unga murojaat shakli.
QURULTOY 1 Mo‘g‘ul va turkiy xalqlarda qadimdan mavjud bo‘lgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi. 2 O‘zbekistonda hozir: biror soha vakillari ishtirokidagi respublika miqyosida o‘tkaziladigan katta yig‘ilish.
Kelishik qo‘shimchalari belgili-belgisiz qo‘llanishi, bir-biri bilan almashinish imkoniyati, ayrim ko'makchilar bilan ma’nodoshligi, ayrimlarining qisqargan shaklda qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlariga ko‘ra turli uslubiy ma’no nozikliklarining yuzaga chiqishiga imkoniyat beradi.
Masalan, tushum kelishigi belgili qo‘llanganda, obyektni ta’kidlash ma’nosi ifodalanadi, belgisiz bo‘lganda esa bu ta’kid yo‘qoladi. Qiyoslang: kitobni o ‘qidi — kitob o ‘qidi. Yoki birikmada tushum kelishigi qo‘llanganda, obyektning barchasi nazarda tutilganligi, ayni o‘rinda chiqish kelishigi qo‘llanganda esa obyektning bir qismiga e’tibor qaratilganligi anglashiladi. Qiyoslang: choyni ichdi — choydan ichdi.
Jo‘nalish kelishigining, masalan, uchun ko‘makchisi bilan ma’nodoshligi asosida almashtirilishi ham ifodada uslubiy farqni yuzaga keltiradi. Qiyoslang: do‘stimga oldim — do ‘stim uchun oldim.
Qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchalari badiiy uslubda, xususan, she’riyatda -n shaklida qisqargan holda qo‘llanishi va matnga ekspressivlik, poetik ohang baxsh etishi mumkin. Masalan: Qarshimda yer sharin surati turar, Salmog‘i Quvaning anoricha bor. (A. Oripov) Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash ’ali. (A. Oripov)
Tushum kelishigi og’zaki nutqda –di, ti shaklida qo’llanadi.
KOSHIN 1 Chinniga o‘xshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli g‘isht plas- tinkasi. 2 Bir-biriga zich qilib yopishtirilgan rang-barang shisha, marmar, tosh, yog‘och va shu kabilardan yasalgan surat yoki naqsh.
KULLIYOT Bir adabiy turga mansub asarlarning majmuyi, she’riy to‘plam.
KUNGURA Qal’a devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga o‘xshatib ishlangan me’moriy bezak; dandana.
MADRASA Diniy oliy o‘quv yurti.
MAQBARA Qabr ustiga qurilgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut; dahma, sag‘ana.
Tilimizda -cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy kabi bir qancha qo'shimchalar mavjud bo'lib, ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi.
Ular kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari nomi bilan ham ataladi.
Bu qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib, shu so‘zlar ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv munosabatini bildiradi, ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqni yuzaga keltiradi.
Bunday qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol, kam qo‘llanadi.
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan avaylamoq so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tarnishing.
AVAYLAMOQ, ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, e’zoz etmoq, papalamoq (po‘palamoq). Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyot bilan munosabatda bo‘lmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |