Hamroyev umid mustafoyevich



Download 248,37 Kb.
bet18/24
Sana11.06.2022
Hajmi248,37 Kb.
#654444
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Hamroyev umid mustafoyevich-fayllar.org

Mamlakat ko‘proq adabiy nutqqa xos bo‘lib, unda «yashash joyi» bo‘yog‘i juda kuchsiz, hatto yo‘q darajada bo‘ladi. Bu so‘z, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun umumiy (birlashtiruvchi) hududni bildiradi.


  • Yurt ko‘proq oddiy nutqqa xos va u ma’lum joy (hudud) bilan shu joyga mansub xalqni ham qo‘shib ifodalay oladi.


  • El nisbatan eskirgan, hozir ko‘proq poetik asarlarda uchraydi.


  • Diyor poetik uslubga xos. Bu so‘z, umuman, ma’lum bir joy ma’nosida (ma’lum bir xalqqa mansublik tushunchasisiz) ham qo‘llanadi.
  • Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari rasmiy — ish yuritish tilini ham bilishi kerak.


  • Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech bo‘lmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to‘g‘ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida»gi qonunimizning o‘zak moddalari (8—14-moddalar)da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.


  • Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. («Ish yuritish» kitobi)


  • Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud.


  • Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi...


  • Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikma- laridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda, 8—10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga, qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin: ...lavozimga tayinlansin; ...lavozimidan ozod qilinsin... («Ish yuritish kitobi»)


  • Ish yuritish jarayonida eng ko‘p ishlatiladigan ariza, ba- yonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tav- sifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi ish qog‘ozlari ma’lumot-axborot hujjatlari sifatida umumlashtiriladi.




  • Namuna: Arizaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
    1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.


    2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi.


    3. Hujjatning nomi (Ariza).


    4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat kabi).


    5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar (agar zarur bo‘lsa).


    6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.


    7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun, oy).


    MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST SAVOLLARI.


    10-SINF ONA TILI - LEKSIKOLOGIYADAN TESTLAR
    1. Kechirim uzr, afv. (A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan)
    Berilgan sinonimlardan qaysi(lar)i Kechirim, uzr so‘zlari «biror gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma’nosida ham, shuningdek, umuman, «kechirish» ma’nosida ham qo‘llanadi?
    A) kechirim B) uzr, afv C) afv D) kechirim, uzr
    2. 1. Masjidning namoz o‘qiladigan, odatda keng va katta xonasi.
    2. So‘fiylar mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan katta xona va uning atrofidagi hujralar.
    3. Madrasalarda mashg`ulotlar olib boriladigan o`quv xonalari.
    Berilgan ta’riflardan qaysi(lar)i xonaqoh so`zining ta’riflari hisoblanadi?
    A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 3 D) 1, 2
    3. Berilgan so'zlardan qaysilariga ayrim shakl yasovchi qo'shimcha qo'shilganda ham, ayrim so'z yasovchi qo'shimcha qo'shilganda ham tovush tushish hodisasi kuzatildi?
    1) og'iz; 2) o'rin; 3) yig'i 4) o'yin; 5) ikki; 6) past; 7) ayir
    A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 7 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 7
    4. Ovoz, tovush, un, sado, sas, nido, sazo.
    Ovoz so`zining qaysi sinonimi kitobiy uslubga xos?
    A) sas B) nido C) sado D) sazo
    5. Quyida berilgan nechta so`zda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmagan?
    binokor, yoqimli, ruchka, gazeta, temirchi, respublika
    A) 3 B) 4 C) 6 D) 5
    6. «Odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi.
    Ushbu ta’rif ovqat so`zining qaysi sinonimi haqida?
    A) ovqat B) taom C) oziq D) yemish
    7. Qaysi gapda to`ldiruvchi vazifasini bajargan so`z imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan?
    A) Chin do`st hasadgo`ylikka yaqinlashmaydi.
    B) Alisher Navoiy asarlarida tavoze haqida qimmatli fikrlar bildirilgan.
    C) Shahrimiz qiyofasi mustaqillik yillarida kundan kunga go`zallashib bormoqda.
    D) Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o`zaro insoniy muloqatni salomdan boshlashadi.
    8. Ovqat so`zining qaysi sinonimlari juda kam qo‘llanadi?
    A) xo`rak, yemish B) oziq, yemish C) taom, xo`rak D) oziq, xo`rak, yemish
    9. Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan qanday nomlanadi?
    A) menejer B) marketing C) menejment D) investitsiya
    10. Noto`g`ri fikrni toping.
    A) Ma’nodosh so‘zlarning uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi.
    B) Ma’nodosh so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi.
    C) Shakldosh so‘zlar va unga yondosh paronimlarning ma’nolarini yetarli darajada farqlash, har bir so‘zning o‘z ma’nosiga muvofiq qo‘llay bilish barcha uslublar uchun zarur.
    D) Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan shakldosh so‘zlar tashkil etadi.
    Berilgan paronim juftiga ega omonim so'zlarni aniqlang.
    1) shoh; 2) asr; 3) soch; 4) rux; 5) sanat; 6) tus
    A) 3, 4, 5, 6 B) 2, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 4, 5
    2. Ko'zgumga berardim kechqurun sayqal,
    Boqdim unga tiniq bo'lgan bir mahal.
    Shuncha ko'p ko'rindi o'z aybimki,
    Men o'zgalar aybini unutdim tugal.
    Ruboiyda so'zlar imlosida qanday fonetik o'zgarishlar kuzatilgan?
    A) 1 o'rinda tovush tushishi, 1 o'rinda tovush ortishi
    B) 2 o'rinda tovush ortishi
    C) 1 o'rinda tovush tushishi, 2 o'rinda tovush ortishi
    D) 1 o'rinda tovush tushishi, 1 o'rinda tovush almashishi, 2 o'rinda tovush ortishi
    3. Qaysi so'zlar ham ko'p ma'noli ham shakldosh so'z hisoblanadi?
    A) chaqmoq, rasta,bardam B) dunyo, asl, ilik
    C) shox, tovon, es D) yoq, to'da, asil
    4. Qizlarning ichida shu egma qosh yoqadi.
    Ajratib ko'rsatilgan EGMA QOSH so'zida qaysi usulda ma'no ko'chishi kuzatiladi?
    A) sinekdoxa B) metonimiya C) metafora D) vazifadoshlik
    5. Yetakchi morfemasi shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan orttirma nisbatdagi yasama fe'llar qatorini belgilang.
    A) kechiktirmoq, gullamoq
    B) terlatmoq, to'qillatmoq
    C) chiqillatmoq, tutqazmoq
    D) to'ydirmoq, eslatmoq
    6. Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli sirg'aluvchi til undoshlari va unlidan tarkib topgan so'zni aniqlang.
    A) insonparvar B) suhbat C) qing'ir D) shamshir

    7. Berilgan so'zlardan nechtasi tarkibidagi barcha undoshlar hosil bo'lish o'rni va usuliga ko'ra bir umumiy guruhga mansub undoshlar sanaladi?


    1) mangu; 2) jurnal; 3) sahifa; 4) guliston; 5) zarba; 6) vafo; 7) ulug'
    A) 2tasi B) 3tasi C) 4tasi D) 5tasi
    8. Quyidagi gapda ma‟no ko‟chishining qaysi tur(lar)i qatnashgan?
    Aytmaganning dasturxoniga borib qadrimni tushirmoqchi emasman.
    A) faqat metafora
    B) metonimiya, metafora
    C) sinekdoxa, metafora
    D) vazifadoshlik, metonimiya
    1. Ramazon aytib keldik eshigingizga,
    Xudoyim o`g`il bersin beshigingizga.
    Ushbu she’riy parchada ma’no ko`chishining qaysi turlari sodir bo`lgan?
    A) 1 ta metonimiya, 1 ta sinekdoxa B) 1 ta metonimiya, 1 ta sinekdoxa, 1 ta metafora
    C) 1 ta metonimiya, 2 ta sinekdoxa D) 2 ta metonimiya, 1 ta sinekdoxa
    2. Qipchoq lahjasiga oid so'zlarni toping.
    A) yozutti, boravuza B) kechog'i, onglar C) inak, shoti D) duz, go'rmak
    3. Quyidagi qaysi gaplarda sodda tub otning asosi fe’l bilan shakldosh bo`la oladi?
    1. Zarar qilg`ay danakni tishda chaqmoq.
    2. Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot.
    3. Usta o`tkir asbob bilan simni qirqdi.
    4. Eng gullagan yoshlik chog‘imda, Sen ochilding ko`ngil bog`imda. Shunda ko`zim ko`rdi bahorni, Shunda ko`nglim tanidi yorni.
    A) 2, 4 В) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 3, 4

    4. Ev, adaq, ochun so‘zlarining ma’nolari qaysi javobda to‘g`ri berilgan?


    A) ko'rish, nur, yog'du B) uy, oyoq, dunyo
    C) ko'r, ezgu, foyda D) vatan, olam, uy
    5. Metaforaga berilgan misolni toping.
    A) O'z jigariga ham shavqat qilmaydilar.
    B) “Rossiya”ga qanday borsam bo‘ladi?
    C) Asal bolalarim yugurib keldi.
    D) Mabodo “Besh bolali yigitcha” kelmadimi?
    6. O'zbek shevalariga mansub “gavora” so'zi adabiy tilda qanday ma’noga ega?
    A) sigir В) oy C) tom D) beshik

    7. Qaysi gap(lar)dagi xatolik paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq


    xatolik emas?
    1) Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranch ila,
    Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
    2) Ikki dugona mayizni bir qismdan bolalarga ulashib chiqdi.
    3) U avvaliga biroz hayajonlandi-yu, ammo keyin rovon
    gapira boshladi.
    4) Anvar xalloslab yugurib ketdi.
    A) faqat 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 4 D) 2, 3, 4
    8. Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo‘lgan so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma so‘zlar ko‘rsatilgan javobni toping.
    1) toshqovoq; 2) belbog‘; 3) yor-do‘st; 4) tokqaychi; 5) qo‘shog‘iz; 6) bodomqovoq.
    A) 4, 6 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5
    9. Uch o‘rinda shakldosh bo‘la oladigan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
    1) bog‘; 2) til; 3) chog‘; 4) qil; 5) to‘p; 6) ort.
    A) 2, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6
    10. Bir so‘z turkumi doirasida ham, turli so‘z turkumi doirasida ham omonimlik xususiyatiga ega bo‘la oladigan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
    1) ort; 2) o‘ch; 3) til; 4) suzma; 5) un.
    A) 4, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5
    11. Qaysi javobda iboraga xos xususiyat noto`g`ri sanalgan?
    A) iboralarning ma’nosi odatda bir so`zga teng bo`ladi
    B) iboralar nutqqa tayyor holda olib kiriladi
    C) ibora tarkibidagi mustaqil so`zlar alohida-alohida gap bo`lagi bo`lib keladi
    D) iboralar har doim ko`chma ma’noda qo`llanadi
    12. Qaysi javobda keltirilgan so`zlar o`zbek tilining neytral leksikasini tashkil etadi?
    A) umumxalq tilida keng qo`llaniladigan so`zlar
    B) ma’lum bir uslubga xos so`zlar
    C) kitobiy uslubni yaratuvchi so`zlar
    D) ma’lum hududda qo`llanadigan so`zlar
    Barglarda raqs etar shabboda,
    O‘ynar sabo shaklinda kecha.
    Tun bulutga ko‘tarib boda,
    Afsonalar aytar tonggacha. (Rauf Parfi)
    Ushbu she’riy parchada shakl va ma’no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar ishtirok etgan?
    A) sinonimlar B) antonimlar C) sinonim va antonimlar D) antonim va omonimlar
    2. Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga
    Tunda qo‘ngan shabnam aridi.
    Qon yugurdi ol yonog‘iga,
    Bargi g‘ubor – changdan aridi. (Saida Zunnunova)
    Ushbu she’riy parchada asosi omonimlik xususiyatiga ega bo`lgan nechta so`z bor?
    A) 5 B) 4 C) 6 D) 3

    3. Quyidagi qaysi so`zlarda nuqtalar o`rniga bo`g`iz undoshi qo`yiladi?


    1) ja…d; 2) da…lsiz; 3) a…loq; 4) mu…okama; 5) …shyorlik; 6) a…oli.
    A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3
    4. Qaysi gapdagi har bir so`zning asosi omonimlik xususiyatiga ega?
    A) Yosh bo‘lib, yoshligimni bilmadim.
    B) Bolalarga tut qoqib bering.
    C) Bo‘ldi, o‘zingni tut.
    D) Bunday gap berilmagan.

    5. Qo‘qon xonligida oliq-soliqlardan to‘plangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori qanday nomlangan?


    A) qutidor B) yasovul C) bakovul D) tanobchi

    6. …insonlar ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday shirin ekanki, uning pokligiga kim ishonadi.


    Ushbu gapda ishtirok etgan fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`zlarning tovush tarkibi haqidagi tog`ri hukmni toping.
    A) lab undoshlari ishtirok etmagan
    B) jarangli undoshlar yetakchi va ko`makchi morfema tarkibida uchraydi
    C) egalik qoshimchalari qo`shilish natijasida ikki o`rinda tovush almashishi yuz bergan
    D) yetakchi morfemada til o`rta tovushi uchraydi

    7. Arava bo`lsa almisoqdan qolgan: yana sinibdi.


    Ushbu gapda qo`llangan ibora bilan sinonim bo`la oladigan so`zni toping.
    A) nozik B) kichkina C) zanglagan D) eski
    8. Qaysi javobda keltirilgan barcha so`zlar to`g`ri yozilgan?
    A) xassos, xalqa, xijil B) hassos, halqa, hijil
    C) hassos, halqa, xijil D) hassos, xalqa, xijil
    9. Qaysi javobda diversifikatsiya so`zining ma’nosi to`g`ri izohlangan?
    A) Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish
    B) Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi
    C) Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish
    D) Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masaladagi xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi
    10. Qaysi javobdagi barcha fe’llarning asosi omonimlik xususiyatiga ega?
    A) Behudaga dori ichishni qo`ysangiz, dardingiz arib, sog`ayarmidingiz?
    B) Bog`bon uni so`ligan deb gumon qildi-yu, yulib tashladi.
    C) Jayron tog`dan tog`ga o`tib, qayerga borishini bilmasdi.
    D) Karimbek mashinani yo`lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
    I variant 10-sinf

    1. Mantiqlilik, aniqlik, maktab darsliklarini ifoda qiluvchi uslub qanday uslub hisoblanadi?


    A. Ilmiy uslub B. Badiiy uslub C. So’zlashuv uslubi D. Rasmiy – idoraviy uslub


    1. So’z san’atkorlari-yozuvchilar,shoirlar,olimlar tomonidan ishlangan,qat’iy me’yorlarga ega bo’lgan nutq ko’rinishi qanday nomlanadi? A.Og’zaki nutq B. Yozma nutq C.Adabiy nutq D.So’zlashuv uslubi


    2. Rasmiy uslubga xos birliklar berilgan qatorni belgilang


    A) “Mazza qildim, shirin kuydan zavqlandim…”


    B) “Arizamni yozishdan maqsadim shuki…”
    C) Bulutlarning og’ir , qoramtir namati…
    D) Kesim gapning markazidir

    1. Muayyan nutqiy qolip , qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutqiy uslub qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?


    A. Ilmiy uslub B. Badiiy uslub C. So’zlashuv uslubi D. Rasmiy – idoraviy uslub


    1. Nutq uslublari nechaga bo’linadi va ular qaysilar


    1. 3 ga so’zlashuv , ilmiy , badiiy


    2. 4 ga – so’zlashuv , ilmiy , badiiy , publisistik


    3. 2 ga so’zlashuv , ilmiy


    4. 5ga so’zlashuv , ilmiy , badiiy , publisistik, rasmiy


    1. Nutq uslublari necha turga bo’linadi?


    A. 3 turga B. 4 turga C. 5 turga D. 6 turga


    1. Davrning ijtimoiy – siyosiy masalalarini aks ettirishga xoslangan ommaviy axborot vositalariga adabiy nutqning qaysi uslubi hisoblanadi?


    A. So’zlashuv uslubi B. Publitsistik uslub C. Badiiy uslub D. Rasmiy – idoraviy uslub


    1. Atamalarga tayanib , fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub qanday uslub


    A) ilmiy uslub


    B) badiiy uslub
    C) rasmiy uslub
    D)publitsistik uslub

    1. Arizalar, dalolatnoma, taklifnoma, qaror singari ish yuritish qog’ozlari qaysi nutq uslubiga mansub.


    A) ilmiy


    B) badiiy
    C) so’zlashuv
    D) rasmiy

    1. Ko’chirma gap o’zlashtirib berilgan gap qanday sanaladi.


    A) ko’chirma gap


    B) muallif gapi
    C) o’zlashtirma gap
    D) a va b

    1. Qaysi javobda mustaqil so’z turkumlari to’g’ri va to’liq keltirilgan? A.Fe’l,ravish,bog’lovchi,undalma,sifat. B.Ot,sifat,son,yuklama,undov va taqlid so’zlar. C.Son,olmosh,ko’makchi,fe’l,ravish. D.Ot,sifat,son,olmosh,ravish,fe’l.


    2. Nutq uslublarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasi…


    A) leksikologiya


    B) grammatika
    C) uslubshunoslik
    D) frazeologiya

    1. Qaysi uslubda so’zlar ko’pincha kinoya ,piching, qochirmalarga boy bo’ladi


    A)so’zlashuv


    B) publistik
    C) rasmiy uslub
    D) ilmiy uslub

    1. Ilmiy uslubda yozilgan so’zlarni aniqlang


    A) professor kelyapti


    B) atomlar kimyoviy bo’limaydigan zarralardir
    C) bahor . qanday go’zalsan
    D) hammasi to’g’ri

    1. Berilgan gapda qanday uslubni ko’rishimiz mumkin .


    Diqqat. Diqqat. Yurtimizda soat 12.00.


    1. ilmiy uslub


    2. badiiy uslub


    3. Publitsistik uslub


    4. So’zlashuv uslub




    1. Tollarning ko’m-ko’k soch popuklari qizlarning mayday o’rilgan kokillariday silkillab tushmoqqa boshladi.Muz tagida loyqalqnib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi. Berilgan gapda qaysi uslub ishtirok etgan.


    A)so’zlashuv


    B)ilmiy
    C) publitsistik
    D) badiiy

    1. Rasmiy uslubga xos so’zlarni aniqlang


    A) tushuntirish xati, ariza , tilxat


    B) estetik va obrozlilik
    C) yozma va og’zaki
    D) hammasi to’g’ri

    1. Insho qanday ma’noni bildiradi.


    A) arabcha yozish


    B) o’zbekcha yuzaga keltirish
    C) tojikcha yaratish
    D) arabcha yuzaga keltirish
    10 SINF II variant
    1. Atamalarga tayanib , fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub qanday uslub


    A) ilmiy uslub


    B) badiiy uslub
    C) rasmiy uslub
    D)publitsistik uslub

    1. Arizalar, dalolatnoma, taklifnoma, qaror singari ish yuritish qog’ozlari qaysi nutq uslubiga mansub.


    A) ilmiy


    B) badiiy
    C) so’zlashuv
    D) rasmiy

    1. Ko’chirma gap o’zlashtirib berilgan gap qanday sanaladi.


    A) ko’chirma gap


    B) muallif gapi
    C) o’zlashtirma gap
    D) a va b

    1. Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi gapi qo’shma gaplarning qaysi turiga kiradi.


    A) ergashgan qo’shma gap


    B) bog’lovchisiz qo’shma gap
    C) bog’langan qo’shma gap
    D) ko’chirma gap

    1. . Dalalarda qo’y - qo’zilar marashlari eshitilardi. Tuzilishiga ko’ra qanday gap turiga mansub.


    A) qo;shma gap


    B) sodda gap
    C) yuklama
    D) a va b

    1. Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto’g’ri.


    A) turli tasviriy va ta”siriy vositalar qo’llanadi


    B) sodda, to’liqsiz va undalmali gaplardan ko’proq foydalanilgan
    C) tildagi hamma vositalardan erkin foydalanilgan
    D)sonlar raqan bilan emas, so’z bilan yoziladi

    1. Ijtimoiy- siyosiy atamalar qatlami qaysi uslubni shakllantiruvchi vosita hisoblanadi


    A) publitsistik


    B) ilmiy

    C)rasmiy


    D) badiiy

    1. So’zlashuv uslubining qaysi turlari mavjud…


    2. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gap tarkibidagi undalmaning o’rni o’zlashtirma gapda qanday b o’ladi?


    3. Rasmiy uslubga xos birliklar berilgan qatorni belgilang


    A) “Mazza qildim, shirin kuydan zavqlandim…”


    B) “Arizamni yozishdan maqsadim shuki…”
    C) Bulutlarning og’ir , qoramtir namati…
    D) Kesim gapning markazidir

    1. Muayyan nutqiy qolip , qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutqiy uslub qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?


    1. Ilmiy uslub b) rasmiy uslub c) publisistik uslub d) barchasi to’g’ri


    1. Nutq usliblari nechaga bo’linadi va ular qaysilar


    1. 3 ga so’zlashuv , ilmiy , badiiy


    2. 4 ga – so’zlashuv , ilmiy , badiiy , publisistik


    3. 2 ga so’zlashuv , ilmiy


    4. 5ga so’zlashuv , ilmiy , badiiy , publisistik, rasmiy


    1. Nutq uslublari necha turga bo’linadi?


    A. 3 turga B. 4 turga C. 5 turga D. 6 turga


    1. Davrning ijtimoiy – siyosiy masalalarini aks ettirishga xoslangan ommaviy axborot vositalariga adabiy nutqning qaysi uslubi hisoblanadi?


    A. So’zlashuv uslubi B. Publitsistik uslub C. Badiiy uslub D. Rasmiy – idoraviy uslub


    1. Mantiqlilik, aniqlik, maktab darsliklarini ifoda qiluvchi uslub qanday uslub hisoblanadi?


    A. Ilmiy uslub B. Badiiy uslub C. So’zlashuv uslubi D. Rasmiy – idoraviy uslub


    1. So’z san’atkorlari-yozuvchilar,shoirlar,olimlar tomonidan ishlangan,qat’iy me’yorlarga ega bo’lgan nutq ko’rinishi qanday nomlanadi? A.Og’zaki nutq B. Yozma nutq C.Adabiy nutq D.So’zlashuv uslubi


    2. Qaysi javobda mustaqil so’z turkumlari to’g’ri va to’liq keltirilgan? A.Fe’l,ravish,bog’lovchi,undalma,sifat. B.Ot,sifat,son,yuklama,undov va taqlid so’zlar. C.Son,olmosh,ko’makchi,fe’l,ravish. D.Ot,sifat,son,olmosh,ravish,fe’l.


    3. Nutq uslublarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasi…


    A) leksikologiya


    B) grammatika
    C) uslubshunoslik
    D) frazeologiya

    1. Qaysi uslubda so’zlar ko’pincha kinoya ,piching, qochirmalarga boy bo’ladi


    A)so’zlashuv


    B) publistik
    C) rasmiy uslub
    D) ilmiy uslub

    1. Ilmiy uslubda yozilgan so’zlarni aniqlang


    A) professor kelyapti


    B) atomlar kimyoviy bo’limaydigan zarralardir
    C) bahor . qanday go’zalsan
    D) hammasi to’g’ri


    Download 248,37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish