KASAL, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq. Organizmning normal faoliyati buzilgan, sog‘ning aksi.
Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga, hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi. Bu so‘z «organizm faoliyatining vaqtincha buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sog‘ning aksi» ma’nosida ham qo‘llanaveradi.
Betob, notob, bemor, xasta odamga nisbatangina qo‘llanadi.
Betob, notob so‘zlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» ma’nosini bildiradi. Notob kam qo‘llanadi. Bemor so‘zida ijobiy munosabat ifodalanadi. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvga nisbatan yozuvda ko‘p qo‘llanadi.
Xasta nisbatan eskirgan. Nosog‘ juda kam qo‘llanadi. Og‘riq so‘zi ham bu ma’noda kam qo‘llanadi.
Darhaqiqat, Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabilalar yashagan hududlarni birma-bir kezib, ularning tilidagi farqli xususiyatlarni aniqladi, turkiy tillarni guruhlarga tasniflash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi bu haqda shunday yozadi: «Puxta qo‘llanma bo‘lsin deb, har bir qabila- ning o‘ziga xos xususiyatlariga qiyosiy qoidalar tuzdim... Bu masalaga qiziqqan mutaxassislarga asarni qo‘llanma qildim» (Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit-turk. 1-tom. — Toshkent: Fan, 1960. 47-bet).
Gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma . shaklda yuzaga kelgan tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi bo‘lgan matn tilning eng yirik birligidir.
Har qanday matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga ko‘ra so‘zlashuv matni, ilmiy matn, rasmiy matn, badiiy matn va publitsistik matn farqlanadi. Odatda matndagi yaxlit mavzu- mazmun, asosiy g‘oya, muallifning maqsadiga muvofiq uning nomi — sarlavhasi bo‘ladi.
Muayyan bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa matnlardan olingan katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bunday parchalar ifodalanayotgan fikrni dalillash, isbotlash, boshqa fikrni ma’qullash yoki rad qilish, tahlil va tanqid qilish, unga munosabat bildirish kabi turli maqsadlar bilan matnga kiritiladi. Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha iqtibos deb yuritiladi. Iqtiboslar har qanday nutq uslublarida ham kuzatilsa-da, ayniqsa, ilmiy matnda alohida o‘ringa ega. Ilmiy matndagi iqtiboslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga aylangan.
Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab yashiriladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini harakatga keltirish nazarda tutiladi. Badiiy matnga iqtiboslarning kiritilishi badiiy tasvir usulidir. Masalan, yozuvchi Murod Muhammad Do‘stning «Lolazor» romanidan olingan quyidagi parchada asar bosh qahramoni Yaxshiboyev nutqida Alisher Navoiyning mashhur «Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot» bayti keltirilgan va uning manbasi, kimga tegishliligi aytilmagan, shu tariqa ijodkor maqsadiga — qahramon xarakterining bir qirrasini ochib berishga batamom xizmat qiladigan poetik ifoda yuzaga kelgan: Xullas, xotin, bu gulshan ichra yo ‘qdur baqo guliga sabot, ajab saodat erur, qolsa yaxshilik bila ot. Lekin o‘shal otni qachon qoldiramiz, qoldirib ulguramizmi?..
Ilmiy matnda esa iqtiboslarning qayerdan olinganligi, kimga tegishliligi, manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Aks holda, bu holat qonunan plagiat, ya’ni o‘g‘irlik hisoblanadi. Ayni paytda ilmiy odob qoidalariga ham mutlaqo ziddir.
Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi, uning birlamchi unsuri til ekanligi haqidagi haqiqatni hech kim hech bir zamonda inkor etgan emas. Kishilik tarixida adabiyot atalmish dunyoni obrazli idrok etish san’ati yaralibdiki, bu san’atning ifoda vositasi bo‘lgan so‘z, tilni tugal talqin etmoqday mashaqqatli yumush inson tasavvuri va tafakkurini muttasil band etib keladi.
Buyuk ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat: «Go‘zal san’atlarda tovar (materiyol) tovush, ohang bo‘lsa, go‘zal san’at musiqiy bo‘ladir; bo‘yovlar, chiziqlar bo‘lsa, rasm bo‘ladir; tosh yo boshqa turli ma’danlar esa haykalchilik bo‘ladir; tosh, yog‘och, kirpich, ganch, tuproq bo‘lsa, me’morliq bo‘ladir; tan, mug‘a (muqom, mimika) harakatlari esa o‘yun (tans) bo‘ladir; gap, so‘z esa adabiyot bo‘ladir» deb yozadi va adabiyotga shunday ta’rif beradi: «Adabiyot — fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqunlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham shunday to‘lqunlarni yaratmoqdir» (Fitrat A. Adabiyot qoidalari / Tanlangan asarlar. IV jild. — Toshkent: Ma’naviyat, 2006. 12—13-betlar).
Atoqli o‘zbek adabiyotshunosi O. Sharafiddinov shunday yozadi: «Rangsiz tasviriy san’at, ohangsiz musiqa bo‘lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo‘lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf qiladi. Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‘yobga chiqariladi» (O. Sharafiddinov Adabiyot tildan boshlanadi // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1986. 5-sentabr).
Professor A. Hojiyevning ta’kidlashicha, o‘z qatlam shu tilning o‘ziga xos leksik qatlamdir. O‘z qatlamni u shunday izohlaydi: «O‘z qatlamga o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kattagina qismni tashkil etadi» (Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-tom. — Toshkent: O‘qituvchi, 1980. 121-bet).
«Gap» odatda choyxo‘rlikdan boshlangan va gap beruvchi kishining imkoniyatiga qarab quyuq-suyuq taomlar tortilgan. Taomlar orasida kuy- qo‘shiqlar tinglangan, ashulalar ijro etilgan, askiyabozlik, qiziqchilik qilingan, latifa, naql, rivoyatlar hikoya qilingan. Bahodir Sarimsoqov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «gap-gashtak marosimlarida xalq qo‘shiqlari va termalari ham ijro etiladi. Ammo mazkur marosimning o‘zidagina aytiladigan maxsus qo‘shiq yoki aytimlar haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Taxminimizcha, o‘tmishda gap-gashtak qo‘shiqlari bo‘lgan, lekin keyinchalik ular unutilib ketgan» (Sarimsoqov B. O‘zbek marosim folk- lori. — Toshkent, 1986. 45-bet) (M. Jo‘rayev)
VATAN, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk. Kishi tug‘ilib o‘sgan, o‘zi uning fuqarosi bo‘lgan joy, territoriya.
Vatan so‘zida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo‘lgan joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»i bo‘yog‘i aks etib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: