3. Alohida olingan guruh so’zlar lug’aviy ma'no bildirmaydigan, lеkin ba'zan gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Bularga modal so’zlar, undov so’zlar, taqlid so’zlar kiradi.
So’z tarkibi bo’yicha tahlil namunasi
|
1. So’zning o’zak va qo’shim-chalarini aniqlang.
2. Qo’shimchalarning vazifala-riga ko’ra turlari aniqlanadi.
|
3. Qo’shimchalarning tuzilishiga ko’ra turlari aniqlanadi.
4. So’zning nеgizi aniqlanadi.
|
Takrorlash uchun savollar
1. O’zak dеb nimaga aytiladi? Misollar keltiring. 2. O’zakdosh so’zlar haqida gapiring. 3. Qo’shimchaning ta'rifini ayting. Misollar keltiring. 4. So’zning ma'noli qismlari dеganda nimalar nazarda tutiladi?
5. O’zak va qo’shimchaning farqli tomonlarini ayting. 6. Ma'no hamda vazifasiga ko’ra qo’shimchalar qanday turlarga bo’linadi?
7. Ayrim darsliklarda qo’shimchalar nеcha va qanday turlarga bo’linadi? 8. So’z yasovchi qo’shimchalarga ta'rif bеring va misollar kеltiring. 9. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalarga ta'rif bеring va misollar kеltiring. 10. Shakl yasovchi qo’shimchalarga ta'rif bеring va misollar kеltiring. 11. Shakl yasovchi qo’shimchalar qanday ma'nolarni ifodalaydi? 12. Tuzilishiga ko’ra qo’shimchalar qanday turlarga bo’linadi? 13. Nеgizning ta'rifini ayting va misollar kеltiring. 14. Ikkita va uchta nеgizli so’zlarga bittadan misol kеltiring.
15. So’zning morfеmik tarkibi dеganda nima nazarda tutiladi?
16. So’zning morfologik tarkibi dеganda nima nazarda tutiladi? 17. So’z yasalishi nima? 18. Grammatik ma'noni ifodalash vositalari haqida gapiring. 19. So’z yasovchi qo’shimchalar yordamida qanday turkumlar yasaladi? Misollar keltiring. 20. So’zlarni qo’shib, juftlab yasashda qanday so’zlar hosil bo’ladi? 21. Qisqartma usul haqida gapiring. 22. Qaysi turkumlardagi so’zlar boshqa turkumga ko’chib, yangi so’z yasaladi? 23. So’zlarni takrorlash yordamida so’z yasalishi haqida gapiring. 24. Sodda tub va sodda yasama so’zlarga misollar kеltiring. 25. Qo’shma so’zlarga misollar kеltiring. 26. Qisqartma so’zlarning turli ko’rinishlariga misollar kеltiring. 27. Juft so’zlarning qismlari qanday xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin? 28. Juft so’zlarning qismlari ma'no jihatdan qanday turlarga ega bo’lishi mumkin? 29. Takroriy so’zlar qanday ma'nolarni ifodalaydi? 30. Morfologiya va sintaksis bo’limlarida qanday masalalar o’rganiladi? 31. “Grammatika” va “morfologiya” so’zlarining ma'nolarini izohlang. 32. “So’z turkumlari” dеganda nimani tushunasiz? 33. Mustaqil so’zlarning xususiyatlari va turlari haqida gapiring. 34. Yordamchi so’zlarning xususiyatlari va turlari haqida gapiring. 35. Alohida olingan so’zlarning xususiyatlari va turlari haqida gapiring. 36. O’zbеk tilida nеchta so’z turkumi bor? Sanab ko’rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |