partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor
iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur
ta‘sir etdi;
12) 1992 yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil
noyabr oyidan erkin savdo bo‘yicha Shimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi,
1993 yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferentsiyasi va boshqa
10
jarayonlar, o‘tgan asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.
XXI asr bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tarkibiy an‘ana
kuzatildi:
birinchidan, xom-ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan
mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib
beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an‘anaviy
iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha
edi: xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan
valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
O‘tgan asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G‘arbiy Yevropa
olimlari" dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga
keladi"
5
, deb bashorat qilgan edilar.
Ushbu mulohazalarga asoslanib ko‘pgina xom-ashyo yetkazib beruvchi
mamlakatlar xom-ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida
kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining
keskin rivojlanishi, xom-ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta‘sir ko‘rsatdi va
natijada xom-ashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan
ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida
yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali
mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik
faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani
talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni
oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi.
uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada
4
Аурелио Печчеи. Глава 4, пункт 4 // Человеческие качества. — М.: «Прогресс», 1985. — 312 с.
A. Peccei. The Human Quality. — Oxford; New York: «Pergamon Press», 1977.
11
ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez
sur‘atda o‘sishi bilan yuz berdi.
to‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar (TMK)ning qo‘shma korxonalarni
tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversiflkatsiya
darajasining ortishi.
Bunda asosiy o‘zgarish sifatida TMKlar va ularning turli mamlakatlarda
qo‘shma korxonalari sonining o‘sib borishini ko‘rsatish mumkin.
TMKlar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet
mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar, xizmat, kapital va
texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi
o‘zaro
harakatlarga
ta‘sir
etdi.
Qo‘shma
korxonalar
xalqaro
biznes
integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi.
Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro
tashkilotlar rolini alohida e‘tirof etish zarur.
Xalqaro savdo tashkiloti (XST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti (DCRT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va shu kabi xalqaro institutlar
hamda yetakchi mamlakatlar boshliqlari va moliya vazirlarining har yili bo‘lib
o‘tadigan uchrashuv-larining xalqaro munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati
ortib bormoqda. Texnologiyalar bo‘yicha, atrof-muhitni asrash, moliya
institutlarining faoliyati, buxgalteriya hisobotlari, milliy statistika (milliy hisoblar
tizimi) va boshqalarga yagona andozalarni qo‘llash kengaymoqda. Ushbu
andozalar ta‘lim va madaniy sohalarga yoyilmoqda.
Xalqaro tashkilotlar orqali makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlari tadbiq
etilmoqda. Valyuta-kredit, soliq, tashqi iqtisodiy siyosat, bandlik sohasi bo‘yicha
qo‘yiladigan talablarning birxillashuvi yuz bermoqda, xalqaro raqobat qoidalari
ishlab chiqilmoqda.
Bu jarayonlar qanchalik jadal sur‘atlarda amalga oshirlmasin, zamonaviy jahon
iqtisodiyoti to‘la global holatda faoliyat yuritayotgani yo‘q, balki u endi globallashuv
12
jarayonlarining dastlabki bosqichlarini boshdan kechirmoqda.
O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga
integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba‘zi milliy bozorlarning
ochiq, ba‘zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan,
globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq
bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda.
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish
an‘anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga
solishning ma‘lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi -
tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini yengib o‘tish, milliy
xavfsizlikni ta‘minlash - takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta‘minlovchi
(energetika, transport, aloqa va h.k.) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik
sohalarni moliyaviy ta‘minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib
imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda.
Amaldagi bunday protektsionizm fiskal muammolami hal etishdan ko‘ra, ko‘proq
tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan
protektsionizm o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy
xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta‘minlash
maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining
optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va
nisbatlari, ma‘lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya bilan birga, integratsiya
jarayonlarining yana bir shakli - ma‘lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy
integratsiya (hududiylashuv) yuz bermoqda.
O‘sib
boruvchi
globallashuv,
hududiylashuv,
iqtisodiyotning
transmilliylashuvi va integratsiya natijasida, eski - davlatlararo tartibga solish
mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama
munosabatlar chegarasidan chiqib, ko‘pyoqlama tus olmoqda.
13
Ammo, "milliy xo‘jalik majmui", "mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari"
tushunchalari o‘z ma‘nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo‘jalik hamon ishlab
chiqarish, almashuv, taqsimot va iste‘mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy
markazidir.
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-
madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning
tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan
tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini
qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Jahon xo‘jaligiga kirishda ilg‘or mamlakatlarning boy tajribalariga tahliliy
yondoshish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda
uyg‘unlashtirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zining mustaqil
tashqi iqtisodiy siyosatini olib borish imkoniyati yuzaga chiqdi. Respublikaning
tashqi iqtisodiy siyosati xalqaro moliyaviy munosabatlarda mamlakat milliy
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan holda amalga oshiriladi va u quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
• mafkuraviy qarashlardan qat‘iy nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik;
• teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning
ichki ishlariga aralashmaslik;
• o‘zining milliy-davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har
tomonlama hisobga olish;
• respublika biron-bir davlatning ta‘sir doirasiga kirmasligi tamoyiliga to‘la
amal qilish;
• to‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi
hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek, ko‘p tomonlama
tashqi aloqalarni o‘rnatish va ularni rivojlantirish;
• umume‘tirof etilgan xalqaro huquq me‘yorlariga rioya etish.
Tashqi iqtisodiy soha tarmoqlari majmuini vujudga keltirmasdan turib,
14
shuningdek, moliya, bank-kredit tashkilotlari, bojxona xizmati ishini xalqaro
me‘yorlar va talablar darajasida yo‘lga qo‘ymasdan turib, xalqaro aloqalarni
rivojlantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagi yo ‘nalishlar
ustuvor hisoblanadi:
birinchidan, respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada
mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;
ikkinchidan, eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish
uchun, avvalo, qimmatbaho xom-ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot
ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni rivojlantirish;
uchinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini
yurituvchi sub‘ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda, o‘z
mahsulotlarini chet ellarda sotishda ko‘proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va
import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni
ko‘zlab siyosat o‘tkazish;
to‘rtinchidan, xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng ko‘lamda
jalb etish uchun zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa sharoitlarni
yaratish;
beshinchidan, xalqaro moliyaviy munosabatlarning tarkibiy majmuini vujudga
keltirish;
oltinchidan, xalqaro huquq va xalqaro moliyaviy munosabatlar sohasida
malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish.
Integratsiya munosabatlari, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va
shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanadi. O‘zbekiston bir
vaqtning o‘zida turli darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqa ko‘lamida
integratsiya jarayonlariga qatnashsada, ammo bir muhim qoidaga amal qiladi,
ya‘ni: bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish hisobiga
bo‘lmasligi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega
15
bo‘lgan, demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos ravishda
jahon hamjamiyatiga kirishishi mumkinligiga asoslanadi.
Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2017 yil yanvar-dekabr oylarida 27,0
mlrd. AQSh dollarini, shu jumladan eksport 14,0 mlrd. AQSh dollarini va import
13,0 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln.
AQSh dollarini tashkil etdi. Oxirgi yillarda Respublikaning eksport tarkibida qariyb
barcha tovarlar va xizmatlar guruhlari bo`yicha o`sish kuzatilmoqda. Transformator
va akkumulyatorlar eksportining o`tgan yilning shu davriga nisbatan 54,8 foizga,
kabelli sim mahsulotlarinning 33,3 foizga, qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar
va ularning qismlarining 24,0 foizga o`sishi, mashina va asbob-uskunalarning 60,1
foizga o`sishiga olib keldi. Alkogol va alkogolsiz ichimliklar eksportining o`tgan
yilning shu davriga nisbatan 61,1 foizga, bug`doy 32,2 foizga va meva-sabzavot
mahsulotlari va ularni qayta ishlash 15,6 foizga o`sishi, oziq-ovqat mahsulotlari
hajmining 26,1 foizga o`sishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |